К содержанию
РецензированоRU2025

Критерии оценки навыков использования искусственного интеллекта студентами

Durdona BAKHTIYOROVA

Общество и инновации · 6 · 569-576 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье теоретически и практически искусственный интеллект, исследуются критерии оценки навыков студентов в критерии оценки, использовании технологий искусственного интеллекта. компетенции студентов, Показано, что применение данных критериев позволяет AI-грамотность, рефлексия, определить способность студентов эффективно, метакогнитивный подход, самостоятельно и с соблюдением этических норм образовательные применять ИИ в образовательной и профессиональной технологии. деятельности. Рассматриваются современные системы аналитической оценки, основанные на рефлексии, метакогнитивных подходах, взаимной оценке и использовании инструментов искусственного интеллекта. На основе полученных результатов предлагается разработка инновационных подходов к оценке ИИ-компетенций в контексте современного образования. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Bu texnologiyalar nafaqat dars jarayonlarini avtomatlashtirish, balki o‘quvchilar va talabalar uchun shaxsiylashtirilgan, moslashuvchan va samarali ta’lim olish imkoniyatini yaratmoqda. Sun’iy intellekt vositalarining ta’limga joriy etilishi talabalardan ham yangi kompetensiyalarni – texnologiyalarni anglash, ulardan oqilona foydalanish, muammoli vaziyatlarda ularni tatbiq eta olish ko‘nikmalarini talab etmoqda. Shunday ekan, hozirgi vaqtda talabalarning sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash va baholash masalasi dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bugungi kunda sun’iy intellekt bilan ishlash faqat informatika yo‘nalishidagi talabalar uchun emas, balki til o‘rganuvchilar, iqtisodchilar, pedagoglar, jurnalistlar, hatto san’at sohasi vakillari uchun ham muhim vositaga aylanmoqda. Masalan, ingliz tilini o‘rganayotgan talaba matn yozishda Grammarly yoki ChatGPT'dan, dizayn yo‘nalishidagi talaba esa Midjourney yoki DALL·E kabi AI-dasturlardan foydalanmoqda. Ammo ularning bu texnologiyalardan foydalanish darajasi, samaradorligi, maqsadga muvofiqligi turlicha bo‘lishi mumkin. Shu boisdan, bu sohada aniq va ilmiy asoslangan baholash mezonlarini ishlab chiqish ehtiyoji sezilmoqda. Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini baholashda oddiy texnik bilimlar emas, balki tizimli yondashuv zarur. Zero, ko‘nikma – bu faqat biror vositani ishlata olish emas, balki uni aniq kontekstda, maqsadga muvofiq, mustaqil fikrlash orqali tanlab olish, foydali natijaga erishish va natijalarni tahlil qila olishdir. Bu jihatlar nazarda tutilganda, talabaning sun’iy intellekt bilan ishlash malakasini baholashda bir nechta muhim mezonlar yuzaga chiqadi: texnologiyani tanlash qobiliyati, undan mustaqil foydalanish darajasi, tanlangan texnologiyaning maqsadga muvofiqligi, ijodkorlik bilan yondashish, axloqiy me’yorlarga rioya qilish (plagiat masalasi, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish) va yakuniy mahsulot sifatiga e’tibor. Shu bilan birga, o‘quvchilarning raqamli savodxonligi darajasi, tanqidiy fikrlash qobiliyati, mas’uliyatli yondashuvi ham ushbu baholash mezonlari doirasida muhim o‘rin tutadi. 570 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2025) / ISSN 2181-1415 Talabalarning AI vositalariga munosabati va ulardan foydalanish motivatsiyasi ham ko‘nikmalarning shakllanishida muhim omillardan biridir. Ayrim talabalar AI vositalarini vaqtni tejash, oson yo‘l bilan vazifani bajarish deb bilishsa, boshqalar uni o‘zini rivojlantirish, fikrini boyitish, yangi yondashuvlarni o‘rganish vositasi sifatida ko‘radilar. Bu esa AI vositalaridan foydalanishda yuzaga keladigan etik masalalarni ham ko‘rib chiqishni talab etadi. Masalan, talaba yozma topshiriqni sun’iy intellektga to‘liq yozdirib, o‘z nomidan topshirsa – bu bilim emas, sun’iy mehnat mahsulini o‘zlashtirishga urinish hisoblanadi. Bunday holatlar talabaning AI vositasini qanday niyatda, qanday darajada va qanday uslubda ishlatayotganini baholashga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi. Bu esa baholash mezonlarining nafaqat texnik, balki metodik, didaktik va axloqiy asoslarda ishlab chiqilishini taqozo etadi. Zamonaviy ta’lim tizimida ko‘nikmalarni baholashning universal, modulli va differensial yondashuvlarga asoslangan modellari ishlab chiqilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt vositalarini ishlatish ko‘nikmasi ham bosqichma-bosqich rivojlanadi: boshlang‘ich darajada talaba faqatgina mavjud platformadan foydalanishni biladi; o‘rta darajada – foydali vazifalarni mustaqil bajarishda sun’iy intellektdan yordam oladi; yuqori darajada esa talaba bu texnologiyalarning ichki imkoniyatlarini yaxshi biladi, ularni kombinatsiyalab ishlata oladi, natijalarni tanqidiy baholaydi va ehtiyojga qarab moslashtiradi. Shu sababli, baholashda ushbu darajaviy yondashuvlar asosida ko‘rsatkichlar ishlab chiqilishi lozim. Baholash jarayoni esa faqat o‘qituvchi fikriga asoslanmasdan, talabaning o‘z-o‘zini baholashi, o‘zaro baholash, sun’iy intellekt vositalari orqali monitoring qilish kabi turl

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье теоретически и практически искусственный интеллект, исследуются критерии оценки навыков студентов в критерии оценки, использовании технологий искусственного интеллекта.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье теоретически и практически искусственный интеллект, исследуются критерии оценки навыков студентов в критерии оценки, использовании технологий искусственного интеллекта. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, innovative approaches to evaluate AI competencies in modern, образовательные технологии, talaba kompetensiyasi, AI-грамотность, ta’lim texnologiyalari, метакогнитивный подход, компетенции студентов, assessment criteria, AI literacy, reflection, student competence, refleksiya, educational technologies, искусственный интеллект, критерии оценки, metacognitive approach, AI savodxonligi, рефлексия, baholash mezonlari, metakognitiv yondashuv, sun’iy intellekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники