Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Дидактические принципы использования искусственного интеллекта на основе современных тенденций преподавания английского языка
Durdona BAKHTIYOROVA
Общество и инновации · 6 · 302-309 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье анализируются возможности применения искусственный интеллект, технологий искусственного интеллекта в рамках современных преподавание тенденций преподавания английского языка, а также английского языка, дидактические принципы, которым следует придерживаться дидактические принципы, цифровые технологии, в этом процессе. Подробно раскрываются возможности изучение языков, индивидуализации, интерактивности и адаптивности обучение с поддержкой учебного процесса с помощью ИИ. На примере таких ИИ, платформ, как “Grammarly”, “ChatGPT” и “Elsa Speak”, активность студентов, демонстрируется эффективность использования ИИ в адаптивное обучение, образовательные обучении английскому языку. С дидактической точки зрения технологии. обосновывается роль искусственного интеллекта в мониторинге учебной деятельности, выявлении ошибок и повышении мотивации учащихся. В качестве вывода подчеркивается, что разумное использование ИИ является важным инструментом для повышения качества образования и профессионального потенциала преподавателя. Zamonaviy ta’lim jarayoni doimiy o‘zgarishlar va innovatsion texnologiyalarning keng joriy etilishi bilan xarakterlanmoqda. Ayniqsa, chet tillarini, xususan ingliz tilini o‘qitish jarayoni global miqyosda o‘zgarib borayotgan ehtiyojlar, mehnat bozoridagi raqobat hamda raqamli transformatsiyaning ta’lim sohasiga chuqur kirib kelishi fonida tubdan yangilanmoqda. Bugungi kunda ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot tili, balki ilm- fan, texnologiya, biznes va diplomatiya sohalarida ham ustun mavqega ega bo‘lgan asosiy vosita sifatida qaralmoqda. Shu boisdan ingliz tilini samarali o‘qitish, uni chuqur o‘zlashtirish va o‘quvchilarda mustahkam kompetensiyalarni shakllantirish muhim strategik vazifaga aylangan. Ushbu maqsadga erishishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘z dolzarbligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Sun’iy intellekt o‘z mohiyatiga ko‘ra insonning aqliy faoliyatiga taqlid qiluvchi, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish, va mos ravishda qaror qabul qilish qobiliyatiga ega tizimlar majmuasidir. Ingliz tilini o‘qitishda SI texnologiyalaridan foydalanish esa nafaqat ta’lim jarayonini individuallashtirish, balki o‘quvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari va bilim darajasiga mos ravishda moslashtirilgan materiallar orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda til o‘rganishda qo‘llanilayotgan mashinaviy tarjima, ovozli yordamchilar, nutqni tanish dasturlari, grammatika tekshiruvchilari, shuningdek, dialogik chatbotlar kabi SI vositalari o‘quvchilarga mustaqil ravishda mashg‘ulot olib borish, o‘z bilimlarini tekshirish, va real vaqtda teskari aloqa olish imkonini bermoqda. 303 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 Didaktika nuqtai nazaridan qaralganda, har qanday texnologik yangilikni ta’limga joriy etishda muayyan tamoyillarga amal qilish zarur. Zero, texnologiyaning o‘zi emas, balki undan qanday va nima maqsadda foydalanish, ta’limiy samaradorlikni ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi. Sun’iy intellekt vositalarini ingliz tili o‘qitish jarayoniga qo‘shishda ham didaktik tamoyillar – ya’ni ilmiylik, izchillik, ongli va faol o‘zlashtirish, vizuallik, individuallashtirish va differensial yondashuv, motivatsiyani oshirish, nazorat va baholash kabi tamoyillar asosida yo‘naltirilgan yondashuvlar alohida ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, SI asosida ishlovchi dasturlar orqali o‘quvchilar o‘zining til bilish darajasiga qarab maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarishi, o‘z xatolarini avtomatik aniqlashi va ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishi mumkin. Mazkur jarayonlar esa ongli o‘zlashtirish, refleksiya va mustaqil fikrlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy ingliz tili ta’limida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, ya’ni o‘quvchilarning tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. SI texnologiyalari aynan ushbu to‘rt asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda samarali yordamchi vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, ovozli chatbotlar orqali muloqotga kirishish orqali o‘quvchi o‘zining talaffuzini va nutqiy tezligini yaxshilaydi, yozma topshiriqlarda esa grammatika va stilistika xatolarining avtomatik aniqlanishi va tuzatilishi o‘z-o‘zini baholash va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Bu esa zamonaviy didaktikada yuksak baholanuvchi o‘zlashtirishning ongli va faol xarakterini ta’minlaydi. Shu bilan birga, SI asosidagi texnologiyalar o‘qituvchilarga ham katta imkoniyatlar yaratmoqda. O‘quvchilarning faoliyati, yutuqlari, kamchiliklari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish, shaxsiy yondashuv asosida rejalashtirilgan mashg‘ulotlarni yaratish, sinfda differensial yondashuvni amalga oshirish imkoniyati ortmoqda. Bu esa o‘qituvchining zamonaviy rolini – fasilitator, yo‘naltiruvchi va motivator sifatida kuchaytir
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье анализируются возможности применения искусственный интеллект, технологий искусственного интеллекта в рамках современных преподавание тенденций преподавания английского языка, а также английско…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье анализируются возможности применения искусственный интеллект, технологий искусственного интеллекта в рамках современных преподавание тенденций преподавания английского языка, а также английско… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artificial intelligence, didactic perspective, the article substantiates the role of AI in, til o‘rganish, образовательные технологии, преподавание английского языка, обучение с поддержкой ИИ, изучение языков, ta’lim texnologiyalari, дидактические принципы, adaptive learning, language learning, AI-assisted learning, digital technologies, educational technologies, активность студентов, didactic principles, talaba faolligi, искусственный интеллект, цифровые технологии, English language teaching, ingliz tili o‘qitish, raqamli texnologiyalar, didaktik tamoyillar, student engagement, sun’iy intellekt, адаптивное обучение, adaptiv ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026