К содержанию
РецензированоRU2025

KЕLAJAK AVLODNI TARBIYALASHDA ZAMONOVIY VA XALQ MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI

SAN’ATINING O‘RNI · Esemuratov Baxtiyar Sagidullayevich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article discusses contemporary songs and folk music art, introducing future generations to classical musical heritage, widely disseminating the activities of amateur groups and folk instrument ensembles organized in art palaces, and ensuring the development and progress of musical art. Key words: Future generation, classical music, folk instruments, ensembles, circle, art, music, modern melodies and songs. Kelajak avlodlarimizga bugungi kunda ko‘plab musiqa axboroti ta’sir etayotgan bir davrda ular tinglayotgan musiqaning sifati va mazmuni haqida g‘amxo‘rlik qilish juda muhim 1 22 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ahamiyatga ega. Yoshlar ko‘proq zamonoviy kuy-qo‘shiqlarga mehr qo‘ymoqdalar, shuningdek, bugungi kunda ular qalbidan o‘rin olgan: rok, pop, hamda yengil janrdagi musiqa turlari yosh avlod qalbini tula zabt etishga muvaffaq buldi. O‘rni kelganda rok musiqa turiga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Musiqa tarixidan bizga yaxshi ma’lumki, ritm va musiqaviy intonatsiya xaqida har xil davrlarda murosasiz bahs, munozaralar yuritilgan. Bu siz musiqaning rivoji bo‘lmasligi tabiiy, albatta. Ammo, rok musiqa turiga nisbatan ayrim musobaqalarda qaltis fikrlar ham aytilmoqta. Shuni e’tiborga olish lozimki, rok musiqasi tasodifan paydo bo‘lgani yuq, garchi shunday ko‘z yumub, inkor qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Rok musiqa san’ati ham aslida davrimizning muhim kashfiyotlaridan biridir. Lekin biz ham masalaning ikkinchi tomoniga o‘ta ma’suliyat bilan yondoshmoqliqni inkor etmaymiz. Bugungi kunda turli nomdagi dastalarning soni ko‘payib ketdi. Ammo ularning barchasi ham san’at yo‘lida fidoyilik ko‘rsata almadilar, san’at hamda madaniyatimiz rivojiga o‘z hissalarini qo‘sha oladilar deb ishonch bildira olmaymiz. Ularning musiqiy ma’lumotlariga, dunyoqarashlariga, ichki olamiga alohida e’tibor bermoq, qo‘shiqchi shoirlar va bastakorlar aloqalarining mustahkam bo‘lishiga e’tiborni qaratmoq lozim. Yangi tashkil etilgan dastalarning deyarli barchalari o‘z repertuarini zamonaviy, yengil yelpi musiqa va qo‘shiqlar bilan boyitishga harakat qilmoqdalar, bu yaxshi albatta ammo ularning g‘oyaviy va mantiqiy darajasi birinchi navbatda bo‘lishi kerek. Rok musiqasining ham ezgu g‘oyalar, yangi-yangi ritmlar, yorqin ohanglar bilan tuliq, umid va yaxshi istaklarni targ‘ib va tashviq qilishi shubhasiz. «Kelajak avlodlarni mumtoz musiqa merosi bilan yaqindan tanishtirish, havaskorlik tugaraklari, san’at saroylarida tashkil etilgan xalq cholg‘u asboblari ansambllari faoliyatlarini keng yoyish musiqa san’ati rivojini va taraqqiyotini ta’minlaydi degan umiddamiz. Mazkur ansambllarda nafaqat milliy qadriyatimiz, an’analarimizni, qolaversa, qardosh xalqlar san’ati va madaniyatini targ‘ib qilish vazifalari amalga oshirilmog‘i maqsadga muvofiqdir».[1,188c]. Bunda yoshlarimizning vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ularini shakllantirgan va o‘stirgan bo‘lamiz. Jamoa bilan ishlash jarayonida yoshlar o‘z o‘zini boshqarish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, bir-birlariga yordam qo‘lini cho‘zish kabi yaxshi ahloqiy sifatlarni o‘rganadilar. Ansambllarda yoshlar bir-birlari bilan yillar davomida do‘stlashadilar. Ular rahbar yordamida kuylarning bastakorlari haqida, usha kuyning yozilish uslubi haqida ma’lumot oladilar, shu orqali o‘zlarining ma’naviy, madaniy rivojlantirib boradilar. Bundan tashqari o‘z ijrolari bilan o‘zlari, balki tinglovchiga ham estetik zavq bag‘ishlaydilar. 1 22 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Musiqa vositalari bilan ma’naviy, madaniy tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos xususiyat, emotsional ta’siri bilan ko‘zga tashlanadi. Musiqa san’atida ham g‘oyaviylik birinchi o‘rinda turadi. Bizning asosiy vazifamiz kelajak avlodlarimizni mazmunan yaxshi, yangidan yangi asarlar bilan boyitilishdan iborat bulmog‘i lozim, bu borada qoraqalpoq xalq musiqalarining roli va ahamiyati juda katta. Musiqa san’ati yosh avlodlarimizning his tuyg‘ulariga emotsional ta’sir ko‘rsatadi, o‘ziga hos badiiy obrazlar orqali xilma-xil ruhiy holat va kayfiyatlarni ifoda etadi. Ya’ni barcha o‘quvchilarni musiqa san’atiga jalb etish, g‘oyaviy dunyosini har tomonlama takomillashtirish nazarda tutiladi. Kelgusi bo‘lajak avlodlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib yetishuvi uchun yuksak badiiy did va madaniy malaka hosil qilish, bularni albatta ma’naviy, madaniy tarbiyasiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan kelajak avlodlarni ma’naviy, madaniy estetik tarbiyasiga katta ahamiyat va e’tibor berilishi haqida a’loxida etibor qaratdilar. Ansambllar repertuarlariga kiritilgan asarlar «Tohir va Zuxra» dramasidan «Otmagay tong», «Qashqarchai mustozodi navo», «Soqinamai mustazodi navo», Rost maqomidan «Soqanomai saftikalon» kabi asarlar kiritilgan. Bunday tashkil qili

Доказательный фрагмент

«This article discusses contemporary songs and folk music art, introducing future generations to classical musical heritage, widely disseminating the activities of amateur groups and folk instrument ensembles organized…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses contemporary songs and folk music art, introducing future generations to classical musical heritage, widely disseminating the activities of amateur groups and folk instrument ensembles organized… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Future generation, classical music, folk instruments, ensembles, circle, art, ansambllar, Kelajak avlod, musiqa, xalq cholg‘u asboblari, tugarak, zamonoviy kuy-qo‘shiqlar., san’at, mumtoz musiqa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники