К содержанию
РецензированоUZ2025

GRAFIK RASSOM ASLIDDIN KALANOV IJODINING O‘ZBEK GRAFIKA SAN’ATIDAGI AHAMIYATI

SAN’ATIDAGI AHAMIYATI · Quvondiqova Oʻgʻiloy Nazar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

The article talks about the graphic artist Asliddin Kalanov and his place in Uzbek graphic art, his contributions. As such, the artist's work and his method of work, styles were studied and analyzed. Keywords: Asliddin Kalanov, artistic expression, graphic, poster, illustration. XX asrning ikkinchi yarmida O‘zbek san’ati yangi bosqichga ko‘tarildi. Rassomlik, xususan grafik san’ati ham bu davrda ulkan taraqqiyotni boshdan kechirdi. Ushbu rivojlanishda o‘zining betakror uslubi va chuqur mazmunli asarlari bilan ajralib turgan san’atkorlardan biri bu – grafik rassom Asliddin Kalanovdir. Uning ijodiy merosi O‘zbek grafikasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Asliddin Kalanov O‘zbekiston rassomchilik maktabining yetakchi vakillaridan biri sifatida shakllandi. Asliddin Kalanov 1960 yil 9-sentabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Uning san’atga bo‘lgan qiziqishi yoshligidan boshlangan. 1980-yilda Toshkent davlat san’at institutiga o‘qishga kirgan va 1988-yilda uni tamomlagan. O‘qish davrida u grafika san’atni chuqur o‘rganib, badiiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishdi. 377 Aprel, 2025-Yil Keyinchalik o‘z ijodiy faoliyatini boshladi va grafika san’ati sohasida faoliyat yurita boshladi. Uning ijodi ko‘proq ofort, litografiya, linogravyura kabi texnikalar orqali namoyon bo‘lgan. U nafaqat professional grafik rassom sifatida tanilgan, balki pedagog sifatida ham katta xizmat qilib kelmoqda. Tajribali va isteʼdodli murabbiy sifatida u o‘z bilimlarini yosh avlodga yetkazib kelmoqda. Uning pedagogik mahorati, o’zgacha uslubi bilan boshqa pedagoglardan ajralib turadi. O’zining samimiyligi, ochiq ko’ngilliligi, va yuksak mahorati bilan talaba shogirdlarining sevimli ustoziga aylandi. Faoliyat yuritayotgan kafedra jamoasi orasida madaniyati, tarbiyasi va mohir ijodkorligi bilan alohida hurmat va obro’ga ega boldi. Ko‘plab talabalarga ilhom bergan va o‘zbek grafik san’atiga yangicha ruh olib kirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Asliddin Kalanovning ijodiy faoliyati O‘zbekiston grafik san’atining shakllanishi va rivojida asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. U milliy g‘oya va obrazlarni grafik til orqali talqin qilishda yetuk mahorat ko‘rsatib kelmoqda. Uning ijodi tasviriy sanʼat ixlosmandlari orasida alohida qiziqish uyg‘otadi va asarlari har doim qiziqarli, xilma-xil, rang-barangligi va o‘ziga xosligi, o‘zining kompozitsiyasi va badiiy ifodasi bilan ajralib turadi. Uning asarlari bilan tanishar ekansiz, ijod namunalarida psixologik jihatlarini kuchaytirishga intiladi. Lirik ma’naviyatga, inson va tabiat o‘rtasidagi ma’naviy muloqotning murakkab qonuniyatlarini bilishga moyillik musavvirning butun ijodiga singib ketgan. Uning ijodi ko‘plab uslublarni qamrab oladi, masalan: tasviriy san’at, grafik, poster, illyustratsiya va boshqalar. U grafikada nafaqat o‘zining ijodiy yondashuvi bilan, balki turli badiiy uslublarda o‘z tasvirlarini yaratgan rassomlardandir. Ustoz rassomning grafikada ishlash uslubi ko‘p jihatdan an’anaviy va zamonaviy uslublarni uyg‘unlashtirgan. U ko‘pincha chiziqlar, soyalar va nuqtalar yordamida tasvirlar yaratib, o‘z asarlarini sodda va yuqori badiiy darajada ifodalashga intilgan. U grafikada nafaqat maishiy mavzularni, balki tabiatni, ijtimoiy muammolarni, tarixiy voqealarni tasvirlashni maqsad qilgan. Uning asarlarida ijtimoiy hayotning muhim jihatlari va turli qatlamlarining tasviri o‘z ifodasini topgan. Kalanov o‘zining badiiy tasvirlari orqali ko‘plab kitoblar va nashrlar uchun illyustratsiyalar yaratdi. Uning ijodida ko‘plab o‘zbek xalq ertaklari, romanlar va tarixiy mavzularni yoritgan asarlar mavjud. Rassomning illyustratsiyalarida o‘zbek xalqining qadriyatlari, urf-odatlari va o‘tmishdagi tarixiy voqealarida chuqur ma’no yotadi. A.Kalanov o‘z ijodida zamonaviy grafik uslublarini ham sinab ko‘rgan. U chiziqlar va shakllar yordamida ma’lum bir estetik tarzda tasvirlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda rassom o‘zining tajribasini va an’anasi orqali zamonaviy grafik san’atni rivojlantirishga qaratgan. 378 Aprel, 2025-Yil Rassomning asarlarida ko‘plab didaktik, tarbiyaviy maqsadlar mavjud bo‘lib, o‘z asarlari orqali insonlarning hayotini yaxshilash, jamiyatda o‘zaro hurmat, mehnatni qadrlash kabi masalalarni ko‘taradi. Asliddin Kalanov o‘zining betakror ijodiy asarlari bilan ko‘plab badiiy ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Uning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham namoyish etilgan. Rassomning grafik asarlari san’atshunoslar tomonidan yuqori baholanib, jahon san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. O‘zining grafika va tasviriy san’at sohasidagi ijodi bilan O‘zbekiston san’ati tarixiga muhim hissa qo‘shgan rassomlardan biridir deb ayta olamiz. U zamonaviy grafikada o‘ziga xos yo‘l tutib, maishiy mavzularni, xalq hayotini va ijtimoiy masalalarni badiiy ifodalashda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlari nafaqat estetik jihatdan go‘zal, balki ma’nosiga ko‘ra ham chuqur va ta’sirchan bo‘lib, odamlarning ijtimoiy, ma’naviy va badiiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi. A. Kala

Доказательный фрагмент

«The article talks about the graphic artist Asliddin Kalanov and his place in Uzbek graphic art, his contributions.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article talks about the graphic artist Asliddin Kalanov and his place in Uzbek graphic art, his contributions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Asliddin Kalanov, artistic expression, graphic, poster, illustration, badiiy ifoda, grafik, illyustratsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники