К содержанию
РецензированоUZ2026

QADIMGI XITOY ADABIYOTI VA UNING SHARQ ADABIYOTIGA TA’SIRI

Toʻlanboyeva Marhabo Davlatsho qizi · Ijtimoiy-Gumanitar Fakulteti Filologiya · - Guruh Talabasi · Email: Immerxaba@Gmail.Com · Ключевые слова: Древнекитайская литература

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 6091- 6101 · 2026

Аннотация

This article explores ancient Chinese literature, its developmental stages, major literary monuments, and their influence on the progress of Eastern literature. It analyzes the philosophical and aesthetic views reflected in literary samples and highlights the artistic and educational significance of ancient texts. The research is based on historical sources and translated works. Keywords: Ancient Chinese literature, Shijing, Confucius, philosophy, moral ideas, Eastern culture. Qadimgi Xitoy adabiyoti insoniyat madaniy merosining bebaho qismlaridan biridir. U ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lib, o‘zida diniy-falsafiy, axloqiy, siyosiy va badiiy qarashlarni mujassam etgan. Bu adabiyot asosan Konfutsiychilik, Taoizm va Buddizm ta’sirida shakllangan bo‘lib, “Shijing” (She’rlar kitobi), 225 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference “Shutszin” (Tarixiy yozuvlar kitobi), “Lun yuy” (Konfutsiy suhbatlari) kabi muhim asarlarni o‘z ichiga oladi. Xitoy adabiyoti ilk davrlarda xalq og‘zaki ijodi asosida shakllangan bo‘lib, unda xalqning urf-odatlari, marosimlari, qadriyatlari va turmush tarzi ifodasini topgan. Dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi I ming yillikda paydo bo‘lgan va ular Xitoy jamiyatining siyosiy tuzilishi, axloqiy me’yorlari va falsafiy qarashlarini hujjatlashtirib bergan. Xitoy adabiyoti tarixida Konfutsiy (mil. avv. 551–479) alohida o‘rin egallaydi. Uning ta’limotlari nafaqat adabiy, balki siyosiy va axloqiy hayotda ham muhim rol o‘ynagan. U tomonidan tuzilgan “Besh kitob” (U-king) Xitoy klassik adabiyotining asosini tashkil etadi. Shuningdek, qadimgi Xitoy adabiyotida Taoizm asoschisi Lao Tzu, Buddist yozuvlar va tarixiy xronikalar ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu adabiyot Sharq xalqlari tafakkurining shakllanishiga, ularning adabiy merosi va dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Tadiqiqot metodologiyasi :Tadqiqotda tarixiy-taqqoslov metodidan, matnshunoslik yondashuvlaridan hamda tizimli tahlil usulidan foydalanildi. Asarlar tarjimalari o‘rganilib, ularning o‘zbek adabiyoti va Sharq mumtoz adabiyoti bilan ideaviy-badiiy bog‘liqliklari tahlil qilindi. Asosiy qism :Qadimgi Xitoy adabiyoti miloddan avvalgi II mingyillikka borib taqaladi. Bu davrda adabiyot og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, unda xalq qo‘shiqlari, afsona va dostonlar asosiy o‘rin egallagan. Og‘zaki ijodning ilk namunalari keyinchalik yozma manbalarda mujassamlashtirilgan. Yozuv ixtirosi bilan birga qadimgi Xitoyda adabiy va falsafiy fikrlar ravnaq topa boshladi. Qadimgi Xitoy adabiyoti asosan uch yirik oqim asosida rivojlandi: Konfutsiychilik, Taoizm va Buddizm. Ushbu oqimlar nafaqat adabiyotga, balki jamiyat axloqi, siyosati va madaniyatiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatdi. 1. “Shijing” (She’rlar kitobi) Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Konfutsiy tomonidan tuzilgan bu to‘plam qadimgi Xitoy adabiyotining ilk yozma namunasi hisoblanadi. Unda 305 ta she’r jamlangan bo‘lib, ular marosimiy qo‘shiqlar, xalqiy satiralar, sevgi she’rlari va do‘stlik, sadoqat haqidagi ifodalarni o‘z ichiga oladi. “Shijing” adabiyoti orqali qadimgi Xitoy xalqining his-tuyg‘ulari, hayotiy kechinmalari, urf-odatlari va ijtimoiy hayoti haqida chuqur tasavvur hosil qilish mumkin. 2. Konfutsiy va “Lun yuy” (Suhbatlar va mulohazalar) Konfutsiy (mil. avv. 551–479) Xitoy falsafasining buyuk namoyandasi sifatida adabiyotda axloqiy-g‘oyaviy yo‘nalishning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. 226 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Uning “Lun yuy” asari o‘zida ustoz va shogirdlar o‘rtasidagi suhbatlar, axloqiy maslahatlar va siyosiy mulohazalarni mujassam etadi. Ushbu asar Xitoy adabiyotida nasriy falsafiy yo‘nalishning poydevorini qo‘ygan. 3. “Shutszin” (Tarixiy yozuvlar kitobi) Bu asarda Xitoy imperatorlari tarixiga oid muhim voqealar, hukmdorlar siyosati va jamiyatdagi ijtimoiy tuzilmalar tasvirlangan. Bu asar tarixiy xronikadan tashqari, badiiy ifoda va uslubga ega bo‘lgan adabiy yodgorlik sifatida baholanadi. 4. Taoistik adabiyot – Lao Tzu va “Dao De Jing” Lao Tzu tomonidan yaratilgan “Dao De Jing” (Yo‘l va Fazilat kitobi) Taoizm falsafasining asosiy manbaidir. Bu asarda inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, sokinlik, oddiylik va tabiiylikka asoslangan hayot falsafasi bayon etiladi. Undagi poetik ifodalar, falsafiy ohang va ramziy mazmunlar Xitoy adabiyotiga o‘ziga xos uslub va janr olib kirgan. 5. Buddist adabiyot Milodiy I asrda Buddizm Xitoyga kirib kelgach, bu oqim asosida yozilgan diniy va falsafiy asarlar adabiyotda yangi mazmun va shakllarni paydo qildi. Buddist sutralar, monastir hayoti, ruhiy poklanish haqidagi asarlar nasriy hamda poetik shaklda yozilgan bo‘lib, o‘zbek mumtoz adabiyotiga ham bilvosita ta’sir o‘tkazgan. 6. Harbiy-falsafiy adabiyot – Sun Tzu va “Urush san’ati” Sun Tzuning mashhur “Urush san’ati” asari qadimgi Xitoyning nafaqat harbiy strategiyasi, balki hayotiy donishmandlikni ifodalovchi falsafiy adabiy asar sifatida baholanadi.

Доказательный фрагмент

«This article explores ancient Chinese literature, its developmental stages, major literary monuments, and their influence on the progress of Eastern literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores ancient Chinese literature, its developmental stages, major literary monuments, and their influence on the progress of Eastern literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ancient Chinese literature, Shijing, Confucius, philosophy, Sharq madaniyati, axloqiy g‘oyalar, Qadimgi Xitoy adabiyoti, Konfutsiy, falsafa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники