Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLA FUQOROLAR YIG‘INI UCHUN AHOLI BILAN ISHLASHNI QULAYLASHTIRISHNING IQTISODIYOTDAGI TA’SIRI
QULAYLASHTIRISHNING IQTISODIYOTDAGI TA’SIRI · G‘oziyev O‘ktam Rustamovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
The Mahalla Citizens' Assembly (MCA) is an important part of the local governance system of Uzbekistan, which plays an important role in improving the lifestyle of the population, improving social services, and developing the economy. The Mahalla system allows the population to directly communicate with state bodies, and this process can have both negative and positive effects on the economy. Facilitating work with the population is of great importance, especially in implementing changes in the economic sphere. 97 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Neighborhood citizens' meeting, social service, economic task, healthcare, education, housing issues, economic growth, job creation, local business development. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini taʼminlashdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak. Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan Mahalla fuqorolar yig‘ini, odatda, bir nechta ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Aholining ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos xizmatlar ko‘rsatish – Mahalla tizimi aholining kundalik ehtiyojlarini tez va samarali tarzda aniqlab, ularni hal qilishga yordam beradi. Masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy masalalari va ijtimoiy yordamlarni taqdim etish. Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash – Mahalla fuqarolar yig‘ini, xususan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yordam beradigan dasturlarni amalga oshiradi. Ular uchun imkoniyatlar 98 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference yaratish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Mahalliy byudjetni samarali boshqarish – Mahalla tizimi mahalliy byudjetdan foydalanishni nazorat qiladi va aholiga kerakli xizmatlarni taqdim etish uchun ajratilgan mablag‘larni samarali taqsimlaydi. Aholi bilan ishlashni qulaylashtirish, ayniqsa ma’muriy va iqtisodiy jarayonlarda, ko‘plab ijobiy ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: Mahalla tizimi orqali aholiga xizmat ko‘rsatishda yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Masalan, mahalla ishlari uchun qo‘shimcha mutaxassislar, ijtimoiy xodimlar, xususiy tadbirkorlar va boshqa sohalarda ishchilar kerak bo‘ladi. Bu esa ishsizlik darajasining kamayishiga, iqtisodiy o‘sishga va ijtimoiy barqarorlikka olib keladi. Mahallalar o‘rtasidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga turtki beradi. Mahalla tizimi orqali aholiga qulay kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy yordamlar ko‘rsatilib, bu orqali iqtisodiy o‘sish amalga oshiriladi. Mahallalar o‘rtasida savdo-sotiq va xizmatlar tarmog‘ini rivojlantirish, hududiy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aholi bilan ishlashni qulaylashtirish, ularning ehtiyojlarini aniqlashda samarali tizimlar yaratish, mahallalarda infratuzilmaning rivojlanishiga olib keladi. Uy-joylarni yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalarda o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bu jarayon esa iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlaydi va hududdagi hayot sifatini yaxshilaydi. Mahallalar aholisi bilan bevosita ishlash orqali kambag‘allarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi samaraliroq bo‘ladi. Bu yordamlar
Доказательный фрагмент
«The Mahalla Citizens' Assembly (MCA) is an important part of the local governance system of Uzbekistan, which plays an important role in improving the lifestyle of the population, improving social services, and develo…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe Mahalla Citizens' Assembly (MCA) is an important part of the local governance system of Uzbekistan, which plays an important role in improving the lifestyle of the population, improving social services, and develo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Neighborhood citizens' meeting, social service, economic task, ijtimoiy xizmat, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy biznesning rivojlanishi., ta’lim, uy-joy masalalari, iqtisodiy vazifa, sog‘liqni saqlash, iqtisodiy o‘sish, Mahalla fuqorolar yig‘ini
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025