К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY RAQSLARNI SAHNALASHTIRISHDA KOMPOZITSION G‘OYANING IFODASI

EDUCATION SYSTEM · G‘OYANING IFODASI · Kurbanova Ferida Maxsetovna · Yuldashova Zuxra Saliyevna (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali)

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada milliy raqslarni sahnalashtirishda kompozitsion g‘oyaning ifodalanishi tahlil qilinadi. Milliy raqs san’ati xalqning madaniy va estetik dunyoqarashini aks ettiruvchi badiiy ifoda shaklidir. Kompozitsion g‘oya raqsning asosiy mazmuni, uning harakatlar tizimi, musiqa va sahna dizayni orqali ifodalanadi. Maqolada raqsni sahnalashtirishda g‘oya, harakatlar va musiqa o‘rtasidagi uyg‘unlik, xoreografning ijodiy yondashuvi va zamonaviy texnologiyalarning roli muhokama qilinadi. Shuningdek, milliy raqsni zamonaviy vositalar bilan boyitish va milliy o‘zlikni saqlash muhimligi ta’kidlanadi. Kompozitsion g‘oya sahnalashtirish jarayonida badiiy va g‘oyaviy mazmunni aniq va ta’sirli yetkazishning asosiy vositasi hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Milliy raqs, kompozitsion g‘oya, sahnalashtirish, xoreografiya, ritm, sahna dizayni, ijodiy yondashuv. Milliy raqs san’ati – bu xalqning asrlar davomida shakllangan madaniy merosi, estetik didi va ichki dunyosining badiiy ifodasidir. Har bir harakatda, har bir ritmda o‘ziga xos tarix, falsafa va milliylik mujassam. O‘zbek milliy raqslari ham ana shu boy merosning yorqin namunasidir. Ular xalqning turmush tarzini, urf-odatlarini, quvonch va g‘am-tashvishlarini, sevgi-muhabbat va sadoqat kabi tuyg‘ularini o‘zida aks ettiradi [4, 509-514]. Bugungi globallashuv davrida milliy san’at turlari, xususan, raqslarimizni zamonaviy sahna talablariga mos ravishda qayta ishlash, ularni professional sahnaga olib chiqish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu jarayonda raqsning faqat tashqi go‘zalligiga emas, balki uning kompozitsion g‘oyaviy mazmuniga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Kompozitsion g‘oya – bu raqs orqali tomoshabinga yetkazilmoqchi bo‘lgan asosiy mazmun, ruhiy holat va badiiy g‘oya bo‘lib, u butun sahna harakatlarini boshqaruvchi asosiy mezon hisoblanadi. Milliy raqsni sahnalashtirishda bu g‘oyaning to‘g‘ri tanlanishi va badiiy ifoda vositalari orqali samarali yetkazilishi raqsning umumiy muvaffaqiyatini belgilaydi. Ushbu maqolada milliy raqs san’atining kompozitsion asoslari, sahnalashtirish jarayonida g‘oya qanday aks 61 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference etishi va uning tomoshabinga qanday ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatishi haqida batafsil fikr yuritiladi. Raqs san’atida kompozitsion g‘oya deganda raqs asarining mazmuniy va badiiy asosini tashkil etuvchi, tomoshabinga yetkazilmoqchi bo‘lgan asosiy fikr, kayfiyat va ruhiy holat tushuniladi. Milliy raqsda bu g‘oya ko‘pincha xalq turmush tarzi, tarixiy an’analar, urf-odatlar, tabiat manzaralari yoki insoniy tuyg‘ular orqali ifodalanadi. Masalan, “Baxor” raqsida tabiatning uyg‘onishi, “Lazgi”da quvonch va hayajon, “Do‘ppi raqsi”da esa xalqning mehr-oqibati, mehmondo‘stligi ifodalanadi. Kompozitsion g‘oya har bir sahna harakatida, harakatlarning rivojlanishida, dinamikasida va final yakunida o‘z aksini topadi. U tasodifiy emas, balki oldindan rejalashtirilgan, dramatik rivojga ega bo‘lgan badiiy asarning o‘zagidir. Agar raqsda aniq g‘oya bo‘lmasa, harakatlar mazmunsiz, tomoshabinga ta’sir qilmaydigan ko‘rinishda qoladi. Kompozitsion g‘oyani sahnada samarali ifodalash uchun bir nechta asosiy elementlarning uyg‘unligi zarur: Harakatlar tizimi: Har bir harakat ma’no kasb etishi, g‘oyani ochib berishi kerak. O‘zbek raqslari, ayniqsa, Xorazm, Farg‘ona va Buxoro maktablarida qo‘l, kaft, barmoqlar, hatto nigoh orqali ham mazmun yetkaziladi. Bunday harakatlar orqali sevgi, sog‘inch, xushnudlik, sadoqat kabi tuyg‘ular ifodalanadi. Musiqa va ritm: Musiqa raqs g‘oyasining ruhiy asosini tashkil etadi. Milliy raqslarda doira, gijjak, surnay, dutor kabi an’anaviy cholg‘ular orqali milliy kayfiyat yaratiladi. Musiqa ritmi va ohanglari harakatlar dinamikasiga mos bo‘lishi kerak. Libos va sahna bezaklari: Liboslar milliylikni ifodalovchi muhim omil bo‘lib, ular rang-barangligi, naqsh va shakllari bilan raqs mazmunini boyitadi. Masalan, Farg‘ona raqslarida ipak liboslar, Buxoro raqsida zardo‘zlik, Xorazmda esa yorqin tusli do‘ppilar va keng etaklar ishlatiladi. Sahnaviy rejissura va dramaturgiya: Raqsning boshlanishi, rivoji va yakuni mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak. Raqsda syujet bo‘lmasa ham, dramatik chiziq bo‘lishi zarur. Misol uchun, “Gul raqsi” bosqichma-bosqich ochiladi: dastlab gul ochiladi, keyin uni hidlashadi, oxirida esa uni sevgi yoki do‘stlik ramzi sifatida tomoshabinga taqdim etishadi [5, 180-184]. Kompozitsion g‘oyaning muvaffaqiyatli ifodalanishi xoreografning badiiy didi, tajribasi va xalq og‘zaki ijodi hamda an’anaviy raqs maktablarini bilishiga bog‘liq. Xoreograf har bir raqsni sahnaga qo‘yishda birinchi navbatda g‘oyani aniqlaydi, so‘ngra unga mos musiqa, harakatlar va obrazlarni tanlaydi. Ijodkor 62 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference sahnada ko‘rsatmoqchi bo‘lgan g‘oyani tomoshabinga ta’sirli va tushunarli tarzda yetkazish uchun zamonaviy vositalardan – yorug‘lik texnikasi, video proyeksiyalar, guruhli plast

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada milliy raqslarni sahnalashtirishda kompozitsion g‘oyaning ifodalanishi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada milliy raqslarni sahnalashtirishda kompozitsion g‘oyaning ifodalanishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompozitsion g‘oya, Milliy raqs, ritm, ijodiy yondashuv., xoreografiya, sahna dizayni, sahnalashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники