К содержанию
РецензированоEN2026

ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR

EDUCATION SYSTEM · Toʻlanboyeva Marhabo Davlatsho qizi

Наука и инновации в системе образования · 6091- 6101 · 2026

Аннотация

This article analyzes the earliest stages of Uzbek folk literature, the factors that influenced its formation, and its historical roots. Literature has long developed in the form of oral creativity as a spiritual legacy of the people. Especially epic genres, dastans, and legends serve as artistic reflections of folk worldview, traditions, and historical life. The article explores the worldview, moral norms, and artistic taste of the Uzbek people through examples of ancient 64 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference literary works. This research provides an opportunity to understand national spirit and history through oral folk creativity. Keywords: ancient literature, oral folk creativity, epic genre, dastan, legend, historical thinking, Uzbek folklore. Oʻzbek xalqining boy maʼnaviy merosi, avvalo, uning qadimiy ogʻzaki va yozma adabiyotida namoyon boʻladi. Tarixiy manbalarga tayanilsa, oʻzbek adabiyotining ildizlari miloddan avvalgi davrlargacha borib taqaladi. Qadimgi turkiy yozuvlar, dostonlar, afsonalar va toponimik hikoyatlar xalqning tafakkuri, urf-odatlari, diniy eʼtiqodlari hamda tarixiy hayotini aks ettirgan bebaho yodgorliklardir. Ushbu adabiy manbalar oʻzbek adabiyotining shakllanishida, badiiy tafakkurining o‘sishida, xalqning tarixiy xotirasi va madaniyati rivojida muhim o‘rin tutadi. Xususan, “Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi” asarida qadimgi davrlarga oid adabiy meros, ularning janr xususiyatlari, tarixiy-falsafiy asoslari chuqur tahlil etilgan. Qadimgi yozma manbalar – Orxon-Yenisey bitiklari, “Alpomish” dostoni, “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Mahmud Qoshg‘ariy”, Yusuf Xos Hojib kabi mualliflarning asarlari — o‘zbek adabiy tafakkurining dastlabki yuksak namunalaridan hisoblanadi. Ular orqali biz nafaqat xalqning o‘tmishdagi adabiy didi va tafakkur darajasini bilamiz, balki milliy o‘zlikni anglash, ruhiy va maʼnaviy qadriyatlarni o‘rganish imkoniga ham ega bo‘lamiz. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar xalq ogʻzaki ijodi bilan chambarchas bogʻliq bo‘lib, ular xalq hayotining aks-sadosi, tarixiy xotirasi va madaniy tafakkurining mevasidir. Bugungi kunda bu yodgorliklarni ilmiy asosda oʻrganish, ularning adabiy, tarixiy va falsafiy mohiyatini ochib berish — milliy adabiyotimizning tub ildizlarini, shakllanish bosqichlarini chuqurroq anglashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot metodologiyasi: Maqola yozilishida tarixiy yondashuv, tavsifiy hamda taqqoslov metodlaridan foydalanildi. Qadimgi adabiy yodgorliklarning yaratilgan davri, mazmuni va badiiy xususiyatlari o‘rganildi. Asosiy tahlillar “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” asariga tayangan holda olib borildi. Qadimgi yozma va og‘zaki adabiyot namunalari o‘zaro taqqoslab, ularning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni aniqlab berildi. Asosiy qism : O‘zbek xalqining adabiy merosi milliy ruhiyatining mustahkam poydevori bo‘lib, bu meros xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati va dunyoqarashini ifodalaydi. O‘zbek adabiyotining ildizlari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi, va uning dastlabki yodgorliklari xalq og‘zaki ijodi orqali 65 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference shakllanib, keyinchalik yozma adabiyotga aylangan. Ushbu yozma yodgorliklar xalqning urf-odati, qadriyatlari va tarixiy kechinmalarini o‘zida aks ettirgan bebaho xazinalardir. O‘zbek adabiyotining eng qadimgi namunalaridan biri bo‘lgan “Alpomish” dostoni X-asr oxirida va XI-asr boshlarida yaratilgan. Bu doston faqat badiiy asar sifatida emas, balki xalqning jasorati, sadoqati va vatanparvarlikni ifodalovchi yuksak qadriyatlarini tarannum etadi. Alpomish dostoni xalq ruhining yuksak ifodasi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun milliy g‘urur va ma’naviy ta’limotning manbaidir. Bundan tashqari, Orxon-Yenisey bitiklari, VII-asrning oxirlarida, aniqrog‘i 680-700 yillar atrofida yaratilgan bo‘lib, qadimgi turkiy xalqlarning davlat tuzilishi, ijtimoiy hayoti va diniy eʼtiqodlarini aks ettiradi. Bu bitiklar nafaqat yozma yodgorliklar, balki turkiy xalqlar tarixining birinchi yozma manbalari sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Orxon va Yenisey daryolari bo‘ylab topilgan bu bitiklar turkiy xalqlarning qadimiy tarixini va madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari XI-asrda, taxminan 1069-1070-yillarda yozilgan va unda axloqiy g‘oyalar, adolat, to‘g‘rilik, aql va taqvo kabi fazilatlar bayon etilgan. Bu asar faqat adabiy yodgorlik sifatida emas, balki Sharq falsafasining muhim asarlaridan biridir. Shu bilan birga, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari ham o‘zbek tilining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. “Devonu lug‘otit turk” XI-asrda yozilgan bo‘lib, turkiy xalqlarining lug‘atlari va tilining boyligini aks ettiradi. Bu adabiy yodgorliklar nafaqat o‘zbek adabiyotining qadimgi ildizlarini, balki xalqning madaniy va ma’naviy rivojlanishining poydevorini tashkil etadi. Har bir asar xalqning ruhiy olami, axloqiy qadriyatlari

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the earliest stages of Uzbek folk literature, the factors that influenced its formation, and its historical roots.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the earliest stages of Uzbek folk literature, the factors that influenced its formation, and its historical roots. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ancient literature, oral folk creativity, epic genre, dastan, doston, afsona, qadimgi adabiyot, tarixiy tafakkur, oʻzbek xalq ijodi., epik janr, xalq ogʻzaki ijodi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники