Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA AKTDAN FOYDALANISHNING METODLARI
Boboyorov Davron Ismatullayevich
Академические исследования в современной науке · 7 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini samarali o’qitishda axborot komukatsion texnologiyalaridan foydalanish haqida batafsil bayon qilingan. O’quvchilarning axborot tushunchasini mustahkamlash uchun turli interaktiv o’yinlar va faoliyatlar o’tkazish mumkinligi ularga axborot turini aniqlashga oid masalalar mazmuni yoritilgan va hayotga tayyorlashda qanday qo‘llanilishi mumkinligi muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: boshlang’ich sinf, matematika, matematika ta’lim, axborot komukatsion texnologiyalar ta’limoti, boshlang’ich sinf o’quvchilariga, ta’lim samaradorligi. O‘qitish metodining vazifasi o‘quvchilar fanlarni psixologik qonuniyatlar asosida o‘zlashtirishlarini ta’minlash hamda samarali ta’limni yo‘lga qo‘yish uchun zamonaviy dars berish usullari, darslarni tashkil etishning yangi shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etishdan iborat. Masalan, pedagogikada muammoli o‘qitish nazariyasi ishlab chiqilgan, ammo quyi sinf o‘quvchilariga fanlarni o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy qoidalari ishlab chiqilmas ekan, muammoli o‘qitish nazariyasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kutilgan natijalarni bermaydi [1;17-b.]. G.K.Selevko innovatsion metodlar-ta’lim jarayonining mazmun mohiyatiga va bevosita amaliy jarayonlarda tatbiq etilganda va qo‘llanilganda, o‘quvchilarning o‘tilayotgan mavzu doirasidagi talablarini qanoatlantiradigan va yangi bilmlar yordamida o‘zlari ko‘zlagan maqsadlarga yetishda vosita bo‘ladigan uslubiy yangilik bo‘lish bilan bir paytda, doimiy ravishta o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha dars jarayonlari va darsdan tashqari faoliyatda hattoki fan to‘garaklarinig ham ta’lim samaradorligining sifat jihatdan o‘sib borishini ta’minlaydi [3;32-b.]. Innovatsion metodlar pedagogik innovatsiyalarning bir turi bo‘lib, uslubiy muammolarni hal etishda quyidagilarni nazarda tutadi: o‘quv fanining xususiyatlarini va o‘qitish bosqichining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayoniga didaktik innovatsiyalarni tatbiq etish; o‘quv jarayonida ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan eng so‘ngi maqsadlari va yangilangan innovatsion ko‘rinishlarni inobatga olgan holda tizimlashtirilgan yangilanishlarni amalyotga tadbiq etish kabi maqsad va vazifalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qiladi [2; 24-b.]. 160 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Quyida boshlang‘ich sinf matematika fanini o‘qitishda asosiy ilmiy- pedagogik prinsiplarga va metodlarga to‘xtalib o‘tamiz. Matematika o‘qitishning ilmiy-pedagogik asoslari Konstruktivizm tamoyili: Konstruktivizm ta’lim nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlashda faol ishtirok etishlari kerak. O‘quvchilar yangi ma'lumotlarni o‘z oldilariga qo‘yilgan masalalarni hal qilish, tajriba va kuzatishlar orqali o‘rganadilar. Matematikani o‘rgatishda bu tamoyilni amaliyotga tatbiq etish o‘quvchilarning o‘z-o‘zini anglashini va bilimni mustahkamlashini ta'minlaydi. O‘quvchilarning rivojlanish xususiyatlari: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematikani o‘rganish jarayoni ularning yoshiga xos rivojlanish xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Bu yoshdagi o‘quvchilar konkret tasavvurlarni o‘zlashtirishda ko‘proq qiziqish bildirishadi, shu sababli ularga matematik tushunchalar va operatsiyalarni real hayotdan olingan misollar orqali taqdim etish muhimdir. Tizimli yondashuv: Matematika fanini o‘qitishda tizimli yondashuvni qo‘llash muhimdir. Bu o‘quvchilarga matematikaning asosiy tushunchalarini, qoidalarini va amallarini bir-biriga bog‘lab o‘rgatishga yordam beradi. O‘qituvchi matematika kursining har bir mavzusini oldingisi bilan bog‘lash va o‘quvchilarning yangi bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatlarini yaratish kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika faniga qiziqtirish Ta’limning interaktiv shakllari: O‘quvchilarning qiziqishini oshirish uchun interaktiv o‘qitish shakllari, masalan, guruhli ishlash, o‘yinlar, rolli o‘yinlar va muammoli vaziyatlardan foydalanish juda samarali. Masalan, matematika masalalarini jamoaviy yechish o‘quvchilarni yanada faolroq bo‘lishga undaydi. Matematika o‘yinlari va faoliyatlari: Matematika o‘yinlari va mashqlar o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzularni o‘zlashtirishda qiziqarli va samarali yordam beradi. Bu usul o‘quvchilarga matematikani o‘rganishda qiyinchiliklarni engishga yordam beradi va o‘rganish jarayonini osonlashtiradi. Real hayot bilan bog‘lash: Matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarga real hayotdan misollar keltirish, masalan, do‘konda xarid qilish, vaqtni hisoblash, uydagi ishlarni tartibga solish kabi kundalik hayotdagi vaziyatlarni matematik tushunchalar bilan bog‘lash, ularning matematikani amaliy jihatdan o‘zlashtirishiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitish metodlari 161 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Vizuallik metodikasi: Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarga matematik tushunchalarni vizual tarzda taqdim etish juda samarali. Diagrammalar, gra
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini samarali o’qitishda axborot komukatsion texnologiyalaridan foydalanish haqida batafsil bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini samarali o’qitishda axborot komukatsion texnologiyalaridan foydalanish haqida batafsil bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim samaradorligi., boshlang’ich sinf, matematika ta’lim, matematika, axborot komukatsion texnologiyalar ta’limoti, boshlang’ich sinf o’quvchilariga
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026