К содержанию
РецензированоUZ1972

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING FALSAFIY XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH

Abdunazarova Zebiniso Xudoyshukurovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1972

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Ekologik madaniyatning mohiyati, xususiyatlari uni yoshlar o'rtasida rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar ta 'kidlab o 'tiladi. Kalit so'zlar: Ekologik madaniyat, o'rta maktab o'quvchilari, ekologik antropologiya, ishchiyoshlar, ko'ngillilar. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida insoniyatning texnogen sivilizatsiyasidan noosfera davriga o'tishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu bo'lsa o'z navbatida V.I. Vernadskiy ta'biri bilan aytganda, biosfera rivojlanishida inson aqliy salohiyati ahamiyatining kuchayishi bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayon insonning yerdagi hayotini saqlab qolishga intilishi bilan o'zaro qarama-qarshi birligida aks etadi. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, ko'pchilik xorijiy olimlarning fikriga ko'ra, bundan buyon yadroviy falokat insoniyatni halokatga yetaklovchi yagona havf sifatida qaralmayapti, aksincha insoniyatning yer yuzidan yo'q bo'lib ketishiga yetaklovchi asosiy omil sifatida insonning tabiatni o'ziga bo'ysundirishi yo'lidagi odamzod manfaatiga zid bo'lgan hatti-harakatlari, tabiat qonunlaridagi muvozanatning buzilishiga olib kelgan ilmiy-texnik taraqqiyotning vayronkor oqibatlari natijasida yuzaga kelgan global ekologik muammolar oldinga chiqmoqda. BMTning inson muhiti bo'yicha birinchi Jahon konferensiyasi 1972-yilda Stokgolmda universal yondashuvlarni shakllantirish va xalqaro ekologik infratuzilmani yaratishning boshlanishi bo'lib, xalqaro ekologik siyosatning asosiy tamoyillari e'lon qilindi. Aynan shu konferensiyadan so'ng "Inson va biosfera", "Jahon iqlim dasturi" va "Xalqaro geosfera-biosfera dasturi" kabi yirik jahon ekologik dasturlarini amalga oshirish boshlandi, atrof-muhit holati to'g'risida muntazam ma'ruzalar chop etila boshlandi, keng qamrovli Global tizim faoliyat ko'rsata boshladi [5]. Bu bo'lsa nafaqat insoniyat uchun havf tug'idrmoqda, balki butun tirik olamning yer yuzidan yo'qolib ketishi havfini yaratmoqda. Misol uchun, N.N. Moiseev ekologik muammolarni hal qilishga bo'lgan an'anaviy yondashuvlarni keskin tanqid ostiga oladi. Uningcha, dunyo hamjamiyati yaqinlashib kelayotgan xatarni ob'ektiv baholay olmayapti. Ushbu anglashmovchilikning qanchalik ahamiyatli ekanligini 1992 yilda Rio-de- Janeyroda bo'lib o'tgan konferentsiya natijalari ko'rsatib berdi. Ushbu konferentsiyada asosiy masala sifatida insoniyat nafaqat ayrim biologik turlarni saqlab qolish bilan shug'ullanmasdan, balki ekotizimlarni asrashga ham diqqatini qaratmog'i darkor va buning uchun demografik siyosatni yuritishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish lozim degan fikr ilgari surilgan Bu esa o'z navbatida inson tomonidan olib boriladigan barcha ilmiy tadqiqotlarning asosiga jamiyat va tabiatning o'zaro hamjihatlikda rivojlanishini olish lozim va yagona planetar jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning yangi strukturasini ishlab chiqish va ijtimoiy qadriyatlar tuzilmasini qayta ko'rib chiqmoq darkor. Bunday yondashuv o'z navbatida insoniyat ekologik madaniyatini tashkil qiluvchi asoslarni yangicha yondashuv asosida tahlil qilish va uni shaxs qadriyatlariga singdirishninng yangi shart-sharoitlarda ostida takomillashtirishni talab etadi. Asosiy qism. Ekologiya va madaniyat o'rtasida bevosita 78 aloqa mavjuddir: ekologiyaning holati jamiyat madaniyatining rivojlanganlik darajasini aks ettiradi. Shu sababli ham insonlarning tabiatdan foydalanish madaniyatini o'zgartirmay turib, atrof-muhit, ekologiyadagi ijobiy o'zgarishlarga erishibbo'lmaydi. Aynan madaniyat inson faoliyatini hayotning biosferaviy va ijtimoiy qonuniyatlariga moslashtirishi mumkin.Madaniyat bu inson borlig'ining shunday jabhasiki uning asosida umuinsoniy - hayot mazmunini belgilovchi qadriyatlar yotadi va bu qadriyatlar o'z navbatida absolyut hisoblangan, umrboqiy qadriyatlar, boshqacha qilib aytganda umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Ushbu qadriyatlarni shaxsga singdirish bo'lsa ta'lim va tarbiyaning ustuvor vazifasidir. Tarbiya madaniyatni avloddan avlodga o'tkazishda hamda har bir shaxsning madaniy tajribasini shakllantirishda ishtirok etadi.Ekologik holatning yomonlashuvi, yoshu- qarining, ularning faoliyati qanchalik tabiatga zarar yetkazishi haqida fikr qilmagan holda, imkon qadar tez fursatlarda foyda olishga intilishi, huquqiy me'yorlarni bilmaslik va ularga amal qilmaslik, yoshlar o'rtasida zo'ravonlikning ortib borishi va boshqalar umumiy madaniyatning va, shu jumladan, ezgulikka intilish, boshqalar dardiga befarq bo'lmaslik, o'z- o'zini chegaralash va mushohada yuritish kabi qadriyatlarga asoslangan ekologik madaniyatning qanchalik past darajada ekanligini ko'rsatadi Hozirgi paytda insoniyat tobora soni ortib borayotgan ekologik muammolar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatga oid ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi davrda jamiyat barqaror rivojlanishini falsafasining

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ekologik madaniyat, o'rta maktab o'quvchilari, ekologik antropologiya, tafakkur, Boshlanğich, vazifa., maqsad, ekalogik, falsafiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники