К содержанию
РецензированоUZ2026

SUG‘ORISH TARTIBLARINING LOVIYANI QURUQ MODDA TO‘PLASHIGA TA’SIRI

Otayarova Gulshoda Uzakovna · Ravshanova Nilufar Adilovna · Boltayeva Mehribon O’tkurovna (Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri) · Masharipova Zuhra Mahmudjon qizi (Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri) · Mamatova Mashhura Mirzaek qizi (Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri)

Наука и технология в современном мире · 2 · 2026

Аннотация

The article studies the effect of irrigation methods on the accumulation of dry matter in common bean varieties under irrigated meadow-gray soils in the Samarkand region. The effect of irrigation methods on the accumulation of plant dry matter was studied. During the growing season, it was noted that the Mahsuldar variety accumulated more dry matter than the Ravat variety. Soil moisture under the ChDNS was 70-80-60% (control) compared to irrigation of 70- 80-60%, while it was found that the Mahsuldar variety accumulated more dry matter than the Ravat variety Key words: common bean, variety, irrigation methods, dry matter. Kirish. So‘nggi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat mahsulotlariga jahon bozorida narx navoning muttasil oshib borayotgani munosabati bilan shuningdek respublikamizda oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini ko‘paytirish va shu asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga 110 ` bo‘lgan talabini to‘liqroq qondirish, natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish maqsadida Prezidentimizning (2008 yilda) «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Shuning uchun sarf xarajatlarni, resurslarni, energiyani tejab, tuproqni ikkilamchi sho‘rlanishini oldini olishga, unumdorligini oshirishga imkon beradigan yangi davr talablariga javob beradigan agrotexnologiyalarni kompleks ravishda ishlab chiqish dehqonchilikdagi eng dolzarb muammolardan biridir. Shu bilan birgalikda ekologik toza don mahsulotlarini yetishtirishda qo‘llanilayotgan azotli o‘g‘itlar, gerbitsidlar, fungitsidlar, insektitsidlar miqdorini kamaytirish yoki ularni qo‘llashdan voz kechish juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammodir. Yuqorida qayd etilgan muammolarni yechishda paxta va g‘alla ekinlari ekin maydonlarini qisqartirmagan holda ekinlarni ilmiy asosda navbatlashtirishni yo‘lga qo‘yish, dukkaklilar oilasiga kiruvchi ekinlar (loviya)dan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Material va uslublar. Dala tajribalari 2018-2020 yillarda Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida oddiy loviya navlarining quruq modda to‘plashiga sug‘orish tartibining ta’siri o‘rganildi. Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida oddiy loviya navlarining quruq modda to‘plashini tahlil qilish natijalari 1 –jadvalda keltirildi. 1-jadval Sug‘orish tartiblarini loviyani quruq modda to‘plashiga ta’siri, s/ga (2018-2020 yy.) Unib Shox- Dukkak- Navlar Sug‘orish tartibi Gullash Pishish chiqish lanish lash 70-60-60 nazorat 1,9 6,0 18,6 28,5 29,3 Ravot 70-70-60 2,0 6,5 20,8 32,4 33,3 70-80-60 1,9 6,8 22,1 34,7 35,6 70-60-60 nazorat 2,0 6,8 23,0 32,5 33,2 Mahsuldor 70-70-60 2,1 7,3 24,8 35,2 36,3 70-80-60 2,1 7,6 25,6 37,5 38,6 Olingan natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, dastlabki unib chiqish davrida quruq modda miqdori variantlar bo‘yicha Ravot navida 1,9-2,0 s/gani tashkil etgan bo‘lsa, Mahsuldor navida bu ko‘rsatkich 2,0-2,1 s/ga bo‘lganligi hisobga olindi. Ravot naviga qaraganda Mahsuldor navi ko‘proq quruq modda to‘plashi aniqlandi. Bu ustunlik butun vegetatsiya davrida saqlanib qoldi. Shoxlanish davrida quruq moddaning to‘planishi yuqoridagiga tegishlicha 6,0-6,8 va 6,8-7,6 s/gani, gullash davrida 18,6-22,1 va 23,0-25,6 s/ga, dukkaklash davrida 28,5-34,7 va 32,5-37,5 s/ga, pishish davrida o‘tkazilgan tahlillarda esa ko‘rsatkichlar mos ravishda 29,3-35,6 va 33,2- 38,6 s/gani tashkil etdi (1-jadval). Demak, o‘simlikda quruq moddaning to‘planishi unib chiqishga nisbatan shoxlanishda 3,1-3,6 barobar, shoxlanishdan gullashgacha 3,1-3,4 barobar, gullashdan dukkaklashgacha 1,5 111 ` barobar va pishishda sezilarsiz darajada ko‘payishi kuzatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Mahsuldor navi Ravot naviga qaraganda ko‘proq quruq modda to‘plashi aniqlandi. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Olingan ma’lumotlar o‘rganilib sug‘orish tartiblari bo‘yicha tahlil qilinganida, rivojlanish davrlari bo‘yicha yanada qiziqarli natijalar qayd etildi. Dastlabki unib chiqish davrida o‘simliklar urug‘dagi zahira oziqa moddalar hisobiga o‘sganligi bois, sug‘orish tartiblari bo‘yicha variantlararo farq kuzatilmadi. Shoxlanish davrida tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60% (nazorat) sug‘orish tartibi variantida Ravot navi o‘simliklari 6,0 s/ga, Mahsuldor navi o‘simliklari esa 6,8 s/ga yoki 0,8 s/ga ko‘p quruq modda to‘planganligi aniqlandi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-70- 60% sug‘orish tartibida yuqoridagiga mos ravishda 6,5 va 7,3 s/ga yoki 0,8 s/ga ko‘p quruq moddato‘plaganligi qayd etildi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60% sug‘orish tartibida esa Ravot navida 6,8 s/ga quruq modda to‘plangan bo‘lsa, Mahsuldor navida 7,6 s/ga bo‘lganligi hisobga olindi. O‘simlikning gullash davrida quruq modda miqdori shoxlanish davridagiga qaraganda variantlar bo‘yicha 3,_-4,_ barobar ko‘p bo‘lib, tuproq naml

Доказательный фрагмент

«The article studies the effect of irrigation methods on the accumulation of dry matter in common bean varieties under irrigated meadow-gray soils in the Samarkand region.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article studies the effect of irrigation methods on the accumulation of dry matter in common bean varieties under irrigated meadow-gray soils in the Samarkand region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
common bean, variety, irrigation methods, dry matter, quruq modda., sug‘orish tartiblari, nav, oddiy loviya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники