Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MINTAQADA TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH
TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH · Karimova Shaxnoza Uktamovna
Наука и технология в современном мире · 31 · 179–188 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil qilinadi. Jumladan, internet, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, VR/AR, big data, sun’iy intellekt singari ilg‘or texnologiyalar turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, marketing va kommunikatsiya strategiyalarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada ma’lumot xavfsizligi, huquqiy-me’yoriy bazani rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilish kabi muhim omillarga urg‘u beriladi. Natijada zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan turizm mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirish, investitsiyalarni jalb etish, madaniy merosni keng targ‘ib qilish va mahalliy aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. KALIT SO‘ZLAR: turizm, zamonaviy texnologiyalar, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar,VR/AR (Virtual va Kengaytirilgan Reallik), Big data. Mintaqada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bugungi kunda juda muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Turizm iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda eng samarali yo‘nalishlar sirasiga kiradi. Shu bois ko‘plab davlatlar, xususan, iqtisodiyoti turizmga tayanadigan mintaqalar turizm sohasini yanada taraqqiy ettirish, raqobatbardosh xizmatlar yaratish, turistlar oqimini ko‘paytirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanishga harakat qilmoqda. Ushbu maqolada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan qanday samarali foydalanish mumkinligi, bu jarayonda yuzaga keladigan asosiy muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar xususida so‘z boradi. Zamonaviy texnologiyalar turizmni rivojlantirishning dastlabki bosqichidayoq katta ahamiyat kasb eta boshladi, chunki global aloqa tarmoqlari kengayishi, internetning kirib kelishi va raqamli ekotizimning shakllanishi bilan sayohatchilar uchun ko‘plab qulayliklar yaratildi. Internet orqali mehmonxonalar, aviachiptalar, taksi xizmati yoki ekskursiya turlarini bron qilish imkoniyati nafaqat sayohat qilish tartib-taomillarini soddalashtirdi, balki turizm subyektlari orasida raqobatning kuchayishiga ham olib keldi. Turistik mahsulotlarni onlayn taqdim etish orqali mintaqadagi turizm salohiyatini xorijlik mehmonlarga ommaviy ravishda ko‘rsatish, ularni jalb qilish osonlashdi. Shuningdek, virtual tarmoqlar, ijtimoiy media, bloglar va onlayn sharhlar turistlar qaror qabul qilish jarayoniga bevosita ta’sir o‘tkazadigan muhim omillar sifatida shakllandi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar turizm xizmatlarini takomillashtirishning turli jabhalarida qo‘llanilmoqda. Avvalo, mobil ilovalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bronlash, to‘lov qilish, turistlar uchun interaktiv xaritalar, marshrutni onlayn tuzish, onlayn vertual sayohatlar va shu 117 ` kabi qulayliklar yo‘lga qo‘yildi. Bu turistlarda tanlov erkinligini oshirish, xizmat turlarini kengaytirish, vaqt va mablag‘ tejamkorligi kabi qator ustunliklar yaratdi. Shuningdek, turizm subyektlari (mehmonxonalar, avia- va transport kompaniyalari, turizm agentliklari) o‘z faoliyatida marketing strategiyasini raqamli platformalarga tayangan holda kengroq yo‘lga qo‘ya boshladilar. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kontentlar, interaktiv aksiyalar, chegirmalar e’lon qilish orqali har bir mintaqaning diqqatga sazovor joylarini, o‘ziga xos an’ana va urf-odatlarini, milliy taomlarini ommalashtirish imkoniyati kengaydi. Bunday raqamli marketing yo‘nalishlari nafaqat sayyohlarga, balki mahalliy aholiga ham manfaat keltiradi, chunki infrastrukturani rivojlantirish, turistlarni kutib olish, ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘rganish ham jadallashadi. Raqamli texnologiyalarning turizm sohasiga jadal kirib kelishi bilan bir qatorda xususiy ma’lumot xavfsizligi, turistlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish kabi muammolar ham avj oldi. Raqamli platformalarda to‘plangan mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari (bank kartalari raqamlari, shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlari va hokazo) turli tahdidlarga moyil bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli, turizm subyektlari o‘z tizimlarini doimiy ravishda zamonaviy xavfsizlik standartlariga moslash, ma’lumotlarni to‘plash va saqlashda ehtiyot choralarini oshirish zarur. Bunda, shubhasiz, davlat miqyosida ham qonunchilik bazasini takomillashtirish, raqamli xavfsizlik va sir saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratish, turizmni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar doirasida turistlarning huquqlarini himoya qilishga doir bandlarni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishning yana bir muhim yo‘nalishi – big data, sun’iy intellekt, blokcheyn, ob-havo ma’lumotlarini aniq taxminlash kabi ilg‘or yechimlar yordamida to‘plangan stat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- AR (Virtual va Kengaytirilgan Reallik), turizm, VR, raqamli marketing, Big data., ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy texnologiyalar
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020