Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIDAGI SINONIMLARNING BADIIYLIKNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Maxanova Feruza Mamarajabovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada she’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liqligi hamda M.Shayxzoda she’rlarida sinonimlarning qo’llanilishi yoritilgan. Kalit so’zlar: sinonimlar, lingvopoetik xususiyatlar, polesemantika, leksema, leksek va konteksual sinonimlar, kontekst. She’riyatda sinonimlarning asosiy vazifasi – bir xil ma’noni turli leksemalar yordamida emotsional-ekspressiv ma’nolarni yuzaga keltirishdir. She’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liq. Badiiy matnlarning lingvistik tahlili jarayonida til vositalarining ekspressiv imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon adabiyotshunoslik va lingvistika usullarini birlashtiradi, turli davr va yo‘nalishlarga mansub mualliflarning asarlarini tahlil qilishni talab qiladi. Zamonaviy adabiyotshunoslik tadqiqotlarining ko‘pchiligi asosan adabiy tahlilga yo‘naltirilgan bo‘lib, badiiy asar tilini lingvopoetik nuqtai nazardan o‘rganishga ehtiyoj sezilarli darajada oshgan. Lingvopoetika badiiy asarning badiiyligini ta’minlovchi omillarni tilning barcha darajalarida o‘rganadi. Bu, asarning tarkibiy tuzilishi, elementlar o‘rtasidagi munosabatlar, stilistik xususiyatlar va badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi. “Poetika” atamasi sinonim sifatida “badiiylik” tushunchasi ham ishlatilishi mumkin. Lingvopoetik tahlil badiiy asar tilining nazariy asoslari, ijtimoiy funksiyalari va inson ongini aks ettirishini bir butun sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. U filologiya fanining turli sohalarini birlashtiradi va ularning o‘zaro bog‘liqligiga urg‘u beradi. Tahlil yozuvchining til va uslubini o‘rganish bilan cheklanmay, balki asar yaratilgan davrning til xususiyatlari, muallifning leksik boyligi, til vositalarining ifoda uslublari, badiiy tasvir vositalarining til faktlariga asoslangan aks etishi va tilning barcha darajalarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. “Ekspressivlik (tilshunoslikda) – til birligining semantik-stilistik belgilari majmui; til birligining aloqa soʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini taʼminlaydi. Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subyektiv baho ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyijon, ukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega 20 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (masalan, “qiltiriq” soʻzi ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa ekspressivlik odatdagi soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi. Aloqa soʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imoishora) ham qoʻllanadi. Ekspressivlik bevosita inson histuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlgani uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida Ekspressilik va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi[1]” Tilshunoslikda “ekspressiv funksiya” atamasi bilan bir qatorda “poetik funksiya”, “badiiy funksiya” va “estetik funksiya” kabi atamalar ham qo‘llaniladi. “Estetik funksiya” atamasi kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Har qanday badiiy asarni tahlil qilishdan oldin, uning qanday matn turlaridan tashkil topganligi va so‘zlarning ifoda maqsadi bo‘yicha tasnifi haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Badiiy asarlar badiiy matnlardan tashkil topgan bo‘lib, badiiy matnlar esa “estetik vosita” vazifasini bajaradigan gaplardan iborat. “Estetik vosita” faqat badiiy adabiyotda emas, balki so‘zlashuv tilida ham qo‘llaniladi va uning ko‘lami ekspressivlik, badiiylik va poetiklik bilan bog‘liq. Tilning leksik boyligi, xususan sinonimlarning mavjudligi, tilning estetik funksiyasini yorqinlashtiradi. Sinonimlarning asosiy maqsadlari – takrorlanishni oldini olish va emotsional ekspressivlikni kuchaytirish hisoblanadi. Mualliflar o‘z asarlarida tasvirning maqsadi va ruhining o‘ziga mos keladigan so‘zni tanlashga harakat qilishadi. Bu jarayonda sinonimlarning qo‘shimcha ma’nolari, stilistik
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada she’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liqligi hamda M.Shayxzoda sh…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada she’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liqligi hamda M.Shayxzoda sh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lingvopoetik xususiyatlar, polesemantika, sinonimlar, leksek va konteksual sinonimlar, kontekst., leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025