К содержанию
РецензированоUZ2026

OLIY TA’LIM MUASSALARINING BOSHQARISHDA RAQAMLI-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHDAGI MUOMMOLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Berdiyev Temurbek Maxmudullo o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Maqola oliy ta’lim muassalarining boshqarishda raqamli-texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishdagi muommola va elektron madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, oliy ta'limning o'quv jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va davlat tomonidan oliy ta'lim oldiga qo'yilgan vazifani hisobga olgan holda oliy ma'lumotga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqiladi va ushbu muammolarni hal qilish usuli taklif etiladi. Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, raqamli texnologiya, takomillashtirish, muommoli va ziddiyatli jihatlar, OTM. Zamonaviy oliy ta’lim tizimi raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirish imkoniyatiga ega. Dunyo bo‘ylab raqamli transformatsiya ta’lim jarayonida yangi usullarni kiritish zaruriyatini yaratmoqda. Talabalar va o‘qituvchilar uchun bilim olishni qulay, samarali va innovatsion qilish uchun raqamli texnologiyalar muhim vositadir [3]. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar oliy ta’lim jarayonida fanlarni interaktiv va qiziqarli usulda o‘rgatishga imkon beradi. Virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari, va masofaviy o‘qitish platformalari yordamida talabalar bilim olish jarayoniga yanada chuqurroq jalb etiladilar. Shuningdek, ma’lumotlarga tezkor kirish, videodarslar va onlayn manbalar yordamida ta’lim olish qulayligi oshadi. Raqamli resurslar orqali ta’lim jarayoni shaffof va moslashuvchan bo‘lib, talabalar uchun o‘z-o‘zini o‘qitish imkoniyatlari kengayadi [2]. Ta’lim jarayonida raqamli axborot texnologiyalaridan foydalanish Davlat ta’lim standartlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Bu talabalarning kognitiv imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, o‘quv jarayonini optimallashtirishga yordam beradi va o‘quv materialini idrok etishni sezilarli darajada oshiradi, bu o‘z navbatida o‘quv jarayonining odatiy doirasidan tashqariga chiqishga va talabalarni mustaqil izlanish va tadqiqot faoliyatiga ulashga imkon beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, muntazam an’anaviy ta’limga ajoyib qo‘shimcha sifatida keng o‘quv materiallari bankiga ega bo‘lgan o‘quv saytlaridan foydalanish hisoblanadi. Oliy ta’lim muassalarining boshqarishda raqamli-texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishdagi pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishda ayrim muommoli va ziddiyatli jihatlar mavjudligicha qolmoqda, bular:  birinchidan, hozirgi faoliyat yuritayotgan OTMlar boshqarishda raqamli- texnologiyalardan foydalanishga bo'lgan ehtiyojning paydo bo'lishi va yangilanishi;  ikkinchidan, tahsil oluvchining bilish darajasini oshirishga bo'lgan kompetensiyaviy yondashuvlarga ehtiyojning ortishi raqamli-texnologiyalar asosida; 59 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si  uchinchidan, o'zini oqlamagan pedagogik sharoitlarda moddiy-texnika bazaning eskirgani, kompetentli mutaxassislarning yetishmayotganligi;  to'rtinchidan, o'qitish amaliyotini takomillashtirish zarurati, bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatida amaliy foydalanish holati uchun jamiyatning ijtimoiy buyurtmasiga bo'lgan talabning oshishi;  beshinchidan, veb-servis, podkasting, skrinkasting, strim va kengaytirilgan real texnologiyalaridan, shuningdek, mobil ilovalardan va alternativadan foydalangan holda oliy ta'limda o'qitish xizmatlari bo'yicha dasturiy ta'minotning yetishmasligi;  oltinchidan, oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilarining bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarining amaliy qismi ta'lim oluvchilarning kelgusida faoliyat yuritadigan tashkilotlarida, ya'ni dual ta'lim to'liq amalga oshirilmayotganligi va boshqalar. Yuqorida ko'rsatilgan muommoli va ziddiyatli jihatlar ziddiyatli masalalar hal qilinganida, jamiyat takomilining yangi istiqbol maqsadi - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish imkoniyati kengayadi [1]. Shuningdek, o'ta muhim bo'lgan ijtimoiy-siyosiy yo'nalish - yoshlar talimida ham amalga oshirilishi lozim bo'lgan maqsadlar uyg'unligi amalga oshirilib, uni qayta qurish, dunyo ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning mazmunini milliy istiqlol g'oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish, demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish, shuningdek ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar bilan ta'minlash va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalarida o'z ifodasini topadi. Shunday qilib, oliy ta’lim muassalarining boshqarishda raqamli-texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishdagi ijtimoiy-pedagogik muammo bo'lib, u professor-o'qituvchilar va talabalar aspektida quyidagilar: - Professor-o'qituvchilarda axborot texnologiyalari, bu sohadagi ilg'or xorij tajribalari haqida tasavvur hosil qilish va ulardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyalarini rivojlantirishga imkoniyat kengayadi; - Tahsil oluvchilarda esa ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, bilim olishni faollashtirishga imkoniyat yaratish hamda kelgusidagi kasbiy kompetentliligin

Доказательный фрагмент

«Maqola oliy ta’lim muassalarining boshqarishda raqamli-texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishdagi muommola va elektron madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, oliy ta'limning o'quv jarayonida raqaml…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola oliy ta’lim muassalarining boshqarishda raqamli-texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishdagi muommola va elektron madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari, oliy ta'limning o'quv jarayonida raqaml… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
takomillashtirish, raqamli texnologiya, OTM., muommoli va ziddiyatli jihatlar, oliy ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники