Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERTAKLAR TILINING YEVROPADA OʻRGANILISHI VA BOSQICHLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Asadov Asadbek Murodjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · muammolari D.N.Sadovnikov (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Yevropada ertak tilining o‘rganilishi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari va lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Ertak matnlarining tuzilishi, uslubiyati, xalq og‘zaki ijodidagi ifoda vositalari hamda tarjima jarayonidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ertak tilining madaniy va milliy xususiyatlarni aks ettirishi ko‘rsatib beriladi. KALIT SO‘ZLAR: Ertak tili, ertak, hikoya, Yevropa folklori, og‘zaki ijod, lingvistik xususiyatlar, ertak strukturasi, madaniy tafovutlar, tarjima jarayoni, ertak uslubi, ertaklarning tasnifi. So‘z san’atining ilk shakllari insoniyat nutqining paydo bo‘lishi bilan birga shakllana boshlagan. “Ertak” atamasi tarixiy manbalarda ilk bor XI asrga oid Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida qayd etilgan bo‘lib, u og‘zaki tarzda biror voqeani hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozirgi vaqtda bu termin folklorshunoslikda xalq og‘zaki ijodining asosiy janrlaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Yevropada esa "ertak" (fairy tale — inglizcha, Märchen — nemischa, conte de fées — fransuzcha) atamasi va u bilan bog‘liq tushuncha ilk bor Yangi davr boshlarida, xususan, XVII asrda paydo bo‘lgan. Fransiyada “Conte de fées” (peri ertagi) atamasi birinchi bo‘lib Marie- Catherine d’Aulnoy (1650–1705) tomonidan ishlatilgan. U XVII asr oxirida yozgan ertaklarini shu nom bilan atagan. Jahon folklorshunosligida ertak,maqol va topishmoq janrlari turli mavzular doirasida yetarlicha tadqiq etilgan. Xususan, ertakning asosiy xususiyatlari va muammolari D.N.Sadovnikov, N.Y.Onchukov, D.K.Zelenin, V.Y.Sokolov, M.Azadovskiy, A.Nikiforov, Y.M.Meletinskiy kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan [1]. Shuningdek, ertak motivlari, xususan, sinov motivi bir necha fan sohalari doirasida o‘rganilgan va buning natijasida qator ilmiy asarlar yuzaga kelgan [2]. Yevropada ertak sintaksisi va morfologiyasini o‘rganish XIX asrdan boshlab ilmiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayonda folklorshunoslik, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalari kesishgan holda rivojlandi. Ertaklarning sintaktik tuzilishi ularning og‘zaki va yozma variantlarida qanday ishlatilishi, mazmunning qanday shakllanishi va o‘quvchiga qanday ta’sir qilishi kabi jihatlar bilan chambarchas bog‘liq. Yevropada ertaklarning sintaktik tuzilishini o‘rganish jarayonida Antti Aarne va Stith Thompson tomonidan ishlab chiqilgan "Ertak tiplari indeksi" (1910) va "Ertak syujetlari indeksi" (1928) muhim ahamiyat kasb etdi. Bu indeks yordamida butun dunyo ertaklari o‘xshash sintaktik va semantik tuzilmalarga ega ekanligi aniqlangan. Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har xil xalqlarning ertaklari tarkibida o‘xshash sintaktik strukturalar mavjud. Masalan, ertaklardagi kümülatif (takrorlanuvchi) jumlalar, parallel tuzilmalar va polisentetik (ko‘p bog‘lovchilar ishlatiladigan) gaplar turli millat ertaklarida keng tarqalgan. Bundan tashqari Hans-Jorg Uther — nemis folkloristi va adabiyotshunos, 1944-yil 20- iyulda Germaniyaning Herzberg am Harz shahrida tug‘ilgan. U Göttingen universitetida folklor, 68 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si germaniya tili va tarix fanlari bo‘yicha tahsil olgan. 1973-yildan boshlab, u Gottingendagi Enzyklopädie des Märchens (Ertaklar ensiklopediyasi) loyihasida 40 yildan ortiq faoliyat yuritgan. 1980-yilda “Behinderte in populären Erzählungen” (Xalq ertaklarida nogironlar) mavzusida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari doktori unvonini olgan. 1994-yilda Essen universitetida nemis tili va adabiyotshunosligi bo‘yicha ilmiy darajani qo‘lga kiritgan. 2010–2015-yillarda u Enzyklopadie des Marchens loyihasining bosh muharriri bo‘lgan. Shuningdek, u Fabula jurnalining muharrirlar kengashida faoliyat yuritgan va Die Marchen der Veltliteratur seriyasining muharriri bo‘lgan. U 50 dan ortiq kitobning muharriri bo‘lib, Grimm aka-ukalari, Vilhelm Hauff va Ludwig Bechstein kabi yozuvchilarning tanqidiy nashrlarini taqdim etgan. Nemis folklorshunosi, ertaklar tipologiyasi bo‘yicha dunyoga mashhur olimning “Xalqaro ertaklar turlari: Tasnif va bibliografiya” (Antti Aarne va Stith Thompson tizimi asosida) asari ham mavjud. 1910-yilda Antti Aarne tomonidan yaratilgan Yevropa ertak turlari tizimi Stith Thompson tomonidan ikki marta (1928, 1961) qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lib, u ushbu tizimni Yevropadan Hindistongacha bo‘lgan hududdagi an’anaviy ertaklarni qamrab oladigan darajada kengaytirdi va o‘sha paytdagi mavjud tadqiqot natijalarini o‘z ichiga oldi. Hozirgi xalqaro ertak turlari katalogi (ATU, Aarne/Thompson/Uther qisqartmasi bilan) tubdan yangi nashr bo‘lib, kengaytirilgan qo‘shimchalar va yangiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu nashr Aarne/Thompson katalogi (AaTh)ning avvalgi tanqidchilari bildirgan e’tirozlarni inobatga olishga harakat qiladi, biroq ertak turlarining taqdimotidagi an’anaviy tamoyillardan voz kechmaydi. Bu tizimiga qilingan tanqidlar quyidagi asosiy nuqtalarni o‘z ichiga olgan: 1. Ertaklar turlarining tipologiyasi aniq, ilmiy sxema
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Yevropada ertak tilining o‘rganilishi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari va lingvistik xususiyatlari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Yevropada ertak tilining o‘rganilishi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari va lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ertak, og‘zaki ijod, lingvistik xususiyatlar, Ertak tili, hikoya, Yevropa folklori, ertak uslubi, madaniy tafovutlar, tarjima jarayoni, ertak strukturasi, ertaklarning tasnifi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026