Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI (Jizzax viloyati misolida)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O'razaliyeva Nilufar Tangriberdi qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Urazaliyeva Nilufar Tangriberdi kizi (in-academy.uz/index.php/si) · Уразалиева Нилуфар Тангриберди кызы (Master student of Academy of Banking and finance) · Магистрант Банковско-финансовой академии (Master student of Academy of Banking and finance)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются вопросы повышения инвестиционной привлекательности регионов в частности, анализируется инвестиционный потенциал Джизакской области, существующие проблемы и пути их решения. Разработаны предложения по повышению инвестиционной привлекательности. Ключевые слова: инвестиционная привлекательность, инвестиционный потенциал, инвестиционный климат, территориальное развитие, Джизакская область, государственно-частное партнерство, инфраструктура. O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Investitsiyalar hududlarning iqtisodiy o‘sishini ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish va sarmoyadorlar uchun qulay sharoit 71 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si yaratish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan[1]. Bu borada milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, eksport salohiyatini oshirish, hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini barpo etish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hududlarning investitsion jozibadorligini kompleks baholash, investitsion salohiyatdan samarali foydalanish, investitsion qarorlar qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish va investitsion faoliyatni tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari chuqur ilmiy tadqiqotlarni talab etadi. Jizzax viloyati O‘zbekistonning istiqbolli hududlaridan biri bo‘lib, katta investitsion salohiyatga ega. Biroq, viloyatning investitsion jozibadorligini oshirish uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur. Hududlar investitsion jozibadorligini oshirish masalalari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, investitsion jozibadorlikni oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, infratuzilmani rivojlantirish, soliq imtiyozlari berish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish zarur. O‘zbekistonlik olimlar ham hududlarning investitsion salohiyatini baholash, investitsiya muhitini yaxshilash va investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan. Biroq, Jizzax viloyatining investitsion jozibadorligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari va muammolari yetarli darajada o‘rganilmagan. Hududlarning investitsion jozibadorligini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston Respublikasida mintaqalar o'rtasida investitsion faollik ko'rsatkichlari bo'yicha sezilarli tafovutlar mavjud. Xususan, poytaxt Toshkent shahri va Toshkent viloyati eng yuqori investitsion salohiyatga ega bo'lib, bu hududlarda transport-logistika infratuzilmasining rivojlanganligi, malakali kadrlar mavjudligi va katta bozor sig'imi kabi omillar muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, Navoiy va Andijon viloyatlari ham yuqori investitsion jozibadorlik ko'rsatkichlariga ega bo'lib, bu hududlarda erkin iqtisodiy zonalar va sanoat klasterlarining samarali faoliyati, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishning rivojlanganligi kuzatilmoqda. Ayni paytda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida investitsion faollik nisbatan past bo'lib, bu hududlarda investitsion infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish va biznes muhitini yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rish zarurligini ko'rsatmoqda[2]. Xususan, Jizzax viloyatida asosiy oqtisodiy ko’rsatkichlar 2024 yil yanvar – dekabrdagi holati quyidagicha edi: 72 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Jizzax viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish bilan bog‘liq asosiy muammolar quyidagilardan iborat: • Infratuzilmaning yetarli emasligi: Viloyatda transport, energetika va kommunal infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan. 73 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si • Birokratiya va korrupsiya: Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birokratiya va korrupsiya muammolari mavjud. • Malakali kadrlar yetishmasligi: Viloyatda malakali kadrlar yetishmaydi. • Marketingning sustligi: Viloyatning investitsion salohiyati yetarli darajada targ‘ib qilinmaydi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, hududlarning investitsion jozibadorligini yanada oshirish uchun quyidagi strategik yo'nalishlar taklif etiladi: • Infratuzilmani rivojlantirish: Transport, energetika va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish va yangi infratuzilma ob'ektlarini qurish. • Byurokratiya va korrupsiyaga qarshi kurashish: Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish. • Malakali kadrlar tayyorlash: Kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida malakali kadrlar tayyorl
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются вопросы повышения инвестиционной привлекательности регионов в частности, анализируется инвестиционный потенциал Джизакской области, существующие проблемы и пути их решения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются вопросы повышения инвестиционной привлекательности регионов в частности, анализируется инвестиционный потенциал Джизакской области, существующие проблемы и пути их решения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- investment attractiveness, investment potential, investment environment, infratuzilma., Investitsion jozibadorlik, investitsiya muhiti, hududiy rivojlanish, davlat-xususiy sheriklik, Jizzax viloyati, investitsion salohiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026