К содержанию
РецензированоEN2026

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INNOVATSION FAOL KORXONALAR FAOLIYATINI STATISTIK USULLARDA BAHOLASH MASALALARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Matsapayev Akmal Qalandarovich (in-academy.uz/index.php/si) · Матсапаев Акмал Каландарович (in-academy.uz/index.php/si) · Магистрант Банковско-финансовой академии (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article highlights the theoretical and practical aspects of statistical assessment of the activities of innovatively active enterprises in the Republic of Uzbekistan. It also analyzes the main indicators for assessing innovative activity, methods for collecting and analyzing statistical data, as well as problems that arise in assessing the activities of innovatively active enterprises. The article provides proposals for improving the statistical assessment of the activities of innovatively active enterprises in Uzbekistan. 91 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Keywords: Innovative activity, innovatively active enterprises, statistical assessment, indicators, statistical data, innovative activity, competitiveness. Dunyoda hozirgi global sharoitda innovatsion omillar barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash borasidagi tajribalar asosida zamonaviy sanoat tarmoqlarining innovatsion faolligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish alohida ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion faol korxonalarning o'rni beqiyosdir. Innovatsion faol korxonalar yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qiladi. Innovatsion faol korxonalarning faoliyatini statistik usullarda baholash ularning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, muammolarni aniqlash va innovatsion siyosatni takomillashtirish uchun muhim sanaladi. Bugungi kunda jahon mamlakatlarida iqtisodiy o'sishning barqarorligini ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatida sanoat korxonalari boshqaruvi amaliyotiga innovatsion loyihalarni joriy etish orqali yangi iste'mol qiymatlarini yaratish, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, shuningdek, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining global raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanish indeksi ko'rsatkichlarini oshirishga ustuvorlik qaratilib kelinmoqda[1]. Innovatsion faollikni statistik baholash masalalari ko'plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar innovatsion faollikni baholash uchun o'z metodologiyalarini ishlab chiqqan. Ushbu metodologiyalarda innovatsion faollikni baholash uchun turli ko'rsatkichlar va statistik usullardan foydalaniladi. O'zbekistonlik olimlar ham innovatsion faollikni baholash, innovatsion siyosatni takomillashtirish va innovatsion rivojlanish masalalari bo'yicha tadqiqotlar olib borishgan. Biroq, O'zbekistonda innovatsion faol korxonalarning faoliyatini statistik baholashning o'ziga xos xususiyatlari va muammolari yetarli darajada o'rganilmagan. Tadqiqotchi N.Rahimovaning "Innovatsion texnologiyalar yordamida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish" nomli ishida O'zbekiston sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilishning amaliy natijalarini ko'rsatib berdi. Natijalarga ko'ra, innovatsion texnologiyalarni qo'llagan korxonalarda mehnat unumdorligi 18% ga oshgan va mahsulot tannarxi kamaygan. Rahimova o'z ishida davlat tomonidan texnologiyalarni joriy etishga ko'maklashuvchi dasturlarni takomillashtirish zarurligini ta'kidlagan[2]. O'zbekiston sanoat korxonalarida raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonlari mamlakat iqtisodiy barqarorligi va sanoat tarmoqlarining xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, so'nggi yillarda davlat tomonidan qabul qilingan strategiyalar, texnologik modernizatsiya va xorijiy investitsiyalar ushbu jarayonni jadallashtirishda ijobiy natijalar berayotgan bo'lsa-da, hali to'liq rivojlanish uchun bir qator qiyinchiliklarni bartaraf etish zarur. O'zbekiston Respublikasida innovatsion faol korxonalar faoliyatini statistik usullarda baholash bilan bog'liq asosiy muammolar quyidagilardan iborat: 92 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si • Innovatsion faollikni baholashning yagona metodologiyasining yetishmasligi: O'zbekistonda innovatsion faollikni baholash uchun turli ko'rsatkichlar va usullardan foydalaniladi, bu esa baholash natijalarini qiyoslashni qiyinlashtiradi. • Statistik ma'lumotlarning to'liqsizligi va ishonchsizligi: Innovatsion faol korxonalarning faoliyati bo'yicha statistik ma'lumotlar yetarli darajada to'liq va ishonchli emas. • Statistik ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish usullarining takomillashmaganligi: Statistik ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish usullari zamonaviy talablarga javob bermaydi. • Innovatsion faollikni baholashda xalqaro tajribadan foydalanishning cheklanganligi: O'zbekistonda innovatsion faollikni baholashda xalqaro tajribadan yetarli darajada foydalanilmaydi. O'zbekistonda raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish sanoat korxonalarining iqtisodiy

Доказательный фрагмент

«This article highlights the theoretical and practical aspects of statistical assessment of the activities of innovatively active enterprises in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the theoretical and practical aspects of statistical assessment of the activities of innovatively active enterprises in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Innovative activity, innovatively active enterprises, statistical assessment, innovatsion faol korxonalar, innovatsion faoliyat, Innovatsion faollik, statistik baholash, ko'rsatkichlar, raqobatbardoshlik., statistik ma'lumotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники