К содержанию
РецензированоUZ2026

TA‘LIM TIZIMIDA TYUTORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Eshqulov Yanvar Asadovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada taʼlim tizimida tyutorlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati va uning pedagogik jarayonlarda qanday o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Tyutorlik madaniyati — bu taʼlim jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarga individual yondashuvni taʼminlash, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashni nazarda tutadigan bir qator bilim, ko‘nikma va axloqiy tamoyillardan tashkil topgan kompleks jarayondir. Tyutorlik madaniyatini shakllantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining pedagogik mahorati, ijtimoiy va kommuniktiv ko‘nikmalarining rivojlanishi, shuningdek, o‘quvchi bilan ishlashdagi samarali metodologik yondashuvlarni qo‘llashni taqozo qiladi. Mazkur jarayon o‘qituvchining o‘z-o‘zini tahlil qilish va professional rivojlanishini rag‘batlantiradi, natijada o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlar, taʼlimning shaxsiylashtirilgan yondashuvi va o‘quvchilarning taʼlim jarayoniga bo‘lgan motivatsiyasi oshadi. Kalit soʻzlar: tyutor, tyutorlik madaniyati, taʼlim tizimi, metodologik yondashuv, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim, pedagogik innovatsiya. Bugungi kunda taʼlim tizimi global miqyosda jiddiy o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonidan o‘tmoqda. Jamiyatning ilmiy, madaniy va iqtisodiy ehtiyojlari taʼlim tizimiga yangi yondashuvlarni, metodologik yangiliklarni va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, taʼlim tizimining sifatini oshirish, o‘quvchilarga individual yondashuvni taʼminlash, pedagogik jarayonni modernizatsiya qilishda tyutorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi. Tyutorlik — bu o‘quvchilarning o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirish, o‘qish jarayonini mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, ularga shaxsiy yondashuvni qo‘llash orqali taʼlim tizimining samaradorligini oshirishga yordam beradigan bir faoliyat shaklidir. Tyutorlik madaniyati — bu taʼlim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali va izchil muloqot o‘rnatishga yordam beradigan, taʼlimning barcha qatlamlarida professional madaniyatni shakllantirish jarayonidir. O‘qituvchining pedagogik mahorati, uning kasbiy kompetensiyalari, axloqiy me'yorlari va metodik bilimlari tyutorlik madaniyatining asosiy omillarini tashkil qiladi. O‘qituvchining taʼlim jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuvni qo‘llash, o‘quvchilarning ehtiyojlarini va qobiliyatlarini inobatga olish, yangi metodlar va texnologiyalarni tatbiq etish orqali o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shiladi. Tyutorlik madaniyati faqat pedagogning kasbiy faoliyati bilan cheklanmaydi, balki u o‘quvchi bilan pedagogik muloqotda bo‘lish, taʼlim jarayonida faol ishtirok etish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni hal qilish, kreativ va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Taʼlimda tyutorlik madaniyatini shakllantirish jarayoni, o‘z navbatida, o‘qituvchining innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, uning pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdagi mahoratini oshirish, o‘quvchi ehtiyojlariga mos ravishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. 31 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Tyutorlik madaniyatini shakllantirishda metodologik yondashuvlar, pedagogik tizimdagi innovatsiyalar, shaxsiy va jamoaviy o‘rganish jarayonlari ham muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon o‘quvchilarga nafaqat bilimlarni, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchni, mas'uliyatni va o‘z ustida ishlashni o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan samimiy va ishchan munosabat o‘rnatish orqali ularning o‘rganish jarayonidagi qat'iyatliligini oshiradi, shuningdek, individual yondashuv yordamida har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi. Shu bois, tyutorlik madaniyatini shakllantirish jarayoni nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar va taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga, balki taʼlim tizimining o‘zini yangilashga, yangi pedagogik usullarni qo‘llashga, shuningdek, taʼlimning sifatini va o‘quvchilarni rivojlantirishni ta'minlashga yo‘naltirilgan kompleks yondashuvdir. Tyutorlik madaniyatini shakllantirish masalalari ayniqsa pedagogik bilimlarga ega bo‘lgan, yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Tyutorlik madaniyati — bu tyutorning oʻz kasbiga, oʻquvchilarga va taʼlim jarayoniga nisbatan ongli, masʼuliyatli va ilmiy-metodik asoslangan yondashuvi majmuasidir. Bu madaniyat quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:  Kasbiy kompetensiya — bu biror mutaxassisning o‘z ishini samarali va sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlar yig‘indisidir. Pedagogik faoliyatda kasbiy kompetensiya, xususan, tyutorlar uchun, o‘quvchilar bilan ishlashda yuqori darajadagi malaka va metodologik madaniyatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shaxsiy fazilatlar – empatiya, sabr-toqat, muloqotga ochiqlik; Kasbiy kompetensiya tyutorlarning o‘z ishlarini yuqori darajada bajarishi uchun muh

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada taʼlim tizimida tyutorlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati va uning pedagogik jarayonlarda qanday o‘rin tutishi haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada taʼlim tizimida tyutorlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati va uning pedagogik jarayonlarda qanday o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tyutorlik madaniyati, pedagogik innovatsiya., taʼlim tizimi, tyutor, metodologik yondashuv, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники