К содержанию
РецензированоRU2026

FАOLIYATLI YONDАSHUV ORQАLI TALABALARDA IMPERАTIV АLGORITMIK TАFАKKURNI RIVOJLАNTIRISHNING KOMPONENTLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TАFАKKURNINING MAZMUNI (in-academy.uz/index.php/si) · Xushvaqtov Umar Norqobilovich (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yuritilgan, Аlgoritmik faoliyatni oʼzlashtirish, algoritmlarni yaratish va ularni bajarish koʼnikmasini shakllantirish oʼquvchi mustaqil ravishda hal qila oladigan amaliy masalalar sinfini kengaytirish imkonini berishi, algoritmik tillarga oid manbalarning nazariy va amaliy aspektlari atroflicha tahlil qilingan. Kalit soʼzlar. Talabalar, algoritmik tillar, dasturlash asoslari, innovatsiya, fanini oʼqitishdagi oʼziga xos xususiyatlari, yangilanish. Yurtimizda barqaror, samarali va sifatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu yosh bilimli, inteluktual va malakali mutaxassislarini tayyorlashdir. Maqolamizda “Аlgoritmlash” boʼlimini oʼrganishda imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish uchun faoliyatli yondashuvni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida empirik vazialardan foydalanish zarurati asoslangan. Oʼqitish – axborotni idrok etish, eslab qolish va ajratib olishning axborot jarayonlari toʼplamidir. Shu bilan birga, oʼqitishni faoliyatsiz amalga oshirib boʼlmaydi, shuning uchun u “oʼquv xarakterdagi axborotni uzatishga emas, balki kerakli bilimlarni samarali oʼzlashtira oladigan tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan boʼlishi kerak” [1, 306-b]. Oʼquvchi faoliyat koʼrsatuvchi sifatida, oʼqituvchi esa oʼquv jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi sifatida chiqadigan taʼlim yondashuvi pedagogikada tizimli-faoliyatli yondashuv deb ataladi va Davlat taʼlim standartining asosi boʼlib hisoblanadi. Mazkur yondashuv “oʼquvchilarning individual yoshi, psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda .... oʼz-oʼzini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim olishga tayyorlikni shakllantirishni taʼminlash, oʼquvchilarning rivojlanishi uchun ijtimoiy muhitni loyihalash va qurish” maqsadini olgan [3, 153-b]. Davlat taʼlim standartiga muvofiq, imperativ algoritmik tafakkur informatika fanini oʼqitish, shaxsiy va meta-fan oʼqitishning fanga asoslangan natijasi boʼlganligi sababli, pedagogik taʼsir obʼekti boʼlib oʼquvchining shaxsi va uning tafakkuri hisoblanadi. Pedagoglar aynan oʼquvchilarning tafakkuriga taʼsir qilish vositalarini tanlashlari, oʼquv-bilish “faoliyat subʼektining oʼzida oʼzgarishlarga olib keladigan oʼquvchilarning bilim olish va uni qoʼllash usullarini oʼzlashtirishga qaratilgan motivatsiyalangan, maqsadli, mustaqil faoliyatini tashkil etishlari kerak” [6, 481-b]. Mazkur yondashuvga koʼra, oʼquvchi tafakkuri rivojlanishining asosi oʼqitish mazmuni bilan emas, balki uni oʼzlashtirish faoliyati bilan koʼproq bogʼliq va shuning uchun oʼqitishning tashkiliy tarkibiy qismiga bogʼlangan boʼladi. Faoliyat yondashuvining tamoyillari va IАT ni rivojlantirish shartlari 36 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Faoliyatli yondashuv tamoyili Imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish shartlari Faoliyat tamoyili. Bilim aniq shaklda Namuna va murakkabroq konstruktsiyali berilmaydi, uni oʼquvchi oʼzi taʼlim faoliyati algoritmlarni yaratish uchun vazifalardan orqali oladi. foydalanish Yaxlitlik tamoyili. Аtrofdagi voqelikka yaxlit Аlgoritmik mohiyatni nazarda tutish, nuqtai nazarni shakllantirish. algoritmlarni tuzish boʼyicha amaliyotga yoʼnaltirilgan vazifalar. Minimaks tamoyili. Oʼquvchilarga taʼlim Oʼquv jarayonida tabaqalashtirilgan mazmunini ular uchun maksimum darajasida topshiriqlarni qoʼllash egallash va uni ijtimoiy xavfsiz minimum darajasida oʼzlashtirish imkoniyati beriladi. Psixologik qulaylik tamoyili Doʼstona muhit, mental sxemalardan va algoritmlarni norasmiy qayd etishdan foydalanish Variativlik tamoyili. Tanlov vaziyatini Bitta vazifani bajarish uchun bir nechta yaratishvazifani bajarish variativligi. algoritmlarni koʼrib chiqish, optimal algoritmni topish imkoniyatini tushunish. Ijodkorlik tamoyili. Har bir o'quvchiga o'z Nostandart algoritmlarni yaratish. ijodiy ibtidosni namoyon qilish imkoniyatini berish Oʼqitishda faoliyatli yondashuv “inson ruhiyati uning faoliyati bilan uzviy bogʼliqligi va uning faoliyati bilan shartlanganligi haqidagi printsipial qoidaga asoslanadi” [9, 14-b], shuningdek, “oʼquv jarayonining asosiy psixologik shartlari va mexanizmlarini, oʼquvchilarning taʼlim faoliyatining tuzilishini eng toʼliq tavsiflaydi” [8, 200-b]. Quyidagi - jadvalda faoliyatli yondashuv tamoyillari va imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish shartlari oʼrtasidagi muvofiqlik keltirilgan. Tafakkurni, jumladan, algoritmik tafakkurni rivojlantirishning asosiy sharti – faoliyatdir. Faoliyatli yondashuvning mohiyati shaxsning ahamiyatini tan olishdan, bilimlarni mustaqil egallashdan, pedagog tomonidan boshqariladigan birgalikdagi va individual faoliyatdan iborat. IАTni rivojlantirishning samarali usulini ishlab chiqish uchun oʼquvchilarning empirik tajribasiga asoslangan faoliyat kompon

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsiya, Talabalar, fanini oʼqitishdagi oʼziga xos xususiyatlari, algoritmik tillar, dasturlash asoslari, yangilanish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники