К содержанию
РецензированоUZ2026

QON-CHO`PNING KIMYOVIY TARKIBI VA QO`LLANILISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Arzibayeva Dildora Rustamovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan. Kalit so`zlar: qon-cho`p, chelidonium majus, chelidonium asiatcium, xelidonin, sanguinarin saponin, berberin, protopin, flavonoid, so`gal, papilloma, psoriaz. Kirish. Qon-cho`p ( chelidonium ) o`simligi qadimdan xalq tabobatida keng foydalanilgan dorivor o`simliklardan biri hisoblanadi. Uning ikki turi --Chelidonium majus ( katta qon-cho`p) va chelidonium asiaticum ( Osiyo qon-cho`pi) dorivor xususiyatlari va kimyoviy tarkibi jihatidan muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada bu ikki turga oid adabiyotlar sharxi asosida ularning kimyoviy tarkibi ,dorivor xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi tahlil qilinadi. [1] Chelidoium qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda “ qaldirg`och” degan manoni bildiradi. Abu Ali ibn Sino davrida qaldirgochlar bolalarini ko`zlarini shu o`simlik shirasi bilan davolaydi degan fikrlar ham mavjud bo`lgan. [10] Boshqa manbalarda uni “qaldirgoch o`ti” deb ham ataydilar. Chunki qaldirg`ochlar uchib kelganda gullaydi, qaldirg`ochlar qaytishiga uning vegetatsiyasining tugashi to`gri keladi. Balki shu sabablar tyfayli unga shunday nom berilgandir. Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir. [8] 1. Chelidonium majus ( Katta qon-cho`p) Chelidonium majus – ko`p yillik dorivor o`simlik bo`lib, ko`knordoshlar ( Papaveceae) oilasiga mansubdir. O`simlikning barcha qismlarida zaharli alkaloidlar mavjud bo`lib, ular og`riqni qoldirish, yallig`lanishni kamaytirish va infeksiyaga qarshi ta`sir ko`rsatadi. [2] Chelidonium majusning xalq tabobatida ishlatilishi teri kasalliklari, so`gal, eczema va oshqozon –ichak muammolarini davolash bilan bog`liq.[3] 2. Chelidonium asiaticum ( Osiyo qon-cho`pi) Chelidonium asiaticum Sharqiy Osiyo mintaqasida o`suvchi ko`p yillik o`simlikdir. Uning kimyoviy tarkibida alkaloidlar ( chelidonin, sanguinarin, berberin) mavjud. Mahalliy tabobatda teri kasalliklari va ichki organlar muammolarini davolashda qo`llaniladi. Chelidonium asiaticumning tarkibi chelidonium majusdan farq qilishi bilan birga, xususiyatlari ham biroz boshqacha.[4] Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari Har ikki tur alkaloidlar , flavanoidlar va organik kislotalarga boy. Chelidonium majusda chelidonin, homochelidonin, sanguinarin va cheleritin mavjud bo`lib ular antibakterial va yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Chelinonium asaiaticum tarkibidagi alkaloidlar esa antispazmatik va virusga qarshi xususiyatlarga ega.[5] 46 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir. [8] Ushbu o`simliklar xalq tabobatida so`gal, ekzema, teri infeksiyalari oshqozon –ichak kasalliklari va yallig`lanishlarga qarshi ishlatiladi. [6] Qon-cho`p o`simligi qadoq, so`gal, zamburug`, papiloma, psoriaz kabi yaralarni davolaydi hamda yallig`lanishga qarshi, og`riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, xoleretik, diuretic va laksativ ta`sirga ham egadir. Qon-cho`p damlamasi jigar, o`t pufagi va oshqozon-ichak, ich qotishi kasalliklari uchun ham qo`llaniladi. Abu Ali ibn Sinoning “ Tib qonunlari” kitobida ham bir qancha kasalliklarga davo ekanligi yozilgan, jumladan: medaning dam bo`lib quldirashi, bolalarning og`ziga quyiladigan dorilar tarkibiga kirishi,va bir qancha kasalliklarda foydalanilishi haqida yozilgan. [10] Qon-cho`pni suvli ekstraktini rus farmakologi S.O. Chirviniskiy o`rganib terida qo`llashda, tirnash xususiyatini qayd etgan. Alkaloidlarni V.A. Chelobitko va D.A. Muravevoylar o`rgangan. Homochelidonin tomir tortishishni chaqiradigan zaharlar guruhiga kirishi, og`riqlansizlantiruvchi ta`sir qilishi, protopin bachadon muskullariga ta`sir etib asab tizimini reaktivligini pasaytirishni o`rganganlar. Bu o`simlikning foydali xususiystlariga qaramay zaharli tomonlari ham bor. Agar meyordan ortiq qo`llanilsa oshqozon-ichakni kuchli yallig`laydi. Shamolash va tomoq og`rig`ida qon-cho`p damlamasi bilan chayish tavsiya etiladi. Ba`zi tadqiqotlarda qon-cho`p ekstrakti o`sma hujayralarni to`xtatishi aniqlangan.[9] O`simlikning zaharli xususiyatlari tufayli gijjalarga qarshi vosita sifatida qo`llaniladi. Bu ikki tur o`simlikning sharbatini faqat tashqi muolajalarda ishlatish tavsiya etiladi. Ichki foydalanishda o`simlikning qaynatmasi yoki damlamasi mikrodozalarda iste`mol qilinishi lozim. Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari haqidagi ilmiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chelidonium asiatcium, flavonoid, qon-cho`p, chelidonium majus, psoriaz., xelidonin, sanguinarin saponin, berberin, papilloma, protopin, so`gal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники