К содержанию
РецензированоUZ2026

O’RTA OSIYODA ILK SHAHARLAR VA DAVLATLAR SHAKLLANISHINING O’ZIGA XOS TARIXIY JARAYONLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Poyonov Ixtiyor Abdumoʻmin oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 1 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Qadimgi Oʻzbekiston hududida ilk shaharlar paydo boʻlishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida maʼlumotlar beriladi. Shuningdek, antik va oʻrta asrlar davridan boshlab shaharlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida dastlabki qarashlar paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklardagi, yaʼni, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi davrida urbanizatsiya jarayonlari boshlangan. Dastlab protoshahar, ilk shaharlar shakllanib, vaqt oʻtgan sayin jamiyat va shaharlar tuzilishi murakkablashib borgan. Bu jarayonlar asosan, shaharlarning geografik joylashuviga, ixtisoslashuviga, siyosiy maqomiga va aholining toʻplanishi jarayonlariga bogʻliq holda kechgan. Kalit soʻzlar. Shoʻrtoʻqay, Dashtli, Nomozgoʻtepa, Oltintepa, Keleli, Gonur, Toʻgʻoloq, Auchin, Tohirboy–3, Sopolitepa, Jarqoʻton, Janubiy Sugʻd, Markaziy Sugʻd, Kuchuk I, Qizil I, Tilla I, Koʻktepa, Afrosiyob, Erqoʻrgʻon. Kirish boʻlimi. Yuzlab ming yilliklarni oʻz ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki shaharlarning tashkil topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi - nisbatan keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir. Qadimgi Oʻzbekiston hududlarida urbanizatsiya jarayonlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining taʼsirida bronza davrida boshlangan1. Ushbu oʻziga xos urbanizatsiya jarayoni Oʻrta Osiyoning janubi-gʻarbidan boshlanib, shimoli-sharq tomonga siljib, kengayib borgan. Dastlab ilk urbanizatsiya miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida Parfiya, Margʻiyona va Baqtriyada kuzatilgan. Sugʻdning uchta hududida urbanizatsiya jarayoni turli davrlarda sodir boʻlgan. Janubiy Sugʻdda bu jarayon miloddan avvalgi IX-VI asrlarda yuz bergan boʻlsa, Markaziy Sugʻdda miloddan avvalgi VII-V asrlarda, gʻarbiy Sugʻdda miloddan avvalgi IV-III asrlarda yuz bergan. Qadimgi Xorazmda bu jarayon miloddan avvalgi VI-V asrlarga toʻgʻri keladi2. Меtodlar boʻlimi. Miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlari va miloddan avvalgi II ming yilliklardagi Baqtriya va Margʻiyona hududlaridagi rivojlanish “Oks sivilizatsiyasi” deb atalgan. Ushbu sivilizatsiyaga asos solgan aholi bu hududlarga dehqonchilik madaniyatini, boshqaruv tizimi va diniy gʻoyalarini Yaqin Sharqdan olib kelganlar. Bu aholi asosan, daryo va uning irmoqlari boʻylarida joylashib, oddiy sugʻorish tizimi asosida dalalarini sugʻorib dehqonchilik qilganlar. Ular daryo yoqalarida qishloqlar bunyod qilib, istiqomat qilganlar. Qalʼalari kvadrat shaklida boʻlgan, arki xom gʻishtli baland platforma ustiga qurilgan. Davlatchilikning siyosiy boʻgʻini 1 Aсқаров A. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. – Б. 275; Боқийев A., Шайдуллайев A., Йўлдошева З. Окс сивилизацияси. – Тошкент: ЙAНГИ НAШР, 2015. – Б.15. 2 Эшов Б. Урбанизация тизимида илк шаҳарлар. Тошкент. “Зарқалам”, 2005. Б.43 (120). 95 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si hisoblangan ark va ibodatxonalar qurganlar. Tadqiqotchilarning fikricha, ularning boshqaruv organi aholisining nazoratida boʻlgan3. Oks sivilizatsiyasi Qadimgi Baqtriya va Margʻiyona hududlaridagi Shoʻrtoʻqay, Dashtli, Nomozgoʻtepa, Oltintepa, Keleli, Gonur, Toʻgʻoloq, Auchin, Tohirboy–3, Sopolitepa, Jarqoʻton yodgorliklari asosida tadqiq qilingan. Lekin bu yirik shaharlar ilk temir davrida koʻchmanchi chorvadorlar kirib kelgan davrdan soʻng maʼlum bir davrda inqirozga uchraydi. Bu davrda, yaʼni, Oks sivilizatsiyasining soʻngi bosqichida Nomozgoh madaniyatining yakuniy bosqichida qadimgi Baqtriyaga “Naqshinkor rangli sopol” madaniyati sohiblari kirib keladilar. “Naqshinkor rangli sopol” madaniyati miloddan avvalgi X-VIII asrlar davomida Markaziy Osiyo hududida tarqaladi. Uning izlari Jarqoʻton yodgorligining arki hududidan Kuchuk I, Qizil I, Tilla I, Koʻktepa, Afrosiyob, Erqoʻrgʻon kabi yodgorliklardan, umuman Janubiy Oʻzbekiston hududlarida 40 tadan ortiq yodgorliklarida uchratiladi4. Surxon vohasi hududlarida bronza davrida boshlangan urbanizatsiya jarayonlari koʻchmanchi chorvador oriylarning janubga migratsiyasi bilan vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa, urbanizatsiya jarayonining keyingi bosqichi miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda qaytadan tiklanadi. Bu davr moddiy madaniyatida arxeologlar Oks sivilizatsiyasiga xos moddiy madaniyat buyumlarini topishgan, yaʼni bu davrda bronza davridagi madaniy taraqqiyoti yangi koʻrinishda, tub sifat oʻzgarishlari asosida qayta tiklangan5. Fikrimizcha, Qadimgi Baqtriyada soʻngi bronza davrida “Naqshinkor rangli sopol” aholisi kelib oʻrnashgan joylar keyingi davrlarda mustahkam qalʼa – qoʻrgʻonlarga aylantirilgan. Bu ikkinchi urbanizatsiya jarayonlari hisoblanib, bu davrda Shimoliy Baqtriyada Kuchuk II, Bandixon, Gʻozimulla, Qizil II va boshqa yodgorliklar dehqonchilik vohalarining markaziy qalʼalariga aylangan. Sugʻdda esa urbanistik jarayon ilk temir davridan boshlangan. Amudaryoning irmoqlari boʻlgan Zarafshon va Qashqadaryo daryolari boʻylarida yashagan mahalliy sak qabilalari ilk temir davriga kelib, sekin-asta oʻtroq hay

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qadimgi Oʻzbekiston hududida ilk shaharlar paydo boʻlishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida maʼlumotlar beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qadimgi Oʻzbekiston hududida ilk shaharlar paydo boʻlishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi haqida maʼlumotlar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tozabog’yob, Quyi Zarafshon, Ashkaltepa, Quyi Murg’ob, Ko’hitang, Chust, G’ozqal’a, Dalvarzin., Sopollitepa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники