Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODA SHE’RLARIDA UCHRAYDIGAN TURLI BADIIY USLUBLAR
Maxanova Feruza Mamarajabovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda she’rlarida uchraydigan turli badiiy uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning obraz yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. M.Shayxzoda she’rlarida uchraydigan sinonim ishlatilishining badiiy jihatlari xususida ayrim mulohazalar bildirilgan. Kalit so’zlar: sinonimlar, badiiy uslub, lingvopoetik xususiyatlar, polesemantika, leksema, leksek va konteksual sinonimlar. Lingvopoetik yondashuv sinonimlarning badiiy matndagi vazifasini, ularning ma’noviy, stilistik va emotsional xususiyatlarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun, badiiy asarlarni lingvistik tahlil qilishda sinonimlarning rolini hisobga olish juda muhimdir. Turli badiiy uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning obraz yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, sinonimlarning ma’noviy va stilistik xususiyatlarini kompyuter korpuslarini tahlil qilish orqali o‘rganish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu she’rda hofizning shaxsiy sifatlarini yanada aniqlik kiritish va obrazning tasvirini yaqqolroq namoyon qilish uchun “shahid bo‘lmoq” birikmasi keltirilgan bo‘lib, bejizga tanlanmagan. Avvalo, misralarda hofizning vatanparvar, jonkuyar, mard va jasur ekanligini tasvirlash “fonida” shahid leksemasi aynan mos tushadi. Sababai shahid leksemasi “SHAHID [a. - urushda o‘lgan, o‘ldirilgan; aziyat chekuvchi] 1 Din yoki mazhab yo‘lida va b. ayrim (hadislarda belgilangan) holatlarda halok bo‘lgan shaxs. \Salohiddin:\ Jangda o‘lgan – shahid... buni musulmonlarga aytish kerak. N.Safarov, Sharq tongi. Tirik bo‘lsalar, g‘oziy bo‘lib kelarlar, agar tangrining buyrug‘i bilan ajallari yetgan bo‘lsa, shahid bo‘larlar. S.Ayniy, Qullar. 2 Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam. Shahid do‘stlari abadiy makonda bemalol yotishlari uchun \Bektemir\ chuqumi keng qazishga urindi. Oybek, Quyosh qoraymas”. Misrada hofizga nisbatan qo‘llangan shahid “vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam” ma’nosida qo‘llangan. E’tibor berilsa, huriyat, shahid, ko‘mmoq, jasad, savash, o‘q, mardonavor so‘zlari mazmuniy maydonni shakllantirgan. Bu esa hofiz obrazining mard inson ekanligiga ishoratdir. Keyingi misralarda hofiz obrazining yangi qirralari bo‘yoqdor sinonimlar bilan namoyon bo‘ladi. Chah-chahlardan ko‘p ulug‘ mazmun tuyuldi, U qaynoq tovushlardan ma’no quyildi: – Meni bulbul turqida ko‘rgan insonlar. Meni bulbul sanamang, tirik insonlar. Men bir vaqti bo‘lgandim mashhur mug‘anniy, Suhbatim ashulali, labim – o‘lanli. 54 Maqsud Shayxzodaning so‘zni tanlay olishi, ayniqsa, o‘sha so‘zning sinonimlarini vaziatga mos holda qo‘llay olishi she’rlarining jonli chiqishiga hamda obraz xartakterini tasvirlashga asos bo‘ladi. “Suhbatim ashulali” birikmasi orqali shoirning hofizning quyidagi xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Bu yerda suhbat ashulaga o‘xshatiladi. Ashula esa, odatda, zavqli, yoqimli, ba’zan esa mayus va hasratli bo‘lishi mumkin. Demak, shoirning suhbati ham shunday xususiyatlarga ega. Suhbatda quvonch, baxt yoki qayg‘u, hasrat aks etishi mumkin. Ashulaning ohangi, ruhiyati suhbatga o‘xshatilgan. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da “ashula va qo‘shiq” sinonim sifatida berilgan bo‘lib, quyidagi ta’rifga ega. “Kuyga solingan, kuy bilan ijro qilinadigan she’r. Qo‘shiq xalq tomonidan yaratilgan va kuyga solingan ashulalarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda ashula, qo‘shiq so‘zlarining biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llayverish mumkin bo‘lsa-da, ayrim birikmalar doirasida ulardan biri ishlatiladi”. Demak, bu yerda suhbatim qo‘shiqli emas, vazn, matn va uslub talabi bilan, qolaversa, pragmatik ma’no yuzasidan qo‘llanadi. “Labim – o‘lanli” birikmasida esa quyidagi ma’nolarni tushunish mumkin. Masalan, “o‘lan” so‘zi omonim bo‘lib, uning bir nechta ma’nolari bor. “O‘LAN I ayn. o‘t II. Ko‘m-ko‘k o‘lanlar va ulaming orasidan ilonizi bo‘lib, quyoshning nurida kumush tasmaday yarqirab turgan ariq va ariqchalar ko‘rinib turadi. A.Qahhor, Sarob. O‘LAN II Xalq og‘zaki ijodida, odatda to‘y, gap-gashtak va sh.k. da ijro etiladigan ashula, qo‘shiq. O‘lan aytmoq. – Qora-qora qo‘zilar Qo‘yni boshlar, yor-yor. Qalam qoshli yangalar O‘lan boshlar, yor-yor. M.Alaviya” Bu yerda “o‘lan” so‘zining “yashillik, o‘t” ma’nosi suhbat so‘zi bilan sintagmatik ma’noga kirishmaydi, ya’ni mazmun anglashilmaydi. Shu boisdan suhbat so‘zi “xalq og‘zaki ijodida, odatda to‘y, gap-gashtak va sh.k. da ijro etiladigan ashula, qo‘shiq” ma’nosi bilan qo‘llanganda shoirning suhbati zavqli, go‘zal, yoshlik davrining jo‘shqinligi bildiradi, xalq xizmati bilan doimo birga ekanligidan darak beradi. Uning so‘zlari ashuladek yoqimli, labi esa go‘zal va jo‘shqin so‘z va o‘lanlarga boy ekanligini anglatadi. Lekin, “o‘lan” so‘zining boshqa ma’nolarini ham inobatga olib, boshqacha talqinlar ham berish mumkin. Masalan, “o‘lan” s
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda she’rlarida uchraydigan turli badiiy uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning obraz yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash xususiyatlari haqida fi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Maqsud Shayxzoda she’rlarida uchraydigan turli badiiy uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning obraz yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash xususiyatlari haqida fi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy uslub, lingvopoetik xususiyatlar, leksek va konteksual sinonimlar., polesemantika, sinonimlar, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026