Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QISH DARSLARIDA SO‘ZLARNING MA’NO VA SHAKL MUNOSABATLARIGA KO‘RA TURLARINI O‘RGANISH
KO‘RA TURLARINI O‘RGANISH · Turdiyeva Shohsanam Mahamadali qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlash va ma’nodosh so‘zlar guruhlarini o‘rganish yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Ma’nodosh so‘zlar, shakliy ma’no,ma’no munosabat ma’nodosh so‘zlar guruhlari. Tilimizda ayrim so‘zlar o‘zlariga xos xususiyatlariga ko‘ra ma’noviy, shakliy, ma’no jihatdan o‘xshash yoki zidlanishni bildiradi. SHunga ko‘ra ular shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli va paronim so‘zlar kabi guruhlarga bo‘linadi. So‘z ustida ishlash jarayoni murakkab va ko‘pqirrali. SHunga erishish lozimki, o‘quvchi yangi va notanish so‘zga e’tiborsiz bo‘lmasin. Uning ma’nosini anglashga harakat qiladigan bo‘lsin. Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash usullari. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlashda ma’nodosh so‘zlar guruhlari o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’nodosh so‘zlar tilimizning leksik boyligi. Undan qancha o‘rinli foydalanilsa, fikrni ravon, go‘zal ifodalash imkoniyatlari shuncha kengayadi, so‘zdan to‘g‘ri va samarali foydalanish malakalari shakllanadi. Og‘zaki hamda yozma nutqni ma’nodosh so‘zlar bilan boyitishda quyidagi leksik ma’no guruhlariga ajratish usullaridan foydalanish mumkin. 1-topshiriq. Istamoq, kengashmoq, so‘ramoq, salomlashmoq, xohlamoq, maslahatlashmoq, fikrlashmoq, orzu qilmoq, sog‘inmoq, ko‘rishmoq, omonlashmoq, ahdlashmoq, salom-alik qilmoq kabi ma’nodosh so‘zlarni leksik ma’no guruhlariga ajrating: - istamoq, xohlamoq, orzu qilmoq, sog‘inmoq; - maslahatlashmoq, kengashmoq, fikrlashmoq, ahdlashmoq; - salomlashmoq, so‘rashmoq, ko‘rishmoq, omonlashmoq, salom-alik qilmoq... 2-topshiriq. Ma’nodosh so‘zlarni ma’lum bir belgining oshib yoki kamayib borishi (so‘zning ma’no darajalari) bo‘yicha tartib bilan joylashtiring: - hujra, xona, kulba, uy, koshona, saroy, qasr, qal’a; - tuzuk, durust, yaxshi, ajoyib, a’lo... YOshlarni mustaqil fikrlashga, leksik ma’no belgilarini farqlashga yo‘naltiradigan bunday topshiriqlarni bajarish gapda so‘zning o‘rnini aniqlashni osonlashtiradi, sharoitga mos ravishda foydalanish imkoniyatni yaratadi. 3-topshiriq. Berilgan so‘zlarga leksik ma’nosi yaqin so‘zlardan qator hosil qiling: gulzor, gumon, sezgi... Ularni ma’no darajalanishiga qarab joylashtiring: gulzor, gulbog‘, guliston, gulshan, chaman, chamanzor, bog‘-u bo‘ston va h.k. Har bir so‘zga namunadagidek qatorlar hosil qilingach, so‘zlarning oshib borayotgan ma’no ko‘lami quyidagicha tasnif qilinadi: - «gulzor» so‘zining ma’no darajasi (ko‘lami)dan torroq, chunki «gulzor» deganda, gul ekilgan joy ma’nosi anglashilsa, gulbog‘ deganda, gul va manzarali bo‘talar ekilgan joy tushuniladi. «Gulbog‘» so‘zida ma’no kengayishi hodisasi ko‘rinadi; 58 - «guliston» so‘zining ma’no ko‘lami gulzor va gulbargdan ko‘ra kengroq, ya’ni unda gullar vatani (diyori, mamlakati) ma’nosi bor. Lekin mazkur so‘z umumiste’moldagi so‘z bo‘lib, gulistonda chaman so‘zida anglashiladigan badiiy bo‘yoqdorlik ko‘rinmaydi. SHuning uchun guliston so‘zi gulshan, chaman so‘zlaridan pastroqda turadi. 4-topshiriq. Gapdagi ma’lum bir so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtiring. Namuna: O‘zbekistonimiz (Respublikamiz, yurtimiz, o‘lkamiz, diyorimiz, mamlakatimiz...) kun sayin chiroyli (ko‘rkam, obod, go‘zal, suluv...) bo‘lib bormoqda. 5-topshiriq. Berilgan gap yo matnda ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so‘zlar topib, ularni o‘zgartiring. ...Kulgi-yu tabassum Ollohning insonga bergan betakror marhamitidirki, bu hislat na hayvonot dunyosida, na paranda-yu darandalarda uchraydi. Inson qiyofasidagi shodmonlik belgisi faqat insongagina xos. Kulgi-yu tabassum bebaho gavhardir, inson qalbining yuzdagi in’ikosidir, u yurak sog‘inchlarini izhor etib turadi»... (Mirmuhsin) - Matndagi yangi yoki sizga tanish bo‘lmagan so‘zni belgilang, uning ma’nosini izohlang. - Matnda ajratilgan o‘z va ko‘chma ma’nodagi so‘zlarning uyadosh va ma’nodoshlarini toping. - Ma’nodosh so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan ma’noni belgilang. - Ma’nodosh so‘zlarning ma’no nozikliklarini aniqlang. - Ulardan foydalanib, matn yarating. o‘quvchilarning bu sohadagi bilim va malakalarini kengaytirishda qator usullardan foydalanish mumkin: - Ma’nodosh (sinonim) so‘zlar qatorini tuzing. Bunda darslikdagi muayyan mashqda berilgan so‘zga o‘quvchilar ma’nodosh sinonim so‘z izlashadi. Bunday mashq materiali sifatida adabiyot darsligiga murojaat etish mumkin. Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashning shakl va usullari ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ularning eng keng tarqalganlarini eslatish joiz. Bunday amaliy ishlar nutqni ma’nodosh va uyadosh so‘zlar bilan boyitishda muhim o‘rin egallaydi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Yusuprov M. Yoshlarning boshlang`ich sinf o`qish darslarining o`ziga xos xususiyatlari. Toshkent. “O`qituvchi”, 1992 yil 2. Yusupov M. O`qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent, “O`qituvchi”, 1990 yil. 3. Qosimova Q. Boshlang`ich sinflada ona tili o`qitish metodikasi. Toshkent. “O`qituvchi” , 1995 yil 59
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlash va ma’nodosh so‘zlar guruhlarini o‘rganish yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari ustida ishlash va ma’nodosh so‘zlar guruhlarini o‘rganish yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shakliy ma’no, Ma’nodosh so‘zlar, ma’no munosabat ma’nodosh so‘zlar guruhlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026