Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ESKI O’ZBEK YOZUVIDAGI HARF NOMLARINING LEKSIK TIZIM TARKIBIDAGI O’RNI
TARKIBIDAGI O’RNI · Sharipova Mavlyuda Boymuratovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В статье анализируется одна из семантических групп имен существительных в лексической системе узбекского языка – существительные, обозначающие графические знаки (графонимы) и группа из них – наименования букв, то есть буквонимы, на примере букв алиф, лом, мим узбекско-арабского алфавита, указываются их лексические, семантические и функциональные свойства, определяется их место в языковой системе. Ключевые слова: Узбекский, язык, лексикон, слово, лексема, лексическая система, графоним, графическая форма, буквоним, узбекско-арабский алфавит, номема, фонема, семема, форма, фраза. O’zbek tilshunosligida leksikani sistema sifatida o’rganish, asosan, o’tgan asrning 60 – yillarida boshlandi. O’tgan davr mobaynida qator ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Natijada shaxs otlari (antroponim), zoonimlar (hayvonlarni atovchi so’zlar), fitonimlar (o’simliklarni atovchi otlar), makon otlari, payt otlari, rnitonimlar (qush nomlari), meva nomlari, ot, sifat, va fe’llarning o’nlab lug’aviy – ma’noviy guruhlari tadqiqotchilar tomonidan tahlil etildi. Bu ishlarda lug’aviy ma’no guruhlari tarkibidagi leksemalarning o’zaro munosabatiga katta e’tibor berildi. Alohida ta’kidlash o’rinliki, o’zbek tili leksik tizimidagi otlarning ma’noviy guruhlaridan biri – grafik belgilarni ifodalovchi otlar (grafonimlar) va ularning bir guruhchasi bo’lgan harf nomlari – literonimlar shu vaqtgacha maxsus tadqiq manbai bo’lgan emas. Vaholanki, literonimlar har tomonlama tadqiq va tavsifni talab etuvchi va alohida bir lug’aviy – ma’noviy guruhga ajratilishi mumkin bo’lgan so’zlar – turdosh, muayyan (konkret) yakka otlarning o’ziga xos bir ichki guruhidir. Harf nomlari ya’ni literonimlar tilshunos va adabiyotshunoslar diqqatini azal – azaldan o’ziga tortib kelgan, u bilan bog’liq xilma – xil iboralar yaratilgan chunonchi, lotincha Alpha to omega, ruscha от Алфы до Омеги, от А до Я kabilar), ular ishtirokida so’zlar yasalgan ( chunonchi: ozbekcha alifbo, alifbe; ruscha alfavit, azbuka; yunoncha alphabetos; inglizcha alphabet; fransuzcha alphabet kabilar) bo’lsada, harf nomlari til leksik tizimining o’ziga xos birligi – leksema sifatida uning leksik, semantik va funksional xususiyatlari maxsus tadqiq etilmagan. Vaholanki, yozuvga ega barcha tillar alfavitida harflarning nomi degan bo’lim mavjud va bu bo’limda harflarning grafik shakli hamda ularni ifodalaydigan tovush nomlari 70 keltirilgan. O’zbek xalqi VIII-XX asrlarda foydalangan arab alifbosidagi harflar ham o’z nomiga ega bo’lgan. Ma’lumki, og’zaki nutqda harflar nomlari bilan ataladi. Yozma nutqda esa harf nomi yozilmaydi, uning shakli yoziladi. Harf nomi leksema sanalishi mumkinmi? Bu savolga “ha” deb javob berish mumkin. Chunki alifbolarning barchasida harfning nomi, uning grafik ko’rinishi va u ifodalaydigan tovush (fonema) alohida -alohida bo’limlarda berilgan. Harfning so’z bilan ifodalangan alohida nomi mavjudligi lisoniy tizimda ularni leksema sifatida belgilashni taqozo etadi. Harf nomlari alohida ya’ni mustaqil leksema sifatida belgilanar ekan, ularning leksik – semantik xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Mazkur masalani o’zbek – arab alifbosidagi harflarning nomlari misolida aniqlashga harakat qilamiz. Bizga ma’lumki, so’z (leksema)ga qo’yiladigan talablar qo’yidagilardan iborat: a)leksema o’ziga xos shakl va nomemaga ega bo’lishi lozim; b) leksema o’ziga xos ma’no (semema)ga ega bo’lishi kerak; g) leksemaning nomemasi fonemalarning barqaror butunligi shakliga ega bo’lishi shart; e) nomema ma’lum bir semema bilan ijtimoiy muhitda shartli bog’lanishda bo’lishi lozim; g) nomema bilan bog’liq bo’lgan semema so’zlovchi va tinglovchi ongida ma’lum bir tushuncha bilan bog’langan bo’lishi va tushuncha borliqda ma’lum bir narsa voqea – hodisa (denotata, signifikat, referensiya atalmish bilan bog’langan bo’lishi kerak [Qarang: 2,32]. Umuman olganda, til birligi sifatida so’zga (leksemaga) qo’yiladigan asosiy talablar mana shulardan iborat. Leksemaga qo’yiladigan talablarni dastlab alif leksemasi misolida ko’rib o’tamiz: Alif literonimi nomemasi barqaror bo’lib, u ikkinchi bug’indagi unlisi urg’uli bo’lgan a,l,i,f tovushlarining barqaror butunligidan iborat. Undagi tovushlarni ixtiyoriy ravishda o’zgartirish va buzish – uni aluf, olif, anif deb ixtiyoriy ravishda o’zgartirish mumkin emas, aks holda, bu nomema so’zlovchilar uchun tushunarsiz bo’lib qoladi. Alif nomemasi o’zbek tili leksemalarining nomemalari uchun xos bo’lgan barcha qonuniyatlarga bo’ysunadi. Chunonchi, so’z oxirida (auslautda) kelgan f portlovchi p ga o’tishi mumkin.( M.Mirtojievning “ Hozirgi o’zbek tili” asarida alifni alif, alip, tarzida ifodalanishi qayd etilgan). [Qarang:2-5] Ma’lumki, o’zbek tilining o’z so’zlarida f sirg’aluvchi undoshi yo’q. U arab-eroniy tillardan olingan va ruscha baynalmilal so’zlarda uchraydi. Mazkur undosh tovush pastki labning tepa kurak tishlariga yaqinlashuvi orqali ular oralig’idan havoning kuchli bosimi bilan sizib chiqishi natijasida hosil bo’ladigan jarangsiz sirg’al
Доказательный фрагмент
«В статье анализируется одна из семантических групп имен существительных в лексической системе узбекского языка – существительные, обозначающие графические знаки (графонимы) и группа из них – наименования букв, то есть…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируется одна из семантических групп имен существительных в лексической системе узбекского языка – существительные, обозначающие графические знаки (графонимы) и группа из них – наименования букв, то есть… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Узбекский, язык, лексикон, слово, лексема, лексическая система, semema, fonema, o’zbek – arab alifbosi, til, ibora., grafik shakl literonim, leksik tizim, shakl, so’z, nomema, grafonim, leksika, leksema, o’zbek
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025