Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUG‘ORISH TARTIBLARINI LOVIYA ILDIZINING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
Otayarova Gulshoda Uzakovna · Ravshanova Nilufar Adilovna · Boltayeva Mehribon O’tkurovna (Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri) · Pardayeva Sevinch Sharofjon qizi (Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri) · Mamatova Mashhura Mirzaek qizi (Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2 · 2026
Аннотация
In the article. The root formation of irrigation systems in the conditions of irrigated meadow-gray soils of the Samarkand region has been studied. It was found that the root system of the plant was formed directly on the basis of the characteristic of the variety, and the differences were significant due to the influence of irrigation procedures. Due to the fact that the soil moisture (irrigation procedures) was the same during the periods of germination and branching, there was no sharp difference between the varieties and varieties. However, it was noticed that the Mahsuldar variety was slightly superior to the Rawat variety. Key words: common bean, variety, irrigation methods, root system. Kirish. Loviya donining tarkibida almashib bo‘lmaydigan va odam organizimiga juda kerakli aminokislotalar-lizin, triptofan, metionin, treonin, valin, fenilalanin, leysin, izoleysin bor. SHuning uchun loviyani almashtirib bo‘lmaydigan konsentrat deyishadi. Loviya donining tarkibidagi oqsil juda yaxshi hazm bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha go‘sht va baliq oqsiliga yaqin (86-90 %). Uning doni tarkibida temir moddasi 2,8, fosfor-2,6, kaliy-3,3, magniy-4,5, kalsiy-15 barobar go‘sht tarkibidagidan ko‘proq. Yashil dukkaklarida 2 % qand, shuningdek 100 g massasida 22 mg vitamin saqlanadi. [5,6] Loviya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Loviyaning bunday ishlatilishi donning 74 sifatiga bog‘liq. Loviya parhez taomlar tayyorlashda, ayniqsa qandli diabet kasalligiga chalingan kishilar uchun foydali taom hisoblanadi. Ko‘p ma’lumotlarga ko‘ra, donining tarkibida 22,3 % oqsil, 54,5 % uglevodlar, 1,7 % yog‘, 3,9 % kletchatka, - 3,6 % kul moddalar mavjud. Energiya qiymati ham yuqori–100 gramm urug‘da 309 kkal (1293 kDj) saqlanadi [3,4]. O‘simliklarning ildizi muhim organ hisoblanib, o‘simlikni tutib turish bilan birgalikda, suv va unda erigan oziqa moddalarni o‘zlashtirib, ularni o‘simlikning yer ustki qismiga o‘tkazishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, dukkakli va dukkakli-don ekinlarining ildiz tizimi o‘zida tuganak bakteriyalarni hosil qilish, ular bilan simbioz faoliyatni shakllantirishi natijasida tuproqni biologik azot bilan boyitadi [1,2]. Ishlov berishdan keying davrda ildizlarning qayta o‘sishi tuproqni o‘ta namiqishining o‘sishga salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun muhim omil hisoblanadi [Imaz va boshq., 2015, 100-106-b.]. Material va uslublar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, dala tajribalari 2018-2020 yillarda Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida oddiy loviya yetishtirishda sug‘orish tartiblarini ildiz shakllantirishiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘simlikning ildiz tizimi bevosita navga xos xususiyat asosida shakllanib, sug‘orish tartiblari ta’sirida farqlar sazilarli darajada bo‘lganligi aniqlandi. Unib chiqish, shoxlanish davrlarida tuproq namligi (sug‘orish tartiblari) bir xil bo‘lganligi bois variantlararo va navlararo keskin farq kuzatilmadi. Ammo, ta’kidlash zarurki, Mahsuldor navida Ravot navidagiga qaraganda biroz ustunlik sezilarli bo‘ldi. O‘simliklarning ildiz tizimi gullash fazasidan boshlab sezilarli darajada farqlandi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibida Ravot navi o‘simliklari ildiz massasi 3,04 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, Mahsuldor navida 3,80 s/ga yoki Ravot navidagiga qaraganda 0,76 s/ga yuqori bo‘lganligi qayd etildi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % sug‘orish tartibida Ravot navi o‘simliklari lidiz massasi 3,54 s/ga, Mahsuldor navida esa 4,16 s/ga ni tashkil etib, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibidagiga qaraganda navlarga mos ravishda 0,50 va 0,36 s/ga ko‘p ildiz massas hosil qilganligi hisobga olindi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60 % sug‘orish tartibida Ravot navida o‘simliklari ildiz massasi 3,74 s/ga, Mahsuldor navida 4,31 s/ga ni tashkil etib, tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibidagi o‘simliklar ildiz massasiga qaraganda navlarga mos ravishda 0,70 va 0,51 s/ga, 70-70-60 % sug‘orish tartibidagi o‘simlilkarga qaraganda esa 0,20 va 0,15 s/ga ko‘p massa hosil qilganligi qayd etildi. O‘simliklarning ildiz tizimi dukkaklash fazasida variantlar bo‘yicha 4,59-6,26 s/ga ni tashkil etib, har ikkala navda ham eng ko‘p ildiz massa hosil qilgan o‘simlilkar, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60 % sug‘orish tartibida bo‘lganligi aniqlandi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibida o‘simliklarning ildiz massasi Ravot navida 4,59 s/ga bo‘lgan bo‘lsa, Mahsuldor navida 5,35 s/ga ni tashkil etib, Ravot navidagidan 0,74 s/ga ko‘p bo‘lganligi hisobga olindi. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-70-60 % sug‘orish tartibida o‘simliklarning ildiz massasi Ravot navida 5,37 s/ga, Mahsuldor navida 5,84 s/ga yoki 70-60-60 % (nazorat) sug‘orish tartibida
Доказательный фрагмент
«In the article. The root formation of irrigation systems in the conditions of irrigated meadow-gray soils of the Samarkand region has been studied. It was found that the root system of the plant was formed directly on…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article. The root formation of irrigation systems in the conditions of irrigated meadow-gray soils of the Samarkand region has been studied. It was found that the root system of the plant was formed directly on… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- common bean, variety, irrigation methods, root system, sug‘orish tartiblari, ildiz tizimi., nav, oddiy loviya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026