Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISSIQXONA KASALLIKLARINING BODRING GETEROZIS DURAGAYLARINING HOSILDORLIGI VA MAXSULOT SIFATIGA TAʼSIRI
X.K. Bekmuradova (Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti. Samarqand.)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Istemolchilar tomonidan sabzavot maxsulotlarining sifati va qiymatiga yuqori talablar qoʼyiladi. Bu esa, nafaqat yuqori hosildor balki maxsulot sifati aʼlo darajada boʼlgan, shu sharoitda sabzavot ekinlarining kasalliklarga chidamli, oziqa va texnologik sifatlari yuqori boʼlgan, shu bilan birga tashqi muxitning noqulay sharoitlariga ekologik jixatdan keng doirada moslasha oladigan nav va duragaylarni yaratish va yetishtirish muximligini koʼrsatmoqda, xamda raqobatni avj olishiga olib kelmoqda. Yuqorida koʼrsatilgan vazifalarni bajarish esa axolining sabzavot ekinlariga boʼlgan talabini qondirishda muxim axamiyatga ega. Oʼtkazilgan tadqiqotlar yetishtiriladigan nav va duragaylarning maxsulot sifatiga yetishtirish texnologiyasi va issiqxona mikroiqlimi xam katta taʼsir koʼrsatishini, olingan natijalar yetishtirish sharoitiga mos, xamda kasalliklar bilan eng kam zararlangan nav va duragaylardan yuqori va sifatli hosil olish imkoni borligini, bunday duragaylar qatoriga Kuraj F , Djuliya F va Asker F duragaylarini qoʼshish mumkinligini tasdiqladi. 1 1 1 Kalit soʼzlar. Sabzavotchilik, yopiq grunt, hosildorlik, nav, duragay, yetishtirish sharoiti. Kirish. Bodring yopiq gruntda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlaridan biri boʼlib hisoblanadi. Bodring organizmda ovqat xazm qilishni normallashtiradigan, ayniqsa oqsil va mineral moddalarni oʼzlashtirishni yaxshilaydigan katta miqdorda vitaminlarga, organik kislota tuzlariga va boshqa moddalarga boy. Yopiq gruntda bodring yetishtirish yuqori va stabil hosil olish imkonini beradi, lekin yopiq gruntda bodring yetishtirishning issiqxonada mikroiqlimni yaratish bilan bogʼliq boʼlgan qiyinchiliklari mavjud. Shu bilan birga, yetishtiriladigan nav va duragaylarning maxsulot sifatiga yetishtirish texnologiyasi va issiqxona mikroiqlimi xam katta taʼsir koʼrsatadi. Bodringni himoyalangan gruntda yetishtirganda yetishtirish muddati, texnologiyasi (mineral oʼgʼitlar meʼyori, ekish sxemasi, sugʼorish meʼyorlari, shakl berish xillari va x.k.), issiqxona sharoiti (xavo va tuproq namligi, xarorati, yorugʼlik) hosil miqdori va maxsulot sifatini belgilovchi asosiy omil boʼlib hisoblanadi. Himoyalangan grunt mikroiqlimining oʼziga hosligi (xavo va tuproq namligining oshib ketishi, xaroratning keskin oʼzgarishi va x.k.) kasalliklarning koʼpayishi va tarqalishi uchun qulay muxitni yaratadi. Bundan tashqari, issiqxonada bodring yetishtirganda oʼsimlikni vegetatsiya davrining qaysi fazasida qanday oziq elementiga talabchanligi kuchli ekanligini bilish muxim. Chunki, oʼsuv davri davomida oziq elementlarining yetishmasligi xam turli kasalliklarni kelib chiqishiga olib keladi. Bu esa oʼz navbatida hosildorlik va mahsulot sifatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Tadqiqotlarning maqsad va vazifalari. Samarqand viloyati sharoitida yopiq gruntda yetishtirish uchun mos bodring duragaylarini tanlash va bodring seleksiyasida muxit va genotip taʼsirini oʼrganish tadqiqotlarning maqsadi boʼlib hisoblanadi. Tajribalarimiz qishgi – baxorgi ekish muddatida olib borildi va tajribalarni oʼtkazish mobaynida fenologik kuzatishlar, biometrik oʼlchovlar, maxsulot sifati, kasalliklarga chidamlilik va hosildorlikni hisoblash boʼyicha baxolash ishlari olib borildi. 78 Tadqiqotlarni oʼtkazish uslubi. Rossiyaning urugʼchilik firmalaridan olib kelingan va tajribalarda tanlab olingan Kuraj F , Blyuz F , Asker F , Avrora F , Dluliya F , Media F , Effekt F 1 1 1 1 1 1 1 geterozis duragaylarini yuqorida keltirilgan koʼrsatkichlar boʼyicha baxolandi. Nazorat sifatida respublikamizda yetishtirish uchun davlat reyestriga kiritilgan Alanga F duragayi olindi. 1 Fenologik kuzatishlar, biometrik oʼlchovlar va hosildorlikni aniqlash «Metodicheskim rekomendatsiyam po provedeniyu opыtov s ovoщnыmi kulьturami v soorujeniyax zaщiщennogo grunta» metodikasi boʼyicha aniqlandi. Tajribamizda yopiq gruntda yetishtiriladigan bodring duragaylarining zamburugʼ kasalliklaridan peronosporoz, askaxitoz va fuzarioz kasalliklari bilan zararlanish darajasini vizual usulda baxolandi. Olingan natijalar va ularning taxlili. boʼyicha olib borayotgan tadqiqotlarimizda issiqxonada yetishtirish sharoitining bodring nav va duragaylarining hosildorligi va maxsulot sifatiga taʼsirini xam o‘rgandik. Duragay oʼsimliklarining zamburugʼ kasaliklari bilan zararlanish darajasini aniqlash natijalari shuni koʼrsatdiki, askaxitoz va perenosporoz kasalligi bilan oʼsimliklar kop‘roq zararlandi. Tajribalarda oʼrganilgan duragaylar ichida askaxitoz va perenosporoz kasalligi bilan zararlanish ko‘proq meva tugish davriga to‘g‘ri keldi. Asker F duragayida gullash davrining 1 boshlanishida kasalliklar bilan zararlanish kuzatilmadi. Lekin meva tugish davrida askaxitoz bilan zararlanish 3,8% ni tashkil qilib, o‘rganilgan duragaylar ichida eng kasallanish kuzatildi. Kuraj F duragayi faqat askaxitoz bilan zararlanib, umumiy zararlanish xar ikki rivojlanish 1 davrida 17,4 foizni tashkil qildi. Meva tugish davrida perenosporoz bilan eng ko‘p zararlangan duragaylardan Blyuz F (22,5
Доказательный фрагмент
«Istemolchilar tomonidan sabzavot maxsulotlarining sifati va qiymatiga yuqori talablar qoʼyiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIstemolchilar tomonidan sabzavot maxsulotlarining sifati va qiymatiga yuqori talablar qoʼyiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sabzavotchilik, nav, yopiq grunt, yetishtirish sharoiti., hosildorlik, duragay
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025