К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEKISTON TOGʻLARIDA TARQALGAN JUNIPERUS L. TURKUMINING BOTANIK TAVSIFI, TURLARI VA AHAMIYATI

Mashrabova Munisabonu

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This scientific work explores the species of the genus Juniperus L. that grow in the mountainous regions of Uzbekistan. It includes their morphological and ecological descriptions, distribution, and significance in the national economy. Special attention is given to their role in preventing soil erosion, air purification, and medicinal uses. Keywords: juniper, Juniperus, botanical description, flora of Uzbekistan, endemic species, medicinal plants, mountain ecosystems, ecological importance. Juniperus L. – archa turkumi – Cupressaceae (archadoshlar) oilasiga mansub doimiy yashil buta va daraxtsimon o‘simliklar turkumidir. Barglari ignasimon yoki tangachasimon shaklga ega, rangi yashil yoki kulrang-yashil. Ko‘pincha ikki uyli, ya’ni erkak va urg‘ochi gulchalari alohida o‘simliklarda bo‘ladi. Mevalari – ko‘knori (galbule) shaklida bo‘lib, 1–3 urug‘dan iborat, to‘liq yetilishi uchun 2–3 yil talab qilinadi. Juniperus turlari kuchli ildiz tizimiga ega bo‘lib, toshloq, quruq, nisbatan kam unumdor yerlarda ham o‘sishga moslashgan. 227 Aprel, 2025-Yil Oʻzbekistonda uchraydigan turlari O‘zbekiston tog‘lari – Pomir-Olay, G‘arbiy Tyan-Shan tizmalari – Juniperus turkumining bir nechta yovvoyi holda o‘suvchi tabiiy turlarining vatani hisoblanadi: 1. Juniperus seravschanica – Zarafshon archasi Zarafshon, Turkiston va Hisor tog‘larida tarqalgan. 1000–2700 m balandliklarda o‘sadi. Qattiq yog‘in-sochin va sovuqqa chidamli. Barglari tangachasimon. O‘rmon fondida muhim o‘rin tutadi. 2. Juniperus turkestanica – Turkiston archasi Pomir-Olay tizmasi tog‘ yonbag‘irlarida uchraydi. Erta bahorda changlanadi. Eroziyaga qarshi kurashuvchi kuchli ildiz tizimiga ega. 3. Juniperus semiglobosa – Yarimsharsimon archa Hisor tog‘ tizmasida, 2000–3200 m balandliklarda o‘sadi. Ignasimon barglari bor, sovuqqa chidamli. Tabiiy tog‘ landshaftlarining muhim komponenti hisoblanadi. Ahamiyati Archa o‘simliklari tog‘li hududlarda tuproq eroziyasining oldini oladi, tuproq qatlamini mustahkamlaydi.Barglari orqali changni tutib qoladi, kislorod ishlab chiqaradi, havoni tozalaydi.Archaning xoʻjalikdagi ahamiyati katta: yogʻochi meʼmorlikda, oʻymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Ayrim turlari xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Qubbalaridan efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar olinadi. Shuningdek, qubbasining damlamasi tabobatda siydik haydovchi, balgʻam koʻchiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Oʻrta Osiyoda oʻsuvchi turlardan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qoʻllanadi. Ekologik xususiyatlari O‘zbekiston tog‘larida o‘suvchi Juniperus L. turkumiga mansub archa turlarining ekologik moslashuvchanligi juda yuqori bo‘lib, ular asosan quruq, toshloq, sho‘r va iqlimi keskin hududlarda uchraydi. Archa turlari yuqori harorat farqlari, sovuq qish va qurg‘oqchilikka moslashgan. Ular 700–3200 metr balandlikdagi tog‘ mintaqalarida yashay oladi. Ayrim turlari – 30 °C gacha sovuqqa bardosh bera oladi.Archa turlari kam unumdor, ohaktoshli, qumoq va sho‘r tuproqlarda ham o‘sishga qodir. Ularning ildiz tizimi chuqur va keng tarqalgan bo‘lib, qiyaliklarda tuproq qatlamini tutib turadi.Archa o‘rmonlari tog‘ ekotizimlarining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Ular boshqa o‘simlik va hayvonlar uchun yashash joyi va oziqa bazasi sifatida xizmat qiladi. Archa ostida o‘sadigan soyabop o‘simliklar uchun mikroiqlim shakllantiradi. 228 Aprel, 2025-Yil Xulosa O‘zbekistonning tog‘li hududlarida tarqalgan Juniperus L. turkumiga mansub archa turlari mamlakatimiz florasining noyob va ekologik muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ularning morfologik moslashuvchanligi, ekologik chidamliligi va iqlimiy barqarorlikni ta'minlashdagi roli beqiyosdir. Ayniqsa, archa turlarining eroziyaga qarshi kurashda, havoni tozalashda, tuproq unumdorligini saqlashda hamda dorivor va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati yuqori baholanishi lozim. Mazkur turlar nafaqat O‘zbekiston tabiiy boyligi, balki Markaziy Osiyo mintaqasida muhim biogeografik resurs hisoblanadi. Shu sababli archa o‘rmonlarini muhofaza qilish, tabiiy yashash muhitini saqlab qolish va ularni barqaror rivojlantirish ekologik barqarorlikni ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tojibaev K.Sh. (2020). O‘zbekiston florasining konspekti (1-kitob). – Toshkent: “Akademnashr”. – 540 bet. 2. Beshko N.Yu., Tojibaev K.Sh., Karimov F. (2019). O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. O‘simliklar. 2-jild. – Toshkent: “Chinor ENK”. – 312 bet. 3. Turg‘unov O.T., Egamberdiyev X.I. (2016). O‘rmon ekologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. – 168 bet. 4. Junipers of the world. 229

Доказательный фрагмент

«This scientific work explores the species of the genus Juniperus L.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific work explores the species of the genus Juniperus L. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
juniper, Juniperus, botanical description, flora of Uzbekistan, endemic species, tog‘ ekotizimi, O‘zbekiston florasi, archa, dorivor o‘simliklar, endemik turlar, ekologik ahamiyat, botanik tavsifi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники