Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ASOSIY QONUN TARAQQIYOTI: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING KECHAGI VA BUGUNGI QIYOFASI
Isroilov Dilshodjon Dilmurotovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article first answers the questions "What is the Constitution?" and "Why is it needed?" Then, the historical stages of the development of the Constitution of the Republic of Uzbekistan are discussed, followed by an analysis of the main changes in the new version of the Constitution that came into force on May 1, 2023. The article explores the content of the initial Constitution, adopted on December 8, 1992, the changes made to it, and its role in the development of society. Additionally, the article examines the political, social, and legal reforms in the new version of the Constitution, such as human rights, governance, the judicial system, and ecological norms. The article highlights the importance of the Constitution as a legal document that evolves in line with the modern needs of society. Keywords: main law, hierarchy, constitution, presidential powers, new version, referendum. KIRISH: Konstitutsiya — bu davlat uchun qoidalar kitobidir hamda u nomativ-huquqiy hujjatlar irarxiyasida eng yuqori o‘rinda turadi. Shuningdek u davlatni boshqarishda asosiy tamoyillarni belgilaydi, davlatning asosiy institutlarini tasvirlaydi va bu institutlar o‘rtasidagi munosabatlarni namoyon qiladi (masalan, ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar). Konstitutsiya hokimiyatni amalga oshirishga cheklovlar qo‘yadi va fuqarolarning huquq va vazifalarini o‘rnatadi. Ko‘pgina mamlakatlarda qoidalar kitobi yagona hujjatga kodifikatsiya qilingan, bu esa kodifikatsiya qilingan (yoki yozma) konstitutsiya deb ataladi. Kodifikatsiya qilingan konstitutsiyalar odatda inqilobdan so‘ng yaratiladi (1787-yilgi Amerika konstitutsiyasi yoki 1791- yilgi Fransiya konstitutsiyasi); yoki urushda to‘liq mag‘lubiyatdan keyin (Germaniya va Yaponiya urushdan keyingi konstitutsiyalari); ba’zi hollarda avvalgi hukumat tizimining legimitimligi to‘liq qulaganidan so‘ngra (apartheyddan keyingi Janubiy Afrika yoki sobiq Sovet Ittifoqidan keyingi Rossiya); bundan tashqari mustaqillikka erishish natijasida (sobiq Britaniya imperiyasining barcha mamlakatlari). Kodifikatsiya qilingan konstitutsiyalar asosiy, yuqori huquqni o‘z ichiga oladi va oddiy qonunlardan ko‘ra o‘zgartirish uchun qiyinroqdir va u qattiq konstitutsiya deb ham ataladi. Konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar odatda qonun chiqaruvchi organlarda super-ko‘pchilikning tasdiqlashini, yoki referendumni, yoki ba’zan ikkisini ham o‘z ichiga oladi. 180 Aprel, 2025-Yil Masalan, Yaponiya konstitutsiyasini o‘zgartirish uchun Dietning ikkala palatasida uchdan ikki ko‘pchilikning tasdiqlashi va keyin ommaviy referendumda oddiy ko‘pchilikning rozi bo‘lishi kerak.2 AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirish odatda Kongressning ikkala palatasida ikki uchdan bir ovoz olishni, so‘ngra barcha shtatlarning qonun chiqaruvchi organlarining to‘rtdan uchining (50 dan 34 tasi) tasdiqlashini talab qiladi.3 Konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar shuningdek, sudlar tomonidan konstitutsiyaviy matnni talqin qilish yoki qayta talqin qilish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Konstitutsiyani o‘zgartirish uchun yuqori darajadagi talablar sababli, ba'zi mamlakatlarda (masalan, AQShda) sud qarorlari konstitutsiyani yangilashda rasmiy o‘zgartirish jarayonidan ham muhim bo‘lishi mumkin.4 Qisqa qilib aytganda, agar huquq tizimini bir piramida sifatida tasavvur qilsak, Konstitutsiya shu piramidaning cho‘qqisida turadi hamda boshqa barcha yuridik normalar, qarorlar, farmonlar, kodekslar va qonunlar uchun huquqiy asos bo‘lish jihati bilan o‘zining oliy yuridik kuchini namoyon etadi. Barcha jamoalar uchun umumiy va doimiy konstitutsiya yaratish imkonsiz, har bir avlod o'z konstitutsiyasini yaratish huquqiga ega.5 ASOSIY QISM: 2023-yil 30-apreldagi referendumga qadar … : Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan. Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan. 2 Wikipedia. Constitution of Japan. https://en.wikipedia.org/wiki/Constitution_of_Japan#:~:text=Amendments%20to%20the%20constitution%20require, world's%20oldest%20un%2Damended%20constitution. (12. 04. 2025) 3 National Conference of State Legislatures. Amending the U.S. Constitution. https://www.ncsl.org/about-state- legislatures/amending-the-us-constitution (12. 04. 2025) 4 Supreme court of the United States. The Court and Constitutional Interp
Доказательный фрагмент
«This article first answers the questions "What is the Constitution?" and "Why is it needed?" Then, the historical stages of the development of the Constitution of the Republic of Uzbekistan are discussed, followed by…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article first answers the questions "What is the Constitution?" and "Why is it needed?" Then, the historical stages of the development of the Constitution of the Republic of Uzbekistan are discussed, followed by… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- main law, hierarchy, constitution, presidential powers, new version, referendum, konstitutsiya, yangi tahrir, irarxiya, asosiy qonun, prezident vakolatlari, referendum.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025