Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QIZAMIQ KASALLIGI
QIZAMIQ KASALLIGI · Sadullayeva Zulayho Alisherovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article cites information on measles, its etymology, disease clinic, transmission routes, its symptoms, and treatment, which are common in many people. Keywords: Measles, etymology, simptrom, viruses, pigmentation period, diagnosis, treatment. БОЛЕЗНЬ КОРЬ Аннотация. В статье представлена информация о кори — заболевании, поражающем многих людей, его этимологии, клинических проявлениях, путях передачи, симптомах и методах лечения. Ключевые слова: Корь, этимология, симптомы, вирусы, период пигментации, диагностика, лечение. Qizamiq - havo tomchi yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallik bo’lib, umumiy zaharlanish tana haroratining ko’tarilishi, konyuktivit, Nafas yo’llari yallig’lanishi, Terida o’ziga xos bosqichma-bosqich, dog’li papulyoz toshmalar toshishi bilan harakterlanadi. Qizamiq kasalligining etiologiyasi: Qizamiq virusi –paramiksoviruslar oilasiga mansub, tashqi muxitga chidamsiz, odam organizmidan tashqarida tez halok bo’ladi. Qizamiq kasalligining klinikasi 4 ta davrdan iborat: Inkubatsion davri o’rtacha – 9-11 kundan iborat. Emlangan yoki qizamiqqa qarshi immunoglobulin olganlarda ushbu davr 21 kungacha cho’zilishi mumkin. Boshqalarda eng uzoq davri 17 kunga teng. Ushbu davrni eng qisqa vaqti 7 kunga teng. 8 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kataral davr – 3-4 kun davom etadi, 5-7 kungacha cho’zilishi mumkin yoki qisqarishi ham mumkin. Toshma davri – 3-4 kun davom etadi. Pigmentatsiya davri – 2 -4 xaftagacha yoki undan uzoqroq ham davom etishi mumkin. Prodromal davr: 3-5 kungacha kataral belgilar bilan harakterlanadi: konyuktivit, rinit, yo’tal, yuqori harorat38°С, og’iz shilliq qavat giperemiyasi, tomoq giperemiyasi, lunjlar giperemiyasi. Kataral davri: Ushbu davr asosan utkir boshlanib kasallarda tana xaroratining 38 - 39°C gacha ko’tarilishi, kataral belgilar paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Burundan quyuq shilliqli so’ng (2 lamchi infeksiya qo’shilsa) shilliq-yiringli ajralmalar ajraladi, ovozi bo’g’iladi. Kasallik boshida quruq yo’tal kuzatiladi, krup sindromi paydo bo’lishi mumkin. 8 80 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yorug’likka qaray olmaslik (ko’z achishishi), ko’zdan yosh kelishi, ko’z tomirlari in’eksiyasi va kon’yunktivaning qizarishi, qovoqlarning shishishi kuzatiladi. Yuqish yo’llari: Kasallik havo-tomchi yo’li orqali yuqadi Qizamiq bilan mavsumiy ravishda — okytabrdan aprel oyigacha kasallanish — odamlar bu mavsumda ko’proq yopiq xonalarda to’planib o’tirishlari bilan bog’liq. Bolalarning infektsiyalanishi ko’pincha bog’chalarda sodir bo’ladi. Umumiy ravishda kasallangan bemor atrofdagilar uchun 7-10 kun davomida xavfli sanaladi. Vaktsina olmagan kishilar bemor bilan yaqin aloqada bo’lishda infektsiyalanish ehtimoli deyarli 100% ni tashkil etadi. Qo’zga’tuvchi shuningdek havo yo’llari orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin, masalan, zinapoyalar, ko’p qavatli uylarda shamollatish shaxtlari orqali va hokazo. Qizamiqqa xos simptom: 1. Belskiy-Filatov-Koplik dog’i. 2. Yumshoq va qattiq tanglayda enantema. Qizamiqda shilliq qavatlar holati: Toshma toshish davri Toshma davri kasallikning 4-5-kunidan boshlanadi. Bemor terisiga makulo-papulez toshma etapli toshadi. Toshma davrida tana harorati yuqori 39-40ºSgacha ko’tariladi, kataral simptomlar kuchayadi. Bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, bezovtalanish, alaxlash, uyquchanlik, burundan qon ketishi kuzatilishi mumkin. Bemorning tashqi qiyofasi xarakterli – yuzi kerkkan (qovoqlari, lablari, burni shishgan), ko’zlari qizargan, burnidan ko’p miqdorda shilliq ajraladi. 8 81 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Pigmentatsiya davri: Pigmentatsiya davri kasallikning 6-7-kunidan boshlanadi. Qizamiq toshmasining rangi so’nib, qoramtir jigar rang tusiga kiradi. Toshma etapli qay tartibda paydo bo’lgan bo’lsa shu tartibda so’nib boradi. Toshma ko’p toshgan joylarda kepaksimon qipiqlanish kuzatiladi. Tana xarorati asta-sekin tushadi. Kataral simptomlar asta-sekin kamayib, yo’qoladi. Umumiy ahvoli yaxshilanadi. Pigmentatsiya davrida asteniya va anergiya holati uzoq vaqt saqlanib turadi. Kattalarda qizamiqning kechish xususiyatlari: Kasallik o’rta og’ir va og’ir shakllarda kechadi. Kuchli intoksikatsiya bilan kechadi. Yo’tal, kon’yunktivit kuchli rivojlangan bo’ladi. Toshma toshish davri 4-5 kungacha uzayadi, toshmalar yirik, ko’p miqdorda kuzatiladi. Asoratlar kam uchraydi. Tashxislash. Laboratoriya diagnostikasida virusologik va serologik usullar qo’llaniladi: Virologik usulda o’rganish uchun material buruh-halqum surtmasi, ko’z ajralmalari, peshob sanaladi. Biologik materialda virus mavjudligini aniqlash uchun immunoflyuorestsent, faza-kontrast va flyuorestsent mikroskopiya
Доказательный фрагмент
«This article cites information on measles, its etymology, disease clinic, transmission routes, its symptoms, and treatment, which are common in many people.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article cites information on measles, its etymology, disease clinic, transmission routes, its symptoms, and treatment, which are common in many people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Measles, etymology, simptrom, viruses, pigmentation period, diagnosis, Pigmentatsiya davri, Qizamiq, viruslar, tashxis, davolash., etimologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025