К содержанию
РецензированоUZ2025

1920-1930-YILLARDA SURXON VOHASIDA O‘QITUVCHI KADRLAR TAYYORLASH VA SAVODSIZLIKNI TUGATISH MUAMMOLARI

Tillayeva Shohsanam Odil qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the educational reforms implemented by the Soviet government in the 1920s and 1930s in the Surkhandarya region, focusing on teacher training, the introduction of a new education system, and the eradication of illiteracy. The article 7 52 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ examines the role of pedagogical institutes, professional development courses, and the "End Illiteracy" society in training teachers and teaching them new pedagogical methods. The activities of educators such as A. Khodjamberdiev and A. Khidoyatov are highlighted. The article provides a detailed overview of the important reforms aimed at eradicating illiteracy, providing knowledge to students, and developing the educational system in society. Keywords: Eradication of illiteracy, pedagogical institutes, professional development courses, A. Khodjamberdiev, A. Khidoyatov, "End Illiteracy" society. XX asrning boshlariga kelib ko’p miqdorda rus-tuzim maktablarining tashkil etilishi, katta yoshli aholi orasida savodsizlikni tugatish yuzasidan avj oldirilgan ishlar, ko’plab maktablar hamda savodsizlikni tugatish kurslarining ochilishi malakali kadrlarga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Sovet hokimiyatining bosh gʻoyasi, qattiq mafkuraviy nazoratni oʻrnatish va olib borayotgan siyosatni mustahkamlashda umumiy boshlangʻich taʼlimni joriy etish, savodsizlikni tugatish kabi islohotlar turardi. Buning uchun vohada yangi sovet maktablari oʻqituvchilarga muhtoj boʻlsa–da, lekin ular eski usul maktablari muallimlaridan foydalanmadi, chunki dushman koʻzi bilan qaraldi, yaʼni endi u maktablar biz uchun begona, ular eskilik sarqitlari deb baholandi va shu gʻoyaga ishontirish uchun oʻz siyosiy ishlarini olib bordilar. Bu esa o’z navbatida vohada milliy pedagogik kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish vazifasini yuzaga keltirdi. Shu maqsadda okrugda qisqa muddatli o’qituvchilar tayyorlash kurslari ochila boshladi. Masalan 1926-yil Termiz shahrida o’n oylik pedagogik kurs tashkil qilindi. 1927- 1928-o’quv yilida bu kursni 50 nafar tinglovchi tamomladi va bitiruvchilardan 43 nafari qishloq joylardagi maktablarga safarbar qilindi. J.Amirxonov, A.Xo’jamberdiyev, A,Xidoyatov, E.Pardayev, D.Mirzayev va shu kabi ko’pgina yoshlar ana shu qisqa muddatli kurslarni tamomlab chiqdilar va vohada yetishib chiqqan qaldirg’och o’qituvchilar sifatida faoliyat boshladilar. 1928-yilga kelib bu pedagogika kursi maxsus o’rta bilim yurtiga aylantirildi. [1.B.121]. Shuningdek, 1927 yilda "O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha" qaror qabul qilindi, bu qaror asosida viloyatda yangi pedagogik institutlar hamda kurslar ochilib, ko‘plab yangi o‘qituvchilar tayyorlandi. Boysunda oʻqituvchi-mutaxassislar tayyorlash boʻyicha 1932- yilda 6 oylik taʼlim tarbiya kursi ochilib, 105 nafar oʻqituvchi tayyorlandi. 1933-yilda 70 kishi, 1934-yilda 20 kishi muallimlikni bitirdi. Bundan tashqari, yozgi taʼtil vaqtida bu muallimlar pedagogika texnikum va institutlarda malaka oshirishga yuborildi. 1930-yillarda tojik millatiga 7 53 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mansub bolalar uchun 15 ta oʻquv xonasi, 15 ta bolalar maydonchasida tojik tili oʻquv kurslari tashkil etilib, adabiyotlar va muallimlar bilan taʼminlandi. 1934-yilda 243 bola maktablarga jalb etilib, shundan 231 tasi kolxoz aʼzolarini bolalari va 12 tasi yakka xoʻjaliklarning bolalaridan iborat edi. [2.B.166-167]. 1920-1930-yillar oralig’ida sovet hukumatining ta’lim sohasida, savodsizlikni tugatish bo’yicha amalga oshirgan chora tadbirlarini ko’rib chiqamiz. 1. Sovet Hukumatining Ta'lim Siyosati Sovet hukumatining ta'lim sohasidagi siyosati asosan savodsizlikni tugatish va o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan edi. 1920-yillarning boshlarida Sovet hukumati ta'lim tizimida tub islohotlar o‘tkazdi. Bu jarayonda o‘qituvchilarni tayyorlash uchun yangi kurslar va ta'lim muassasalari tashkil etildi, shuningdek, ta'lim tizimi davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi. 1920 yilda "Savodsizlikni tugatish bo‘yicha" qaror qabul qilindi, bu qaror Surxondaryo viloyatida ham amaliyotga kiritildi. 1930 yilda "O‘qituvchilarni malaka oshirishga doir qaror" esa o‘qituvchilarning bilim darajasini oshirishga va yangi pedagogik metodlarni o‘rganishga imkon yaratdi. 2. Savodsizlikni Tugatish Savodsizlikni tugatish Sovet hukumati siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri edi. Shuning uchun birinchi navbatda 1920-yil 17-sentabr kuni TAASR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to’g’risida dekret qabul qilindi. Unga ko’ra, 8 yoshdan 40-yoshgacha bo’lgan barcha fuqarolar o’qish va yozishni o’rganishi shart qilib belgilandi. 1924-yilning boshida esa ,,Bitsin savodsizlik!” jamiyati vujudga keldi. Uning tarkibini o’qituvchilar va talabalar tashkil qilgan. Savodsizlikni tugatish bo’yicha ushbu jamiyat tomonidan da

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the educational reforms implemented by the Soviet government in the 1920s and 1930s in the Surkhandarya region, focusing on teacher training, the introduction of a new education system, and the e…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the educational reforms implemented by the Soviet government in the 1920s and 1930s in the Surkhandarya region, focusing on teacher training, the introduction of a new education system, and the e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Eradication of illiteracy, pedagogical institutes, professional development courses, Bitsin savodsizlik” jamiyati, A, Xidoyatov, malaka oshirish kurslari, pedagogik institutlar, A.Xo’jamberdiyev, Savodsizlikni tugatish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники