К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI KENG JORIY ETISHNING MUHIM OMILLARI

ETISHNING MUHIM OMILLARI · Isoqjanov Furqat Qodirjon o‘g‘li

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish jarayoni faol olib borilmoqda. Elektron darsliklar, masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanish, maktablarda zamonaviy texnologik vositalarning qo‘llanilishi o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqmoqda.. Kalit so‘zlar. Fin ta’lim tizimi, PISA, PIRLS, innovatsion metodlar, interaktiv uslub, ilmiy hamkorlik, modernizatsiya, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, islohotlar,Ta’lim va fan tizimini rivojlantirish strategiyasi, milliy ta’lim siyosati. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning boshlang‘ich ta’lim sohasida bir qator muhim natijalar va yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi, boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Mustaqillikdan keyin, ta’lim tizimining sifatini oshirish, uning mazmunini zamonaviy talablar va global standartlarga moslashtirish maqsadida o‘quv dasturlari yangilandi. Bu o‘zgarishlar boshlang‘ich ta’lim darajasidagi o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qildi. Oʻzbekistonda boshlangʻich taʼlim tizimining rivojlanishi va natijalari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bu jarayon yillar davomida taʼlim siyosatining uzluksiz isloh qilinishi bilan belgilandi. Oʻzbekistonning taʼlim tizimi mustaqillikdan keyin jahon taʼlim standartlariga moslashish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish va ilmiy-innovatsion yondashuvlarni joriy etish kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Mustaqillikdan keyingi davrda boshlangʻich taʼlim sifatini oshirish, pedagogik metodlarni takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 1997-yilda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" boshlangʻich taʼlim sifatini oshirishning strategik asosi sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturlar asosida taʼlimning bosqichma-bosqich isloh qilinishi, zamonaviy darsliklar yaratilishi va oʻquvchilarning aqliy, ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan metodikalar joriy etildi. Shu bilan birga, boshlangʻich taʼlim tizimida yangi fanlar va darsliklar ishlab chiqildi, ularda ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida taʼlim berish imkoniyatlari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish va uni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘un holda rivojlantirish strategiyasi milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllandi. Bu jarayon jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasida sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, raqamli transformatsiya jarayonining jadal kechishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining globallashuvi hamda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarning ortib borishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish jarayoni 2017-yildan boshlab yanada faollashib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks 37 mexanizmlarning ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi bilan tavsiflandi. O‘zbekiston tarixining modernizatsiya davri kontekstida olib qaralganda, bu jarayon mustaqil davlatning intellektual salohiyatini oshirish, ma’rifiy jamiyatni shakllantirish va ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi strategik yondashuvining bevosita mahsuli sifatida namoyon bo‘ldi. Boshlang‘ich ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshirildi. Dastlab, elektron darsliklar yaratilib, ularning mazmuni zamonaviy pedagogik tamoyillar asosida takomillashtirildi. An’anaviy o‘qitish usullaridan farqli o‘laroq, raqamli vositalarga asoslangan ta’lim materiallari o‘quvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularga mavhum tushunchalarni aniq va vizual ko‘rinishda yetkazish, shuningdek, o‘quv jarayonini yanada interfaol va samarali tashkil qilish imkonini berdi. Shu bilan birga, multimedia texnologiyalari, virtual laboratoriyalar, onlayn platformalar va sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim jarayoniga integratsiya qilinib, o‘qitishning adaptiv mexanizmlari ishlab chiqildi. Bu o‘z navbatida har bir o‘quvchining individual o‘zlashtirish darajasiga mos ta’lim berish imkoniyatini yaratib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olish jarayonini moslashuvchan va personalizatsiyalangan shaklga keltirishga xizmat qildi. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishning muhim omillaridan biri sifatida o‘quv jarayonida gamifikatsiya tamoyillarining qo‘llanilishi alohida ahamiyat kasb etdi. Ta’limni o‘yinga asoslangan usullarga yo‘naltirish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasi orttirilib, ular o‘z bilimlarini mustaqil ravishda mustahkamlashga intilishdi. Bunday yondashuvning samaradorligi shundaki, u o‘quvchilarni faol o‘rganish jarayoniga jalb etish, ularning e’tibori

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish jarayoni faol olib borilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish jarayoni faol olib borilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fin ta’lim tizimi, PIRLS, PISA, ilmiy hamkorlik, Ta’lim va fan tizimini rivojlantirish strategiyasi, islohotlar, milliy ta’lim siyosati., Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, innovatsion metodlar, modernizatsiya, interaktiv uslub
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники