К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA VOKAL VA JAMOA BO’LIB KUYLASH MALAKALARI MAZMUNI VA MOHIYATI

Rahmonova O.F. · Ilmiy rahbar: Haqqulov Sh.

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Bugungi kunda musiqa tarbiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalar oʻquvchi-yoshlarda barcha musiqiy qobiliyatlarini oʻstirish, ijodiy intilishga ragʻbatlantirish, hayotga ongli va ijodiy munosatda boʻlish hususiyatlarini tarbiyalashni takozo etadi. Shu sababli bolalar bogʻchasidan, umumtaʻlim maktablarida 1- sinfdan boshlab bolalarda eng avvalo musiqaga qiziqish uygʻotish, vokal va jamoa bo’lib kuylash malakalarini shakillantirish, milliy xalq qoʻshiqlarini oʻrgatish, musiqa asarlari tilini tushunish, musiqa asarlarini ongli idrok etish, unda emotsional, badiiy zavq olishga oʻrgatish eng dolzarb vazifalardan qilib qoʻyildi. Mazkur maqola bolalar musiqa va san’ at maktablarida vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini mazmun va mohiyati haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘z: musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash, ovoz kuchi, diapazoni, vokal, jamoa bo‘lib kuylash, xor, repertuar. Musiqa madaniy hayotimizda keng oʻrin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan sanʻat turidir. Har bir insonni maʻnaviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani koʻplab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida oʻrin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri boʻlib, insonni atrofdagi goʻzal narsalarni toʻgʻri idrok etishga va qadrlashga oʻrgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli taʻsir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy gʻoyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga maʻnaviy ozuqa beradi. Tarbiyalash deganda har tomonlama yetuk, oʻzida ahloqiy poklik, maʻnaviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida musiqa sanʻati yetakchi oʻrinda turadi. Hozirgi kunda musiqa sanʻatni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni maʻnaviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi. U bolani ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yoʻlida asosiy poydevor boʻlib hizmat qiladi. Shunday ekan umumtaʻlim maktablarining boshlangʻich sinflarida vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirishning asosiy maqsadi – oʻquvchilarga musiqa sanʻatini goʻzallik qonunlari asosida oʻrganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlangʻich sinflarda musiqa madaniyati darslari umumiy taʻlimning axloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi boʻlib hisoblanadi. Shunga koʻra 1-sinfdan boshlab darslarni izchil, tizimli va ilmiy asosda tashkil etilishi oʻquvchi-yoshlarni taʻlimning keyingi boʻgʻinlariga maʻlum tayyorgarlik bilan borishlarini taʻminlaydi. Darslarni toʻgʻri tashkil etishning pedagogik, metodik jihatlarini unutmagan holda quyi sinflarda vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirish musiqa taʻlimi va tarbiyasini tashkil etilishida oʻquvchilarning yosh xususiyatlari bilan bogʻliq psixologik va fiziologik 82 imkoniyatlari va xususiyatlarini hisobga olib ish tutish lozim boʻladi. Oʻquvchilarni avvalo musiqa sanʻatiga, vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirishga musiqa darslariga qiziqtira olish, qiziqishlarini shakllantira olishga asosiy diqqat-eʻtibor qaratiladi. Bu oʻrinda kichik yoshdagi oʻquvchilarining diqqatini turgʻun boʻlmasligi, yaʻni oʻquvchilar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez oʻtuvchi, oʻzgaruvchan boʻlishligini hisobga olish kerak. Shuningdek bolalarni musiqiy dunyoqarashi, musiqiy idroki, ularning ovoz imkoniyatlari, ovoz kuchi, diapazoni kabilar bevosita fiziologik rivojlanish bilan bogʻliq murakkab jarayonga asoslanishini unutmaslik kerak. Oʻquvchilarga jamoa boʻlib qoʻshiq kuylash chogʻida vokal-xor malaklari ustida ish olib borganda bu jihatlarni doimiy ravishda eʻtiborda tutish shartdir. Oʻquvchilarni xotirasi yaxshi rivojlanmagan, ovoz apparatlari toʻla shakllanmaganligi sababli ovoz pardalari nozik, kuchsiz boʻladi. Shu bilan birga ular serharakat, oʻyinga moyil, taqlidchan boʻladilar. Oʻquvchilar oʻrganishi, tinglashi uchun repertuar tanlashda musiqaviy asarlar ana shu xususiyatlarni nazarga olgan holda mazmuni va mavzusi jihatdan xilma-xil boʻlmogʻi lozim. Bu oʻrinda musiqa oʻqituvchisi har bir darsga puxta tayyorgarlik koʻrmogʻi, ijodiy yondashmogʻi shart. Boshlangʻich sinflarda musiqa taʻlim va tarbiyaisni muvaffaqiyatli tashkil etlishi koʻproq dars faoliyatlarini oʻz oʻrnida tez-tez almashtirishni taqazo etadi. Chunki, musiqa darslarning besh asosiy faoliyat turlaridan musiqaga mos harakatlar bajarish va bolalar cholgʻu asboblarida joʻr boʻlish, vokal va jamoa bo‘lib kuylash malakalarini shakillantirish kabi faoliyatlar darslarni qiziqarli va mazmunli oʻtishini taʻminlaydi. Maktablarda musiqa oʻqitishning asosiy maqsadi oʻquvchilarda musiqa madaniyatini shak- llantirish kulami

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda musiqa tarbiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalar oʻquvchi-yoshlarda barcha musiqiy qobiliyatlarini oʻstirish, ijodiy intilishga ragʻbatlantirish, hayotga ongli va ijodiy munosatda boʻlish hususiyatlarini tarb…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda musiqa tarbiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalar oʻquvchi-yoshlarda barcha musiqiy qobiliyatlarini oʻstirish, ijodiy intilishga ragʻbatlantirish, hayotga ongli va ijodiy munosatda boʻlish hususiyatlarini tarb… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
musiqiy dunyoqarash, repertuar., ovoz kuchi, diapazoni, vokal, xor, jamoa bo‘lib kuylash, musiqiy idrok
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники