Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZARGARLIK TERMINLARINING TEMATIK TASNIFI
Pardayeva Izzat Xolbo‘tayevna · O‘razov Alisher Doniyorovich
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 36-46 · 2026
Аннотация
Maqolada o‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlarning ishlatilishi va ularning nomlanishi haqida fikr yuritilgan. Zargarlik zeb – ziynat buyumlari milliy – badiiy madaniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, u xalqning olis o‘tmishdagi olis maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Zargarlik ziynat buyumlari hunar egalarining mahoratidan ma’lum iqtisodiy va ijtimoiy shart – sharoitlardan, ma’dan va toshlarga ishlov berish texnikasidan hikoya qiladi. Zargarlar yasagan buyumlar ular yashagan davr san’atining uslubiy xususiyatlarini o‘zlarida namayon etadi. Shunindek, zargarlik zeb – ziynat buyumlarining hayotdagi ijtimoiy – iqtisodiy o‘rni ham anchagina sezilarli. Insonning jamiyatdagi mavqeini ham ko‘pincha uning qimmatbaho zargarlik buyumlari borligiga qarab belgilaganlar. Taqinchoqlar kishilar yoshidagi farqni va oilaviy ahvolini belgilash uchun xizmat qilib, ularning nasl – nasabidan nishona berib turuvchi xususiyatga ega bo‘lgan. Boz ustiga, qimmatbaho matolardan yohud ular aralashmasidan tayyorlangan taqinchoqlar kishilar salomatligini bir me’yorda saqlab turish uchun ham xizmat qilgan. Nihoyat, ularning nafosat borasidagi fazilatlaridan so‘zlaydigan bo‘lsak, u zargarlarning yurak qo‘ri bilan yaratilgan mukammal asar bo‘lib, u yoki bu davrda yashagan xalqlarning badiiy nafosat haqidagi tushunchalarini o‘zida aks ettirgan. Demak, mazkur san’at misolida odamlarning ham moddiy, ham nafosat olami, ham ilohiy qudrat haqidagi tasavvurlarining bir – biri bilan uzviy ravishda chirmashib ketgani ko‘rinadi. Mana shu asnoda o‘zbek tilida qadimdan zargarlik buyumlarining jamini ifodalovchi terminologik tizim tarkib topib kelgan. Davr, fan va texnika, ishlab chiqarish, madaniy – maishiy hayotdagi o‘zgarishlar taqozosi bilan mazkur terminologik tizim hamisha boyib keldi. Mehnat jarayonida yuzaga kelgan va ijtimoiy hodisalardan sanalgan til kishilik turmushini har taraflama va keng suratda o‘zida aks ettirdi. Kasb– hunarga oid terminlar o‘sha xalqning ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jamoaning o‘zaro aloqasi, fikr almashishi natijasida yuzaga kelgan. Kasb–hunar leksikasining bir tarmog‘i bo‘lgan zargarlik terminlari ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Muzeylarda saqlanayotgan va hozirgi kunda turli joylardan topilgan qadimiy zargarlik ziynat buyumlari namunalarining tuzilishi, badiiy naqsh kompozitsiyasining xilma – xilligi, ularni yasashda ishlatiladigan mehnat qurollari – bularning barchasi ularning maxsus terminlar bilan atalganligi, birinchidan, zargarlik zeb – ziynat buyumlarining, ularni yasovchi zargarlar san’atining tarixiy taraqqiyotini yoritishga yordam bersa, ikkinchidan, zargarlik buyumlarining uzoq davrlardan beri qo‘llanib kelinayotganligini tasdiqlaydi. Jamiyatdagi barcha voqea – hodisalar, narsa – predmetlar bir – biridan farq qilishi yoki bir – biriga o‘xshashligi bilan ajralib turadi va shunga muvofiq ravishda ularning har qaysisi ma’lum bir guruhni tashkil qiladi. Huddi shunday guruhlarga ajratish tilga ham tadbiq qilingan. Lingvistik 94 nuqtai nazardan qaraganda, har bir sohaga oid terminlar ma’lum guruhlarga birlashib tilning terminologik tizimlaridan birini tashkil etadi. O‘z navbatida, bu tizim muayyan guruhlardan, boshqacha aytganda, tematik guruhlardan iborat bo‘ladi. Inson mehnat faoliyati bilan aloqador bo‘lgan har qanday kasb o‘tmishda ham, hozir ham o‘z terminologiyasini yaratgan va yaratib keladi. Umumiste’moldagi istalgan so‘z kasb – kor, soha doirasida maxsus ma’noga ega bo‘lishi, termin ma’nosini anglatishi, termin vazifasini bajarish mumkin. Chunonchi, uzuk, bilaguzuk, zirak umumiste’molda oddiy so‘z, ammo zargarlar tilida termindir. Shunga ko‘ra, o‘zbek tili leksikasining eng qadimiy qatlamlaridan bo‘lmish (inson o‘zini go‘zal qilib ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan) zargarlik terminlari, ya’ni zargarlik zeb-ziynat buyumlari, ularning qismlari, asbob-uskunalari va nihoyat, ularni yasaydigan, sayqal beradigan kasb-kor egalari terminlarini tematik jihatdan guruhlarga ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iborat: I. Zargarlik zeb – ziynat buyumlari nomlarini ifodalovchi terminlar; II. Zargarlik zeb – ziynat buyumlari naqshlari nomlarini ifodalovchi terminlar; III. Zargarlik zeb – ziynat buyumlar qismlarini ifodalovchi terminlar; IV. Zargarlik zeb – ziynat buyumlarini yasashda va bezashda qo‘llanadigan asbob – uskunalarini ifodalovchi terminlar; V. Zargarlik buyumlari xomashyolarining nomlarini ifodalovchi terminlar; VI. Zargarlik buyumlarini tayyorlash jarayonlarini ifodalovchi terminlar; VII. Soha, kasb – kor ma’nolarini ifodalovchi terminlar. Xulosa qilib aytganda o‘zbek tilida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlar ham katta bir qismni tashkil qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG‘AY MUROD ASARLARIDA EVFEMIZMLAR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND EDUCATION, 1(4), 38-42. 2. O'razov, A. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI XUSUSIDA. 3. Doniyorovich, O. R. A., & Shavkatovna, A.
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlarning ishlatilishi va ularning nomlanishi haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlarning ishlatilishi va ularning nomlanishi haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ifodalovchi terminlar, zargarlik zeb, zeb ziynat, nomlarini ifodalovchi, ziynat buyumlari, terminlar zargarlik, zeb-ziynat nomlarini
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025