К содержанию
РецензированоUZ2026

TASVIRIY SAN’ATNING TURLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI

Hasanova Barchinoy Odilbek qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tasviriy san’atning asosiy turlari va ularning badiiy ifoda vositalari yoritiladi. Rasm, haykaltaroshlik, grafik san’at va boshqa shakllar orqali inson tafakkuri va his-tuyg‘ulari qanday san’at asarlarida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Har bir san’at turi o‘ziga xos texnikalar, ifoda uslublari va estetik yondashuvlarga ega bo‘lib, ular ijodkorlik, madaniyat va tarix bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada shuningdek, har bir san’at turining amaliy va nazariy ahamiyati, ta’limdagi o‘rni va zamonaviy san’atdagi tutgan o‘rni haqida ham fikr yuritiladi. Tasviriy san’atning turlari o‘zaro farqli bo‘lsa-da, ularning umumiy maqsadi — inson ichki olami va tashqi dunyoni estetik idrok orqali ifodalashdan iboratdir. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, san’at turlari, rasm, haykaltaroshlik, grafik san’at, kompozitsiya, rang, ifoda vositalari, estetika, obraz, milliy san’at, san’at asarlari tahlili. Kirish: Tasviriy san’atning turlari va ularning o‘ziga xosliklarini o‘rganish, nafaqat san’atshunoslik nuqtai nazaridan, balki yosh avlodni estetik tarbiyalashda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada biz tasviriy san’atning asosiy turlari — rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va boshqalar haqida so‘z yuritamiz, ularning xususiyatlari, texnikalari va tarixiy rivojlanishiga to‘xtalamiz. Shuningdek, O‘zbekistonda tasviriy san’atning bugungi holati va istiqbollarini ham muhokama qilamiz. Tasviriy san’at – rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis san’at turi; voqelikni uning osongina ilg‘ab olinadigan fazoviy shakllarda ko‘rgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy san’at turlari o‘z xususiyatlariga qarab real borlikni ob’yektiv mavjud sifatlari — hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va havo muhiti, harakat va o‘zgarishlari hissini yaratadi.1 Asosiy qism: Tasviriy san'at (yo'nalishlar bo'yicha) — bu ijodiy faoliyatning turli uslubiy va janr yo'nalishlarini o'z ichiga oluvchi keng san'at sohasi. Ushbu yo'nalish o'zining ko‘p qirraliligi, texnikasi, vositalari va ifoda shakllari bilan ajralib turadi.2Tasviriy san’at insoniyat tarixida estetik va madaniy rivojlanishning muhim omili sifatida ajralib turadi. Uning asosiy turlari quyidagilardan iborat: Rangtasvir-deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Unga asosan bo‘yoqlar - moyli bo‘yoq, akvarel, guash, tempera shuningdek, rangli qalamlar, ko‘mir, qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarakterlidir. Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud: Dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura rangtasviri, dekorativ rangtasvir, teatrdekorativ rangtasviri. Haykaltaroshlik- rangtasvir kabi hayotiy voqea va xodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi va materiallar yordamida ifodalaydi. Haykaltaroshlikda tosh, metal, gips, yog‘och, vosk (mo‘m), sim kabi materiallar keng qo‘llaniladi. Haykaltaroshlik asarlari kesish, 1 https://milliycha.uz/tasviriy-sanat/?utm_source 2 https://www.uzbamarkaz.uz/tasviriy-sanat 117 yopishtirish, ulash va o‘yish, quyish orqali bajariladi. Haykalarni ikki turi mavjud bo‘lib, birinchisi to‘liq yumaloq haykallar ikkinchisi relefli haykallardir. Yumaloq haykallarni har tomondan ko‘rishi mumkin bo‘lsa, relefni faqat bir tomondan, ya’ni oldindan ko‘riladi. Releflar tekislik ustiga ishlanib, qisman bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Relefni ikki xili bo‘ladi: 1. Barelefda tasvirning qalinligi yarmidan kam bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. 2. Gorelefda esa tasvir uning qalinligining yarmidan ko‘prog‘i bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Grafika - “grafika”- lotincha so‘z bo‘lib, “yozaman, rasm ishlayman” degan ma’noni bildiradi va tasviriy san’atning turlaridan biri hisoblanadi. Grafikaning turlaridan biri gravyuradir. Gravyura frantsuzcha so‘z bo‘lib, “kesish” ma’nosini bildiradi. Bunda rasmlar qattiq materiallarga chizish va kesish orqali bajariladi. Bu rasmlar avvalo metall, yog‘och, linoleum, tosh kabi materiallarda ishlanib, keyin undan qog‘ozga ko‘p tirajda ko‘chiriladi. Grafikaning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri bu uning katta o‘lchovda bo‘lmasligi va buyoqlar sonining chegaralanganligi hisoblanadi. Shuning uchun ham grafika asarlarida faqat chiziq yoki to‘q dog‘ ishtirok etadi. Ba’zan grafik tasvirlar rangli bo‘ladi.3 Adabiyot tahlili: Tasviriy san’at turlarining rivojlanishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq tushunish uchun ilmiy adabiyotlarda bir qator muhim tadqiqotlar mavjud. Ushbu bo‘limda O‘zbekistonda tasviriy san’atning rivojlanishi, uning turlari va janrlariga oid asosiy manbalar tahlil qilinadi. Jamshid Jamolovning "XX asrning 2-yarmida O‘zbekistonda tasviriy san’atning rivojlanishi" nomli maqolasida ushbu davrda san’atning rivojlanish bosqichlari, realizm, milliy romantizm va dekorativizm kabi yo‘nalishlarning shakllanishi tahlil qilingan. Maqolada o‘zbek rassomchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va xalq ijodiga ta’siri hamda xalqaro aloqalarning o‘sishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.4 Metodologiya: Ushbu maqolada O‘zbekisto

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tasviriy san’atning asosiy turlari va ularning badiiy ifoda vositalari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tasviriy san’atning asosiy turlari va ularning badiiy ifoda vositalari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
haykaltaroshlik, grafik san’at, san’at asarlari tahlili., rang, tasviriy san’at, rasm, kompozitsiya, ifoda vositalari, milliy san’at, estetika, obraz, san’at turlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники