К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA SO’Z LATOFATINING E’TIROFI

LATOFATINING E’TIROFI · Mavlonova Madina Bahrom qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni tarkibidagi maqolatlar ichidan aynan so’z, uning tasviri, so’zning qudrati tog’risida yoritiladi . Asosiy so’zlar: “Hayrat ul -abror” dostoni, so’z gavhari, yaxshi so’z , yomon so’z. Hayrat ul abror ko’rib zotini “Hayrat ul-abror”dedim otini 1 So’z mulkining sultoni Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostoni pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy dostondir. Doston 3988 baytdan iborat bo’lib,64 bob 20 maqolatdan tashkil topgan.”Hayrat ul-abror”da saxovat, odob, qanoat, vafo, ishq, rostlik, adolatlilik, ilmlilik va boshqa turli fazilatlar to’g’risida maqolatlarning ichida so’z yuritiladi va hikoyalar orqali ilgari surilgan g’oyalarning mazmuni mustahkamlanadi. Mana shunday mavzulardan biri bu doimiy muloqotimizda foydalanadigan so’z va uning qudrati tog’risida fikr yuritiladi. ”Hayrat ul-abror”ning o’n to’rtinchi bobida so’z xususida fikr bildiriladi. Navoiy bobning nomini “Odamzod vujudi osmonining jahonni yoritar yulduzlari va inson zotiga xos bo’lgan konning behisob javharlari bo’lgan so’z ta’rifida” deb nomlaydi.Ya’ni insonning jismi osmon bo’lsa, so’z esa osmonni yoritar yulduzlar, osmonni yorug’ yulduzlar yoritib uni chiroyli qilsa, so’z ham insonga shunday ziynat beradi deb keltirib o’tiladi. Dostonda aynan dunyoda birinchi yaratilgan so’z “Kofu nun” ya’ni “Kun” bo’lib, “Yaral” , “Bunyod bo’l” degan ma’nolarni bildirganligi va bu so’zning tarixi haqida ma’lumot beriladi. Jon o’lub ul, run aning qolibi Kim tanida ruh, aning tolibi So’z jon bo’lib, ruh uning qolipidir . Tanasida ruhi bor odamgina doimo so’zga ehtiyoj sezadi Barchamizga ma’lumki, til va so’z bir- biriga bog’liq jarayon hisoblanadi.Navoiy bobomiz ham shu narsani e’tirof etib ”Agar til bamisoli bir po’lat xanjar bo’lsa, so’z unga qadalgan injulardir.Til shu chamanning ochilgan lolasi bo’lsa, so’z durlari unga qo’ngan shabnamlardir” deb til va so’zning o’zaro bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tayapti. Gar xud erur xanjari po’lod til, So’ftidog’I injulari so’zni bil. Til bu chamanning varaqi lolasi So’z duraridin bo’lubon jolasi. Tabiiyki, so’z tog’risida gap ketganida ota bobolarimiz tomonidan doimo yosh avlodlarga 1 1 Aлишер Навоий . “Ҳайрат ул-аброр. ТAТ. Ўн жилдлик. Олтинчи жилд.-Т.: Ўзбекистон Матбуот ва ахборот агентлиги Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-марбаа ижодий уйи, 2013 132 yaxshi so’zlarni so’zlash lozimligi, yomon so’zlardan tiyilish kerakligi aytib kelingan va dono xalqimizning “Yaxshi so’z- jon ozig’i, yomon so’z- bosh qozig’i” degan maqollari va hikmatli so’zlari mavjud. ”Hayrat ul-abror”da ham quyidagicha keltiriladi:” So’z o’lgan odamning tanasiga pok ruh bag’ishlaydi. So’zdan tandagi tirik ruh halok bo’lishi ham mumkin” Haqiqatan birgina yaxshi so’z orqali insonning ko’ngliga iliqlik olib kirish mumkin, shu bilan birgalikda aksincha yomon va qo’pol so’zimiz orqali qalbni jarohatlash ham birgina so’zimizga bog’liq. Dostonda quyidagicha misollar keltiriladi: yaxshi so’z bilan insonni tiriltirgani uchun Iso payg’ambar o’zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atagan , so’z tufayli Xalil o’zini o’tga tashlagan , Jabroil ham so’z yukiga hammol bo’lgan deb keltiriladi. Tirguzub o’lganni kalomi fasix, O’ziga jonbaxsh laqab deb Masix So’zdin etib o’tg’a azimat Xalil, So’z yukiga homil o’lub Jabroil. So'z bilan har qanday yaxshilikni ro'yobga chiqarish mumkin. Qachonki, u so’zning ma'nosi to'liq tushunilib, muloqotga tayyor bo’lganidan so’ng. Albatta har bir so’zni nutqimizga ko’chirishdan oldin uning asl mohiyatini anglab so’ng uni jonlantirishimiz lozim. Dostonda shunday keltiriladiki, “Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko’targan ekan,uni so’zlash qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi”deb aytib o’tgan. Tangriki, insonni qilib ganji roz, So’z bila hayvondin anga imtiyoz. Tashqi tomondan go’zal bo’lgan insonning qalbi qay darajada go’zal ekanligini bilish uchun u bilan suhbatda bo’lmoq lozim, agar u inson har qancha chiroyli bo’lsa ham so’z ne’matidan bebehra bo’lsa, u go’zal bilan devordagi sur’atning farqi qolmasligini Navoiy shunday keltirib o’tadi: “G’uncha og’izlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib turib olsa, uning mayday totli lali lablari aqlni mast qilsa,mastlik u yoqda tursin , mayparast qilib qo’ysa ham, tashqi ko’rinishi bilan osmondagi oy bo’lsa ham devordagi sur’at bilan uning ko’rinishi o’rtasida farq yo’q “deb aytib o’tgan. Surat ila bo’lsa maxi osmon , Surati devor hamon, ul hamon. Biz doimiy nutqimizda qo’llayotgan so’z shunchalar kuchli “ qurol” ekanki, birgina so’zning qudratli kuchi orqali ko’ngilga yaxshilik yo’lini topishimiz yoki aksincha, ozor berishimiz mumkin , so’z tufayli darddan forig’ bo’lishimiz yoki g’am anduhga tushishimiz mumkin. Navoiyning “ Hayrat ul-abror ” dostonidagi birgina bobdan mana shunday tuganmas xazinalarni topishimiz ham so’z orqali amalga oshirilmoqda. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek Navoiy so’zga shunchaki munosabatda bo’lmaga

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni tarkibidagi maqolatlar ichidan aynan so’z, uning tasviri, so’zning qudrati tog’risida yoritiladi .»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni tarkibidagi maqolatlar ichidan aynan so’z, uning tasviri, so’zning qudrati tog’risida yoritiladi . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Hayrat ul -abror” dostoni, so’z gavhari, yaxshi so’z, yomon so’z.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники