К содержанию
РецензированоUZ2026

YUPQA ENDOMETRIYNING RIVOJLANISHIDA YALLIG'LANISH KASALLIKLARINING O'RNI

KASALLIKLARINING O'RNI · Kurbaniyazova Feruza Zafarjonovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Differentsiallanmagan biriktiruvchi to'qima regeneratsiya va yangilanish uchun yuqori imkoniyatlarga ega, bu esa organizmdagi funktsiyalarini samarali bajarishga imkon beradi. Bu xossalari tufayli inson salomatligini ta’minlash va saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada biriktiruvchi to'qimaning ushbu shaklini o'rni, uning patologiyalari va ushbu holatni tashxislashning mumkin bo'lgan yondashuvlari muhokama qilinadi. DBTD belgilarining murakkabligi va xilma-xilligini hisobga olgan holda, zamonaviy adabiyotlar ma'lumotlari tahlili keltiriladi. Kalit so'zlar: Differentsiallanmagan biriktiruvchi to'qima (DBT), ayollar, revmatologiya, mumkin bo'lgan patologiyalar, yallig'lanish jarayonlari, ahamiyati. Kirish. Endometriy – bu ayollarning reproduktiv tizimining muhim qismlaridan biri bo'lib, u bachadon ichki qavatini tashkil etadi. Endometriyning normal rivojlanishi va funksiyalari muhimdir, chunki bu holatlar ayolning reproduktiv salomatligi va homiladorlik imkoniyatiga ta'sir etadi. Yallig'lanish kasalliklari esa endometriyning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yallig'lanish – bu organizmning zararli stimulga (infektsiyalar, jarohatlar va boshqa zararli faktorlar) reaktsiyasi bo'lib, u ko'plab turdagi kasalliklar va holatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Endometriy yallig'lanishi, endometrit deb ataluvchi holat, bachadonning ichki qatlamida yuz beradigan yallig'lanish jarayonidir. Yallig’lanishning vaqtida davolanmasligi yoki to’liq davolanmasligi surunkali holatlar yuzaga kelishi uchun poydevor hisoblanadi. Yallig'lanish jarayonlari gormonal muvozanatni o'zgartirishi mumkin, bu gormonal nazoratni halqa shaklda buzadi va endometriy qavatning rekonstruktsiyasi va funksiyasiga ta'sir qiladi. Yallig'lanish vaqtida organizm immun tizimi tomonidan yaratiladigan tugmachalar va vositalar endometriy to'qimalarni o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Yallig'lanish ko'pincha infektsion kasalliklar bilan bog'liq, masalan, chlamidia yoki gonoreya, bu esa endometriy to'qimalarga zarar etkazishning to’g’rida to’g’ri sababchisidir. Endometriy yallig'lanishni keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagilar bo'lishi mumkin: Bakterial infeksiyalar endometriyni yallig'lantirishi va uni shikastlashi mumkin. Ba'zi viruslar, ayniqsa, odam papilloma virusi endometriyga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Autoimmun holatlar endometriyamni shikastlashi va yallig'lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Jismoniy travmalar, masalan, abortlar yoki jarrohlik amaliyotlari, endometriy to'qimalarda yallig'lanishga sabab bo'lishi mumkin. Yallig'lanish gormon darajasini o'zgartirib, endometriy to'qimalarining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Progesteron va estrogen darajasi muvozanatsizligi yupqa endometriy rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Surunkali yallig'lanish, immun tizimining noto'g'ri faoliyat ko'rsatishi va to'qimalar almashishining buzilishiga olib kelishi mumkin – bu esa yupqa endometriy bilan bog'liq. 151 Yallig'lanish jarayonlari endometriyal to'qimalarning rivojlanishi, o'sishi va normal funksiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Surunkali endometriy yallig'lanishi O'zbekistondagi ayollar orasida deyarli 10% holatlarda uchraydi–bu ko'pgina reproduktiv kasalliklarning asosiy sababi hisoblanadi. Yupqa endometriydan bevosita bog'liq statistikada, ayollarda fertillikning pasayishi 60-75% da aniqlanadi. Yupqa endometriy 25-35% hollarda bepushtlik yoki homiladorlikning muvaffaqiyatsiz tugashini sababchilari sifatida ko'rsatilgan. Xulosa. Yallig'lanish kasalliklari endometriyning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kasalliklar, infeksiyalar va boshqa yallig'lanish nazariyalari endometriy to'qimalarning holiga zarar yetkazib, reproduktiv salomatlikda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli ushbu sohaga e'tibor berish va vaqtida diagnostika qilish muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Афян А. И., Долгушина Н. В. Тонкий эндометрий в клинике вспомогательных репродуктивных технологий (обзор литературы) //Гинекология. – 2014. – Т. 16. – №. 5. – С. 78-83. 2. Исакова Э. В., Савина В. А. Тонкий эндометрий в циклах вспомогательных репродуктивных технологий-определение, диагностика, причины и патогенез. Часть 1 (обзор литературы) //Проблемы репродукции. – 2021. – Т. 27. – №. 1. – С. 71-77. 3. Курбаниязова Ф. З., Худоярова Д. Р. РОЛЬ МАТОЧНОЙ ГЕМОДИНАМИКИ В ОЦЕНКЕ РЕЦЕПТИВНОСТИ ЭНДОМЕТРИЯ //Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 10. – С. 21-25. 4. Мотовилова Т. М. и др. Современные представления о проблеме эндометриального бесплодия на фоне «тонкого эндометрия»(обзор литературы) //Consilium Medicum. – 2024. – Т. 26. – №. 7. – С. 403-410. 5. Оразов М. Р. и др. " Тонкий" эндометрий-современный взгляд на проблему //Фарматека. – 2018. – №. 6. – С. 15-22. 6. Оразов М. Р. и др. Тайны репродуктивных неудач:«тонкий» эндометрий //Репродуктивная медицина. – 2018. – №. 2. – С. 7-17. 7. Шопулотова З. А., Худоярова Д. Р. ХРОНИЧЕСКИЙ ПИЕЛОНЕФРИТ И БЕРЕМЕННОСТЬ: ВЛИЯНИЕ КОМ

Доказательный фрагмент

«Differentsiallanmagan biriktiruvchi to'qima regeneratsiya va yangilanish uchun yuqori imkoniyatlarga ega, bu esa organizmdagi funktsiyalarini samarali bajarishga imkon beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Differentsiallanmagan biriktiruvchi to'qima regeneratsiya va yangilanish uchun yuqori imkoniyatlarga ega, bu esa organizmdagi funktsiyalarini samarali bajarishga imkon beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Differentsiallanmagan biriktiruvchi to'qima (DBT), ayollar, revmatologiya, ahamiyati., mumkin bo'lgan patologiyalar, yallig'lanish jarayonlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники