Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1892-YILGI QO‘ZG‘OLON VA UNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN SHAVQATSIZLARCHA BOSTIRILISHI
SHAVQATSIZLARCHA BOSTIRILISHI · Tohirova Malika G‘olibjon qizi · Tayanch so‘zlar- Vabo isyoni
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
– This article highlights the strict measures taken against the cholera epidemic and the resulting uprising, as well as the swift and brutal suppression of the rebellion. Keywords- Cholera Uprising, Putinsev, Muhammadyoqub, Inog‘omxo‘ja, Retaliation Policy. Bilamizki Turkiston xalqlari chorizmning mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko‘plab norozilik harakatlarini olib borganlar.Bu milliy ozodlik harakatining ilk qadamlaridan biri 1892-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yirik xalq qo‘zg‘olonidir.Toshkent qo‘zg‘oloni “vabo isyoni” deb ham ataladi. Turkistonda vabo kasali ilgaridan tarqab turganligi ma’lum.Rossiya Turkistonni bosib olganidan keyin 1872 yilda yana bir bora vabo kasali tarqalgan edi.O‘sha davrda O‘rta Osiyoning Rossiyaga qarashli qismida vabo bilan 3978 kishi kasallangan bo‘lib,ulardan 2215 kishi o‘lgan.1 Xalqning boshiga tushgan bu og‘ir musibat davrida hech kim kasallik haqida ma’lumot bermagan. 1892-yilgi vabo kasali tarqalishi miqyosi jihatidan 1872-yilgi singari kuchli bo‘lmasa ham mustamlaka o‘lkada iqtisodiy-siyosiy vaziyat anchagina keskinlashgan bir sharoitda yuz berdi va keskin to‘qnashuvlarga olib keldi. "Turkestanskie vedomosti" gazetasi yozishicha, kasallik tarqalishi munosabati bilan Samarqandga olib keluvchi temir yo‘llarda kasallikning oldini olish uchun harakat boshlash, tibbiyot yutuqlari asosida biologik va morfologik o‘zgarishlarni o‘rganish haqida joylardagi ma’murlarga ko‘rsatmalar berilgan.Gazetada e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, vabo virusi organizmda 155 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference dorilarga qaraganda tezroq tarqaladi. Shu sababli uning oldini olish maqsadida kasallik tarqalmagan hududlarda ham barvaqt karantin o‘rnatish, sanitariya va gigiyena qoidalarini targ‘ib etish zarur. O‘sha davrlarda gazeta sahifalarida vabo kasalligi haqida shifokor maslahatlari ham e’lon qilingan. Toshkentdagi vaziyat keskinlashyotgani haqidagi xabarlar 1892-yil iyun oyining o‘rtalaridanoq ma’lum bo‘la boshladi.Shaharda vabo boshlangandan boshlab 12 ta qabriston yopib qo‘yilgan. Vabo kasalligi bilan o‘lganlarni dafn etish uchun 4 ta qabriston belgilangan bo‘lsa ham ularning 1 tasiga dafn etishgagina ruxsat berilgan.Toshkent o‘sha vaqtlarda ham katta hududni egallangan shahar edi.Toshkentning umumiy maydoni Maskva va Peterburg maydoniga teng kelardi.Vafot etganlarni butun shahar bo‘ylab uzoq masofaga olib borishlari zarur edi. Tobutni qo‘lda ko‘tarib yurish va dafn etish marosimida ko‘pchilikning ishtirok etishi ham taqiqlanadi.Musilmon odatlariga ko‘ra vafot etganlarni janozasiz dafn etib bo‘lmaydi.Janozada esa qarindosh- urug‘lar,mahalla-ko‘y ishtirok etishi kerak.Sanitariya maqsadlarida suvlarni dorilash ham mahalliy aholi o‘rtasiga turli mish-mishlarga sabab bo‘ladi.Shaharda bizni zaharlab va qirib tashlash maqsadida suvlarni dorilamoqdalar degan gaplar tarqaladi.Vrachlar kasallarni tezroq o‘ldirish maqsadida ularga dorilar bermoqda degan ovozalar yoyiladi. Vaziyat keskinlashayotganini sezgan polkovnik Putinsev vabo kasalligining oldini olish maqsadida ko‘rilayotgan tadbirlarni aholiga tushuntirish uchun Qurbon hayiti kuni o‘tkaziladigan ommaviy yig‘inlardan foydalanmoqchi bo‘ldi.Qurbon hayiti 23-iyun kuni boshlandi. Polkovnik Putinsev ertalab soat 5 da 10 ming kishi to‘planib namoz o‘qiydigan Jome’ masjidi oldiga keldi. Putinsev o‘zbek tilini yaxshi bilsa ham, nutqini rus tilida so‘zladi. Uning nutqini Ko‘kcha oqsoqoli Ibrohimbek tarjima qilib turdi.U yig‘ilganlarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, ba’zi kishilar shaharda tartibsizliklar uyushtirish uchun turli ig‘volar tarqatayotganini, barcha mish-mishlar noto‘g‘ri ekanini, imperator janobi oliylari va oliy hokimiyat har doim mahalliy aholi haqida g‘amxo‘rlik qilayotganini aytdi. Shaharning eski oqsaqoli Inog‘omxo‘ja aholining noroziligidan foydalanib,olomonni o‘z raqibi Muhammadyoqubga qarshi chiqishga chaqirgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor.Bu voqeaga oid manbalarda Inog‘omxo‘ja va Muhammadyoqub o‘rtasidagi ziddiyatlar,hokimiyat uchun kurashish qo‘zg‘olonning asosiy sababi sifatida tasvirlanadi. Eski shaharning katta oqsoqoli lavozimi katta daromad manbai bo‘lganligi sababli, bu vazifada 20 yildan ortiq ishlagan Inog‘omxo‘ja o‘z o‘rnini 156 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Muhammadyoqub egallashiga aslo toqat qila olmas edi.Uning qarindosh- urug‘lari va u oqsoqol bo‘lgan davrda lavozimga tayinlagan kishilar og‘irlashib borayotgan vaziyatdan foydalanib, Muhammadyoqubni katta oqsoqollik lavozimidan olib tashlashni rejalashtirdilar. Bu nizolar ham shahardagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelgan sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. 23-iyunda tunda bir necha kishi vafot etdi.Mirshab Ahmadxo‘ja katta oqsaqol Muhammadyoqubga,vafot etganlar vrach ko‘rigidan o‘tkazilmasdan dafn etildi,deb xabar berdi.Ahmadxo‘ja vaziyatni keskinlashtirish maqsadida,bosh oqsoqolning buyrug‘iga binoan
Доказательный фрагмент
«– This article highlights the strict measures taken against the cholera epidemic and the resulting uprising, as well as the swift and brutal suppression of the rebellion.»
Образец извлечения
Демо-превью– This article highlights the strict measures taken against the cholera epidemic and the resulting uprising, as well as the swift and brutal suppression of the rebellion. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cholera Uprising, Putinsev, Muhammadyoqub, Inog‘omxo‘ja, Putensev, Vabo isyoni, o‘ch olish siyosati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026