Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON SSR DA MA’MURY BUYRUQBOZLIK TIZIMI O‘RNATILISHI VA MUSTAHKAMLANISHI.
O‘RNATILISHI VA MUSTAHKAMLANISHI. · Abdulxay Gulchexra · GulDU Tarix kafedrasi · Abdullayev Azamat
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 1 · 43-49 · 1924
Аннотация
Ushbu maqolada SSSR da ma’muriy buyruqbozlik tizimining shakillanishi va uni O‘zbekiston SSRda joriy etilishi, mustahkamlanib borishi haqida so‘z yuritiladi. Kollektivlashtirish va uning oqibatlari tahlil qilinadi. Hamda ikkinchi jahon urushi davrida harbiy buyruqbozlikka o‘tilishi keltiriladi Kalit so‘zlar. SSSR, O‘zbekiston SSR, NEP, O‘zKP, KP MIQ, Kollektivlashtirish, Katta terror, Paxta ishi. O‘zbekiston SSR tashkil topganda uni boshqarishda to‘g‘ridan to‘g‘ri SSSRdagi ma’muriy buyruqbozlik tizimi asosida boshqarilish joriy etildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi 1924- yidagi hududiy bo‘linish natijasida tashkil etilga barcha mustamlakalarida joriy etilgandi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining salbiy oqibatlari hozirgi kunda ham mamlakatimizda mavyud va bu rivojlanishga ma’lum ma’noda to‘siq ham bo‘ldi. Maqolamizda O‘zbekiston SSR dagi ma’muriy buyruqbozlik tizimi qay tarzda olib borilganligi va bu qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida so‘z yuritamiz. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi SSSRda XX asrning 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshlarida shakllangan. Bu tizim iqtisodiyot va jamiyatni qat’iy markazlashgan boshqaruv ostida ushlab turish tamoyiliga asoslangan bo‘lib, davlat tomonidan barcha siyosiy va iqtisodiy qarorlarni qabul qilishni nazarda tutgan. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining shakilanishini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin. Bular quyidagilar. 1. Boshlang‘ich bosqich (1917-1924 yillar). 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan so‘ng sovet hukumati iqtisodiyotni nazoratga olishga kirishdi. “Harbiy kommunizm” siyosati doirasida davlat barcha ishlab chiqarish vositalarini milliylashtirdi va markazlashgan boshqaruvni o‘rnatdi. 1921-yilda YIS (Yangi iqtisodiy siyosat) joriy etilib, bozor munosabatlariga qisman erkinlik berildi, lekin bu uzoq davom etmadi. 2. Sanoatlashtirish va kollektivlashtirish (1928-1937 yillar). 1928-yildan boshlab Iosif Stalin YIS siyosatini tugatdi va majburiy sanoatlashtirishni boshladi. Xo‘jalik yuritish tizimi rejalashtirish tamoyillariga asoslanib, Markaziy Reja qo‘mitasi (Gosplan) boshchiligida qattiq davlat 74 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference nazoratiga olindi.1929-1933 yillardagi majburiy kollektivlashtirish natijasida dehqon xo‘jaliklari yo‘q qilinib, hamma yerni davlat nazoratidagi kolxoz va sovxozlarga birlashtirish boshlandi. 3. Buyruqbozlik tizimining mustahkamlanishi (1937-1953). 1937–1938-yillarda “Katta terror” davrida boshqaruv apparatida shaxsiy sodiqlikka asoslangan qattiq nazorat joriy qilindi. Davlat rejalashtirish organlari, jumladan Gosplan, qattiq markazlashgan boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘ydi. Tashabbus va erkin bozor munosabatlari yo‘q qilinib, iqtisodiy qarorlar faqat markaziy hukumat tomonidan qabul qilina boshlandi. Yuqorida keltirilgan bosqichlardavomida ma’muriy buyruqbozlik tizimi to‘liq shakillandi. Bu jarayon mustamlakalarda ham xuddi shu tarzda musthkamlanib bortni . Xususan O‘zbekiston SSR da ham. 1924-yilda Stalinning qarori asosida O‘rta Osiyoda milliy huduiy chegaralanish o‘tkazildi. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati, Qoraqalpoq avtonom viloyati tarkibiga kiritildi. Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil 13–17-fevral)da “Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan). Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Oliy Soveti (1937-yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946- yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan. 75 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.Shu tariqa o‘lk
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada SSSR da ma’muriy buyruqbozlik tizimining shakillanishi va uni O‘zbekiston SSRda joriy etilishi, mustahkamlanib borishi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada SSSR da ma’muriy buyruqbozlik tizimining shakillanishi va uni O‘zbekiston SSRda joriy etilishi, mustahkamlanib borishi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kollektivlashtirish, SSSR, KP MIQ, O‘zbekiston SSR, O‘zKP, Paxta ishi., Katta terror, NEP
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026