Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KELISHIK – O‘ZBEK TILIDA TOBELIK FUNKSIONAL-SEMANTIK MAYDON YADROSINI TASHKIL ETUVCHI VOSITA
Ro‘ziyev Ismoil Isog‘ovich
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
В реализации того или иного явления другие языковые реалии проявляются во взаимосвязи, соразмерности. Поэтому возникает необходимость рассматривать эти явления как единое целое, как целостную систему. Анализ понятия подчиненности как функционально- семантического поля позволяет более широко осветить сущность явления. Ключевые слова: падеж, теория поля, подчиненность, семантическая, доминирующая часть, ядро, функционально-семантическая, знаковая, бессимптомная. Annotation In the realization of a phenomenon, other linguistic realities manifest themselves in interrelation, proportionality. Therefore, it becomes necessary to consider these phenomena as a single whole, as an integrated system. The analysis of the concept of subordination as a functional and semantic field allows us to shed more light on the essence of the phenomenon. Keywords: case, field theory, subordination, semantic, dominant part, core, functional-semantic, symbolic, asymptomatic. Kirish. Muayyan hodisaning reallashuvida boshqa lingvistik voqeliklar o‘zaro aloqadorlikda, mutanosiblikda namoyon bo‘ladi. Shu bois mazkur hodisalarni bir butunlikda, yaxlit tizim sifatida qarash zarurati yuzaga keladi. Tobelik tushunchasini funksional-semantik maydon sifatida tahlil etish hodisaning mohiyatini kengroq yoritish imkonini beradi. Ma’lumki, tilshunoslikda maydon atamasi umumiy ma’no asosida birlashib, o‘zaro munosabatga kirishadigan lisoniy va nolisoniy vositalar sistemasiga nisbatan ishlatiladi. Maydon lisoniy-nutqiy voqelik sifatida o‘zida tilning dialektik qarama-qarshi munosabatini aks ettiradi. Aslida maydon vositalari orasidagi munosabat lisoniy bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqadorlik ko‘p hollarda e’tibordan chetda qoladi. Shu o‘rinda maydon tushunchasini ifoda etuvchi 63 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference vositalarning o‘zaro mutanosib, bir-birini to‘ldiruvchi munosabatini nazarda tutish lozim bo‘ladi. Negaki tilning qat’iy qonuniyatiga ko‘ra nutq jarayonida lingvistik birliklar nisbatan keng semantik doirani qamrab oladi. Jahon tilshunosligi va o‘zbek tilshunosligida lingvistik maydon tadqiqi, maydon nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan ishlar tahliliga qaraydigan bo‘lsak, dastlabki ishlarda muayyan mazmuniy umumiylik ostida mikromaydonga birlashgan leksemalar tadqiq obyekti sifatida olingan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlarda turli sath birliklarining bir umumiy mazmun ostida birlashishiga diqqat qilingani ma’lum bo‘ladi. Xususan, H.Hojiyeva o‘zbek tilidagi hurmat ifodalovchi morfologik, sintaktik, lug‘aviy, fonetik vositalarni o‘rganishni ko‘zda tutadi. Tilshunos fikricha, “struktur-funksional-semantik xususiyatiga qarab hurmat maydoni uch qismga bo‘linadi: yadro, markaz va markazdan tashqari (chekka) qism”.[1:17] Ma’lumki, “maydon markazini (yadrosini) tashkil etuvchi, faqat o‘sha maydon belgisini ifodalash uchun xoslangan birliklar hamma turdagi maydonlarda ham ozchilikni tashkil etadi. Boshqa vazifadoshlar belgini ifodalash darajasiga ko‘ra ushbu markazdan uzoqlasha boradilar, shu sababdan qo‘shni markazlar ta’siriga ko‘proq beriladi”.[2:96] Tobelik maydonining yadrosidan ham tobelik belgisini markaziy planda ifodalovchi vositalar – kelishik shakllari joy oladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Hozirgi davrda maydon nazariyasi qator jahon tilshunoslarining tadqiqotlarida grammatikaga xos masalalarni yoritishda muhim o‘rin tutmoqda. Grammatikadagi maydon tushunchasi ko‘proq morfologik sathdagi grammatik kategoriyalarni ularga funksional-semantik jihatdan yaqin bo‘lgan tilning boshqa sathlari vositasidagi aloqaning tekshirilishi davomida qo‘llaniladi. Maydon yadrosini morfologik sathda muayyan grammatik kategoriyalar hosil qiluvchi shakllar sistemasi tashkil qiladi. Chegara qismi shu grammatik kategoriya bilan funksional jihatdan ma’lum tartibda bo‘lib, ammo kamroq shakllangan tuzilmalarni namoyon qiluvchi turli xil birliklardan hosil bo‘ladi. Maydonning markaziy (yadro) va chegara (periferik) sohalarga ajratilishi maydon yadrosini tashkil qiluvchi til birliklari, ya’ni so‘z o‘zgartuvchi paradigmalar rolining muhimligini namoyon qiladi. Faqat yadroviy soha strukturasi bo‘lgandagina, ikkilamchi tartibdagi birliklar maydonning chegarasini yuzaga chiqarishi mumkin. Sintaktik sath doirasida maydonning yuzaga chiqishida so‘z o‘zgartuvchilarining roli shunchalar yuqoriki, ularsiz grammatik maydonni hosil qilish umuman mumkin emas. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta kelishik shakli mavjud bo‘lib, ular kelishik kategoriyasi sifatida o‘rganib kelinadi. Kelishiklar “ot yoki otlashgan so‘zning fe’lga, otga yoki boshqa bir turkum so‘ziga munosabatini ifodalab, tobeligini ko‘rsatuvchi shakllar tizimi”1 [3:48] sifatida qaraladi. 1 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1985. – 164 б. 64 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference T Kelishik nomi Shakli Misollar
Доказательный фрагмент
«В реализации того или иного явления другие языковые реалии проявляются во взаимосвязи, соразмерности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ реализации того или иного явления другие языковые реалии проявляются во взаимосвязи, соразмерности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- case, field theory, subordination, semantic, dominant part, core, yadro, hokim bo‘lak, maydon nazariyasi, belgisiz., belgili, semantik, kelishik, funksional-semantik, tobelik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026