К содержанию
РецензированоUZ2017

BYUDJET TASHKILOTLARIDA HODIMLAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI VA NAZORATI

Alisherov Mashhurbek Turg`unboy o`g`li · A Xaydarov

Академические исследования в современной науке · 296 · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida hodimlarga mehnat haqi to‘lash tizimi, bu jarayonni hisobga olish, hisob yuritish va nazorat qilishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish bayon qilingan. Mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning turlari, ularni hisoblash xususiyatlari hamda nazorat qilish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan hisob-kitoblarni yuritish va nazoratni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: byudjet tashkiloti, ish haqi, hisoblashuvlar, nazorat, hisobot, moliyaviy barqarorlik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da belgilangan “byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya darajasidan yuqori sur’atda izchil oshirish” masalasi jamiyat rivojiga katta ahamiyat kasb etadi [1]. Hozirgi davrda O‘zbekiston byudjet tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda, bu esa byudjet resurslarining samarali boshqarilishini mustahkamlashga xizmat qiladi. Byudjet mablag‘larining rasional taqsimlanishi va ulardan oqilona foydalanish – bu davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda byudjet xarajatlarining deyarli 45% i hodimlarga mehnat haqi va boshqa to‘lovlar uchun ajratilgan bo‘lib, bu raqam byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan bog‘liq xarajatlarning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi Biroq, byudjet mablag‘larining samarali taqsimlanishi va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun hali ham ko‘plab muammolar mavjud. Masalan, 2021-yil monitoring natijalariga ko‘ra, 27% byudjet tashkilotlari hodimlar bilan hisob-kitoblarni belgilangan muddatlarda yakunlamagan. Bundan tashqari, hisoblashuvlar jarayonida yuzaga keladigan xatolar va kassa uzilishlari ham katta muammo sifatida qolmoqda. Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Byudjet tashkilotlarida hisob va hisobotga oid xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, A.A.Ushakov (xorijiy olim) byudjet 54 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tashkilotlarida buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlar asosida yuritish zarurligini va g‘aznachilikka qamrab olingan holda hisoblashuvlar tashkil etishning ahamiyatini ta’kidlagan [7]. Rossiyalik olim N.Kondrakov va uning jamoasi byudjet hisobi va hisoboti, shuningdek, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi masalalarini chuqur o‘rganib, kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritgan [3]. O‘zbekistonda esa M.Ostonokulov byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish va byudjet nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bo rgan [4]. S.Mehmonov byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish masalalarini chuqurroq o‘rgangan [5]. A.Ostonokulov esa byudjetdan tashqari jamg‘armalar shakllantirish va ularni hisobga olishni takomillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borgan [6]. Shunga qaramay, davlat ta’lim muassasalarida hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha alohida tadqiqotlar kamligi aniqlandi. Bu sohaning yanada chuqurroq o‘rganilishi va yangi yondashuvlar ishlab chiqilishi lozimligini ko‘rsatadi. Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida induktsiya, deduktsiya, istiqbolli tadbiq etish, ma'lumotlarni tahliliy va tizimli yondashuv, adabiyotlar qiyosiy tahlili va boshqa usullar qo‘llanildi. Tahlil va natijalar Byudjet tashkilotlarida xarajatlarning asosiy qismi hodimlar bilan hisoblashuvlarga to‘g‘ri keladi. Hodimlar bilan hisoblashuvlar, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni baholashda muhim ahamiyatga ega. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, xizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar kabi hodimlar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Mehnat munosabatlari, xususan, hodimlarga haq to‘lashning yuridik asoslari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, xo‘jalik sub’ektlarining jamoa shartnomalari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ish haqi esa, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: asosiy ish haqi hodimning ishlagan vaqti, bajarilgan ish miqdori va sifatiga qarab hisoblanadi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar va asosiy ish vaqtidan tashqari ishlangan vaqtga qo‘shimcha haqlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ish haqi mehnat qonunchiligida belgilangan, ishchining ishlamagan vaqti uchun hisoblangan haqni anglatadi. Bunga ishchining ta’tili, voyaga yetmaganlar, o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish 55 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference vaqti uchun hisoblangan ish haqi, shuningdek, ishdan bo‘shash munosabati bilan hisoblang

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida hodimlarga mehnat haqi to‘lash tizimi, bu jarayonni hisobga olish, hisob yuritish va nazorat qilishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish bayon q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida hodimlarga mehnat haqi to‘lash tizimi, bu jarayonni hisobga olish, hisob yuritish va nazorat qilishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish bayon q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ish haqi, byudjet tashkiloti, moliyaviy barqarorlik., hisobot, hisoblashuvlar, nazorat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники