Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA ILM-FAN VA MADANIYAT
FAN VA MADANIYAT · Boboqulova Nasiba · правления Амира Темура (стали центрами науки и культуры. В статье рассматривается развитие)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
During the reign of Amir Temur and the Timurids, the development of science played a significant role in achieving historical, scientific, and cultural achievements. Cities such as Samarkand and Bukhara became centers of science and culture. This article discusses the development of science, art, architecture, and crafts in Samarkand during the reign of Amir Temur and the Timurids. Kalit so‘zlar: Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy, Ali Qushchi, Samarqand, hunarmandchilik, me’morchilik. Amir Temur va temuriylar davridagi Samarqandni ilm-fan, san’at va madaniyat, ma’naviyat rivojisiz tasavvur qilish qiyin. Amir Temur yuksak madaniyat va ma’naviyat homiysi bo‘lgani uchun bepayon davlati hududlaridan olimlar, shoirlar, musavvirlar, musiqachilar, me’morlar, iqtidorli usta, hunarmandlarni Samarqandga chorlaydi. Ularga g‘amxo'rlik qiladi. Amir Temurning o‘zi, o‘g‘il va nabiralari Samarqandda muhtasham madrasalar, xonaqohlar, bog‘lar bunyod qiladi. Ana shunday qulay sharoit tufayli Samarqand XIV-XV asrlarda Sharqning ulkan ilm-fam madaniyat markaziga aylanadi. Amir Temur davrida Samarqandda Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy, Xo'ja Afzal, Alouddin Koshiy, Jalol Hiriy kabi mashhur olimlar yashab ijod qilgan. Bu davrda Samarqandda Abdumalik Samarqandiy, Ismat Buxoriy, Bisotiy, Lutfullo Nishopuriy singari shoirlar bilan she’riyat olamida dong taratgan. Aytib o‘tishimiz joizki, Amir Temur davrigacha Samarqandda fors tilli 86 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference nazm rivojlangan bo‘lsa, Sohibqiron va uning vorislari davriga kelib, turkey tildagi she’riyat ham yuksak cho‘qqiga ko'tarilgan. Chunonchi, To‘g‘li Xo‘ja, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Sayfi Saroyi kabi shoirlar turkiy she’riyat rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning bu sohada benazir o‘rni bor. Abdurahmon Jomiy ko‘p marta Samarqandda bo‘lgan. Ulug‘bek madrasasida tahsil ko‘rgan. Xo‘ja Ahror Vali kabi ulug‘lar bilan hamsuhbat bo‘lgan. Alisher Navoiy ham mashhur faqih Fazlulloh Abu Laysiy madrasasida o‘qigan, uni o‘ziga ustoz deb bilgan. Temuriylar davrida miniatura san’ati ham tez rivojlandi. Bu san’at turi qo‘lyozmalarni badiiy bezash ishlari bilan uyg‘un holda kamol topib brogan. Samarqand milliy miniatura san’ati rivojida musavvir Abdulhayning xizmatlari katta bo‘lgan. Amir Temur davrida yaratilgan noyob miniaturalar bugun Istanbul, Parij, London, Vashington, Sankt-Peterburg kabi shaharlarning muzey hamda kutubxonalarida saqlanmoqda. Amir Temur davrida turli diniy va dunyoviy ilmlar bilan birgalikda xatttotlik san’ati ham o‘z taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Amir Temur davrida Samarqand kulolchiligida badiiy sopolchilik alohida ajralib turgan. Rang-barang bezaklar, bo‘yoqlar bilan bezatilgan idish-tovoqlar kundalik ro‘zg‘or idishlaridan ko‘ra ko‘proq san’at namunalariga yaqin turgan. Mohir ustalar oltin, kumush, mis va bronzadan har xil idish-tovoqlar, shamdonlar, qurol-yarog‘lar yasagan. Bundan tashqari Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar payti topilgan 60 dan ziyod metal buyum XIV–XV asrlardagi Samarqand chilangarlik maktabi yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganini yaqqqol isbotlaydi. Bu yerda topilgan bronza va misdan yasalgan ko‘zalar, oftobolar, laganlar, kosalar, shamdonlar, eshik dastalarining sirtiga nozik kumush iplardan ajoyib naqshlar solinganki, ular jilosi bilankishini hayratga soladi. Temuriylar davrida Samarqandda zargarlik, shishasozlik, temirchilik ham yaxshi rivojlangan edi. Ularning ayrim namunalari dunyoning turli muzeylarida saqlanmoqda. Sohibqiron Amir Temurdan so‘ng bobosining bunyodkorlik, homiylik ishlarini davom ettirib, Samarqandning, umuman, temuriylar davlatining shon- shuhratini yuksak darajaga ko‘targan shaxs Mirzo Ulug‘bekdir. Ulug‘bek hukmronligi davrida Samarqandda 2 ta ko‘rkam madrasa qurildi. Ularda diniy ilmlar qatori dunyoviy fanlardan ham saboq berilgan. Boshqa mashhur olimlar bilan birga uning o‘zi ham haftada bir marotaba bu madrasalarda yoshlarga dars berar edi. Keyinchalik Buxoro va G‘ijdivonda ham madrasalar qurildi. Samarqanddagi Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda va 87 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Registon majmualari qurilishi poyoniga yetkazildi. Boshqa shaharlarda ham karvonsaroylar, tim, chorsu, hammom va boshqa inshootlar barpo etildi. Ulug‘bek ko‘p qirrali iste’dod sohibi edi. U, ayniqsa, adabiyot, tarix, matematika, astronomiya sohalariga qiziqqan. Uning eng buyuk ishlaridan biri- Samarqand shahrida Akademiya tashkil etganligidir. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olim Ulug‘bek rahbarligida fanning turli sohalarida izlanishlar olib borgan. Mirzo Ulug‘bek madrasasi iqtisodiy taraqqiyot, hunarmandchilik va savdo rivoji, madaniy yuksalish, ilm-fan ravnaqining natijasi hisoblanadi. Ulug‘bek madrasasining ilk davrida dunyoviy fanlarni o‘qitishga e’tibor berilib, madrasa ta’limini o‘tab, maxsus imtihonlar topsh
Доказательный фрагмент
«During the reign of Amir Temur and the Timurids, the development of science played a significant role in achieving historical, scientific, and cultural achievements.»
Образец извлечения
Демо-превьюDuring the reign of Amir Temur and the Timurids, the development of science played a significant role in achieving historical, scientific, and cultural achievements. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Samarqand, Amir Temur, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, hunarmandchilik, me’morchilik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025