К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLA SHAXSINING KOMMUNIKATIV QOBILAYATINI RIVOJLANTIRISHDA DOʻSTONA MUNOSABATNING O‘RNI

Hayotova Mukarrama Farxod qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The role of national values is incomparable in the development of a person to become a happy, mature person who can contribute to the development of society. National values help a person to grow spiritually, find peace of mind, and become a self-confident person. 504 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 National values purify a person's soul and heart, give strong will and strength. First of all, a person needs material and spiritual wealth in order to become a person who respects himself and others, who is necessary for society. This article examines the role of friendship in the development of a child's personality in preschool education. Key words: preschool education, child's personality, communicative ability, friendly attitude, management, social psychology. Kirish. Do‘stona munosabat – tarbiyalanuvchilar o‘rtasida yuksak ma’naviyat tamoyillari asosida shakllanadigan, o‘zaro ahillik va yaqinlikni anglatuvchi tushuncha. Bu tushncha umumiy manfaatlar, o‘zaro ishonch va chuqur hissiy munosabatlarga asoslangan tuyg‘u. Bu qadriyat sifatida ijtimoiy hayotda va shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Do‘stlik munosabatlari norasmiy, “yozilmagan” qoidalarga asoslanadi. Bunday munosabatlar har bir tarbiyalanuvchidan samimiylik, ochiqlik, o‘zaro ishonch, haqqoniylik, xayrixohlik fazilatlarini namoyon etishni talab qiladi. Asosiy qism. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar – bu bolalarning birinchi ijtimoiy birlashmasi hisoblanadi, bu jamoada bolalar turli faoliyatlarda o‘z muloqotlarini boshqaradilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘zaro do‘stona munosabatni shakllantirishda turli nizolarga duch kelish mumkin. Ulg‘aygan sari maktabgacha yoshdagi bolalarning tengdoshlariga bo‘lgan munosabati o‘zgarib boradi, bolalar o‘rtoqlarini ishchanlik xususiyatlariga qarab emas (qiziq o‘yinlarni tashkil etish malakasi, tengdoshlari bilan kelishib ishlashi, kattalarga, kichkintoylarga yordami), balki shaxsiy sifatlariga qarab ham, ayniqsa, axloqiy sifatlariga qarab ham baholay boshlaydilar. Bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish qobiliyatining rivojlanganligini o‘rganishda katta yosh guruhida bolalar orasida tanlanish munosabatlari o‘rnatiladi. Bolalar tengdoshlari o‘rtasida har xil o‘rinni egallay boshlaydilar; ba’zi bir bolalarni bolalar boshqalardan ko‘proq tanlaydilar, ba’zi birlarini kamroq tanlaydilar. Bolalar tomonidan tanlanish boshqaruvchilik tushunchasi bilan bog‘liq. Boshqaruvchilik ijtimoiy psixologiyada asosiy ahamiyatga ega. Boshqaruvchilik ba’zi bir bolalarga boshqarish imkoniyatini yaratib, boshqalarga boshchilik qilish, ularni maqsad sari olib borish imkoniyatini yaratadi. Boshqaruv jarayoni, birorta guruh faoliyatini tashkillashtirishda aniq maqsad qo‘yish va unga erishishda o‘z ifodasini topadi. Bunday tasavvurni maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun ifodalash qiyin, asosan maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llash mumkin emas, chunki bu yoshda hech qanday maqsad va vazifalar belgilanmaydi, bunda ijtimoiy ta’sir to‘g‘risida gapirish mumkin emas. 505 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Ayrim bolalarni tanlash bu tashqi tomondan tanlanish hisoblanadi. Bu tanlanish faqat shu bolalarga intilish xolos. Shuning uchun aynan shu yoshda liderlik ustida emas, balki bolalarning bir - biriga intilish va hammaga taniqli bo‘lishi haqida gapirish mumkin. Bolalarning taniqli bo‘lishi tengdoshlari orasida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolaning guruhdagi tengdoshlariga munosabati qanday taraqqiy etishiga qarab bolaning kelgusidagi shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyoti qay darajada rivojlanishini belgilash mumkin. Guruhdagi bolalarning o‘rni (ularning tanlanish va rad etilishi) sotsiometrik usullar orqali o‘zaro (o‘zaro bo‘lmagan) bolalarning tanlovini aniqlashga yordam beradi. Kоmmunikаtiv qоbiliyat – bu pеdаgоgik o‘zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus ko‘rinishgа egа bo‘lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir. Psiхоlоgik аdаbiyotlаrdа kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrning bir qаnchа turlаri аjrаtib ko‘rsаtilаdi: 1) insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа, uning аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-аtvоrini ichki оlаmi bilаn bоg‘liqlikdа ko‘rib chiqish, yuz, qo‘l, gаvdа hаrаkаtlаrini “o‘qish” ko‘nikmаsi) 2) insоnni o‘z-o‘zini аnglаy оlishi (o‘z bilimi, qоbiliyati, o‘z хаrаktеri vа bоshqа qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа аtrоfdаgilаr ko‘zi bilаn bаhоlаsh); 3) mulоqоt vаziyatini to‘g‘ri bаhоlаy оlish ko‘nikmаsi (mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo‘lish bеlgilаri hаqidа ko‘prоq ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e’tibоrni qаrаtish, yuzаgа kеlаyotgаn vаziyatning ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to‘g‘ri idrоk etish vа bаhоlаsh).O‘qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullariTa’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. Bolalarda do‘s

Доказательный фрагмент

«The role of national values is incomparable in the development of a person to become a happy, mature person who can contribute to the development of society.»

Образец извлечения

Демо-превью

The role of national values is incomparable in the development of a person to become a happy, mature person who can contribute to the development of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preschool education, child's personality, communicative ability, friendly, doʻstona munosabat, kommunikativ qobilayat, ijtimoiy psixologiya., maktabgacha ta’lim, boshqaruvchilik, bola shaxsi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники