К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA HASHAROTLAR BILAN TANISHTIRISH ORQALI EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Yo‘ldosheva Muattar Jamol qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article provides feedback on the content and importance of ecological education for preschool children through introduction to insects. Keywords: preschool children, insects, ecological education, methodology, animals, introduction methodology. Kirish. Jahon ilm-fanida global ekologik muammolarning barcha sohalar rivojiga, atrof- muhit barqarorligiga, ekologik vaziyat xususiyatlari va munosabatlar xarakteriga ta’sirini ilmiy- nazariy o‘rganish, uning ijtimoiy munosabatlardagi rolini tadqiq etish, barqarorlikni ta’minlashda inson ekologik madaniyatini shakllantirishga oid tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli ilmiy-nazariy va mafkuraviy jarayonlardan tahlil etilgan tadqiqotlar, ekologik madaniyat modellariga oid nazariyalar, ta’limotlar va g‘oyalar ekologik globallashuv jarayonida yoshlar ekologik madaniyatini yanada takomillashtirishni, uning ekologik ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishni va xalqaro standartlarga moslashtirishni ilgari surmoqda. 484 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Shu munosabat bilan o‘quvchilar ekologik madaniyatini yuksaltirishning, ta’lim muassasalari va ekologik tarbiyaga aloqador subyektlar vazifalarini optimallashtirishning ijtimoiy mexanizmlarini tadqiq etish zarurati ortib bormoqda. Asosiy qism. Maktabgacha yoshdagi bolalarga hasharotlar bilan tanishtirish orqali ekologik tarbiya berishda xulq-atvorida ekologik madaniyat, ekologik bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, estetik tajribalar asosida shakllanadi. Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda. “Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur. Albatta, bunday muammolarni faqat ma’muriy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin. …Ushbu yo‘nalishda fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish samarasini ta’minlashga doir muvofiqlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarur”[1. B.392.] Shu sababli baraqaror ekologik muhitni yaratishning, o‘quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirishning yangi zamonaviy modelini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishning hamda “ekologik shaxs”ni tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini asoslab berish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ekologik soha bilan bog‘liq ilmiy-falsafiy muammolar atroflicha tadqiq qilingan. Jumladan, H.Ahmedov, S.Mamashokirov, H.Salomova, O‘.Tilavov ishlarida barqaror ekologik taraqqiyot va xavfsizlikning milliy, hududiy va global muammolari bayon etilgan. A.Berdimurotova, B.N.Omonov o‘z asarlarida Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarga doir ilmiy qarashlarini bayon qilganlar. A.Q.Aymatov, Z.Y.Adilov, S.U.Kistaubayev, Sh.B.Samanova, Z.SH.Yazdonov, U.G’.Saidova, X.Juraqulov, F.Qilichev, A.Qo’ldoshev dissertatsiyalarida esa shaxs ekologik ongini shakllantirish masalalari talqin etilgan. Maktabgacha yoshdagi bola tirik mavjudotlarga hamdard bo‘lishni o‘rganishi kerak: jonli mavjudot xafa bo‘ladi, uni sevish kerak, hayvonlarga ozor berish mumkin emas, tabiat yaratgan narsalarni yo‘q qilishga haqqimiz yo‘q. Biz bolalar ongiga o‘zimizni o‘rab turgan olam, barchamiz yashaydigan ulkan uy kabi tuyg‘uni uyg‘otishimiz kerak. Ekologik ta’limning asosiy shakllari:  To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'lim faoliyati-Faoliyat bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini tashkil etishning yetakchi shaklidir.  Ekskursiyalar  Ekologik bayramlar va hordiq 485 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4  Kundalik hayotda bolalarni tabiat bilan tanishtirish Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim standarti, Maktabgacha ta’lim konsepsiyalarining ishlab chiqilishi va tadbiq qilinishi umumiy pedagogik jarayonning muhim qismidir. Har qanday jarayonda bo‘lgani kabi tarbiyachilar ham o‘zlarida mavjud bo‘lgan barcha ta'lim usullari va usullaridan foydalanishga harakat qilishadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’lim berishning bir necha shakllari mavjuda. Bular: Vizual, amaliy, og‘zaki. Vizual usul – yuz marta aytishdan ko‘ra, bir marta ko‘rsatgan ma'qul, ayniqsa, bolalar va ularning tabiat bilan munosabatlari haqida. Ekologik ta'limda vizual usullar: kuzatishlar, rasmlarni ko‘rish, modellarni namoyish qilish, slaydshou. Vizual usullar – bolalarning bilim faoliyati imkoniyatlariga to‘liq mos keladi, ularga tabiat to‘g‘risida jonli, aniq g‘oyalarni shakllantirishga imkon beradi. Amaliy usul – o‘yinlar, tajribalar, modellashtirish. Ushbu usullardan foydalanish

Доказательный фрагмент

«This article provides feedback on the content and importance of ecological education for preschool children through introduction to insects.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides feedback on the content and importance of ecological education for preschool children through introduction to insects. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preschool children, insects, ecological education, methodology, animals, maktabgacha yoshdagi bolalar, metodika, hayvonlar, ekologik tarbiya, hasharotlar, tanishtirish metodikasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники