К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA TABIATSHUNOSLIK, EKOLOGIK VA GEOGRAFIK TASAVVUR VA TUSHUNCHALARNI HOSIL QILISH METODIKASI

TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI · Hasanova Shahzoda Zafarjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Positive national traditions in work and life play a major role in the upbringing of a child in an Uzbek family. The tradition of hospitality, which has a long history, has recently been enriched with social concepts and forms. Raising the younger generation is a complex and multifaceted process. This article provides feedback on the pedagogical possibilities and scientific theoretical foundations of the successful upbringing of preschool children in the family. Keywords: preschool education, spiritual needs, education, family, educational institution, pedagogical conditions. 450 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Kirish. Darhaqiqat, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni har tomonlama, ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhum va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizni taqozosidir. Inson va kalejak avlodning baxt-saodati haqida, uning ta’lim-tarbiyasi dolzarb masala sanaladi. Asosiy qism. Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak? - degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ko‘pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Aynan maktabgacha davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida va umuman hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beruvchi umuminsoniy xislatlari shakllanadi. Bularning barchasi bolaning muvaffaqiyatli tarbiya olishi, shaxsiy faolligi, oiladagi ijobiy muhitda kattalarning qo‘llab-quvvatlashi orqali rang-barang faoliyatlarda rivojlanadi. Maʼrifatparvar olim Abdurauf Fitrat bola tarbiyasida oila eng asosiy rol oʻynashiga eʼtibor qaratadi va quyidagi fikrni keltiradi: “Bolalar suvga oʻxshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda boʻlsa, oʻsha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda boʻlsalar, oʻsha muhitning ham shunday odat va axloqini qabul qiladilar”. Oila va maktabgacha taʼlim tashkiloti – ikki tarbiyaviy fenomen ularning har biri bolaga ijtimoiy-madaniy tajribani beradi, lekin ular bir-biri bilan birga boʻlgandagina kichkina insonni katta olamga kirib borishi uchun optimal pedagogik shart-sharoitlar yaratib beradi. Buning uchun bu kuchlarni birlashtirish va oʻzaro hamkorlikni samarali tashkil etish muhim sanaladi. Oila jamiyatning boshlangʻich boʻgʻini hisoblanadi. Bola tarbiyasida oilaning masʼuliyati yuqori sanaladi. Bolalarni aqlan yetuk, jismonan sogʻlom etib tarbiyalash hamda mustaqil fikrlash koʻnikmaga ega boʻlishida tarbiyachi va ota-onalarga muhim vazifalar yuklatiladi. Oilada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga yaxshiroq ta`sir ko‘rsatish uchun avvalambor ularni sevish va hurmat qilish lozim. Chunki kuzatishlardan ma`lum bo‘lishicha bolalar ularni seva olgan hurmat qila olganlarning qadrlaydilar, bergan maslahat va yo‘l- yo‘riqlarning, turli topshiriqlarni bajonidil ado etadilar. Zero, ota-onaning mehr-muhabati, chinakam hurmati bolalarda eng go‘zal axloqiy tuyg‘ularni, ayniqsa qadryatni his qilishda yordam beradi. Bu esa unda kattalar orasida ham kamyop bo‘lib qolgan insoniylik sifatlardan hisoblanadi. Bolaning kelajakda qanday inson bo‘lib yetishishi ko‘proq ota-onasi va o‘z oilasiga hamda unda tarkib topgan muhitga bog‘liq. “Bola ota-onasidan qayerga ortib boradi” degan gap ayni haqiqat. Demak, farzandlar ota-onalarini davomchilaridir. 451 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Yusuf Xos Xojib “oiladagi” eng ulug‘ fazilat ezgu qiliq va go‘zal hulqdir. Ikkinchisi rostlik, uchinchisi hayot hisoblanadi. Mana shu uch fazilat birlashsa kishi baxtiyor bo‘ladi, qut iqbol uning huzuriga bosh urib keladi. Chunki kishining xulqi go‘zal bo‘lsa uni barcha xalq sevadi. “Xulqi yuz bo‘lgan kishiga to‘rdan joy tegadi” - degan edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada muvaffaqiyatli tarbiyalash xususida gapirilganda yuqorida eslatib o‘tganimizdek, uning asosiy manbasi oiladagi muhabbat, ishonch, o‘zaro hurmatni tashkil qiladi. Hech kimga sir emaski, oilaning ko‘rki ham totuvligi ham bekamu ko‘stligi ham farzandlarning qobilu mo‘minligi ham, muvaffaqiyatli tarbiya berishga bog‘liq. Oilda ota-onaning shu oiladagi kattalarni yurish turishidan tartib so‘z madaniyati, kiyinishi, kishilar bilan muomalasi, xatto atrof-muhitga munosabati va shu singari oddiy bo‘lib ko‘rinadigan xolatlar ham bola tarbiyasiga katta ta`sir qiladi. Hozirda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni yetuk kishilar qilib tarbiyalash, tarbiya berish muhim vazifa sanaladi. Chunki, millatimiz ertasi, jamiyatimizning kelgusi tarbiya qilayotgan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarimiz qo‘lida. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni axloqan pok, jismonan sog‘lom, yetuk kishilar qilib tarbiyalash oilaning oldiga qo‘yilayotgan eng muhum talablardan biridir. Buning uchun har bir ota-ona o‘z farzandining ezgu maqsadga intiluvchan, kattalarni e`zozlaygig

Доказательный фрагмент

«Positive national traditions in work and life play a major role in the upbringing of a child in an Uzbek family.»

Образец извлечения

Демо-превью

Positive national traditions in work and life play a major role in the upbringing of a child in an Uzbek family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preschool education, spiritual needs, education, family, educational, sensor apparat, elektron darsliklar, ekskursiya., ko‘nikma, sadoqat, Qobiliyat, dunyoqarash, sayr, kuzatuvchanlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники