К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRZO ULUG’BEKNING “TARIXI ARBA-ULUS” ASARI O’RTA OSIYO TARIXINI O’RGANISHDAGI MUHIM MANBA

O’RGANISHDAGI MUHIM MANBA · Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li · Teshayeva Shahzoda Rahim qizi · Shimoliy Afg’oniston, bob · V.Bartold, ilm-fan.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mirzo Ulug’bek buyuk olim va ilm-fan hamda madaniyat homiysi sifatida tarixda qoldi. Samarqand uning zamonida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Uning bizgacha 2 ta asari ma’lum birinchisi Ziji Jadidi Ko’ragoniy, ikkinchishi Ulus-i arba’yi Chingizxon (Chingiziylarning to’rt ulusi tarixi) yoki Tarixi arba’ ulus (To’rt ulus tarixi) nomi bilan mashhur asar sanaladi ushbu asar O’rta Osiyo tarixini yoritishda muhim asarlar sirasiga kiradi. Kalit so’zlar: Tarixi arba-ulus, Mirzo Ulug’bek, Chingizxon, mo’g’ullar, Koshg’ar, Yettisuv, Movarounnahr, Shimoliy Afg’oniston, bob, V.Bartold, ilm-fan. Mirzo Ulug’bek ham aloma ham hukmdor sifatida tarixda qolgan. Mirzo Ulug’bek deganda ko’z oldimizga buyuk sarkarda yoki shoh emas balki buyuk mutafakir olim, astronom ko’z oldimizga gavdalanadi. Uning “Tarixi arba-ulus” nomli asari To’rt ulus tarixi haqida hikoya qiladi. Ulusi arba’-yi Chingiziy (Chingiziylar to’rt ulusi (tarixi) yoki Tarixi arba’ ulus (To’rt ulus tarixi) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish tashabbuskori XV asrda o’tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shohruh Mirzoning o’g’li Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bekdir. U 1394-yil 22-martda Amir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida, Eron Ozarbayjonida tug’ilgan. Amir Temur saroyida hukm surgan an’anaga ko’ra, shahzoda Sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim - Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi vaqt o’tgach, 1395-yili Amir Temur Saroymulk xonim va nabirasini Shohruhga qo’shib Samarqandga jo’natadi. Tarixi arba’ ulus muqaddima va yetti bobdan iborat. Muqaddimada o’rta asrlarda tarixchilar o’rtasida hukm surgan an’anaga ko’ra, tangri taolo va uning elchisi Muhammad payg’ambar avlodlari sha’niga aytilgan hamd va na’t (maqtovlar), Odam atoning yaratilishi va islomiyatdan awal o’tgan payg’ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas 399 Mart, 2025-Yil ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk-mo’g’ul qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan. Kitobda Odam atoning yaratilishi va islomiyatdan awal o’tgan payg’ambarlar, turklarning afsonaviy otabobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk- mo’g’ul qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan. Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston zaminida podshohlik qilgan avlodi Abuljaxon, Dibokuyxon, Kuyukxon va boshqalar, mo’g’ul va turk qavmlari va ularning podshohlari tarixi bayon etilgan. I bobda Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston zaminida podshohlik qilgan avlodi Abuljaxon, Dibokuyxon, Kuyukxon va boshqalar, tatar-mo’g’ul va turk qavmlari va ularning podshohlari tarixi bayon etilgan. II bob turk-mo’g’ul xalqlarining afsonaviy onasi Alangkuva va undan tarqalgan avlod, yani podshohlar Buzunjon qoon, Buqoxon, Dutimenxon, Qobulxon va boshqalar tarixi bayonini o’z ichiga oladi. III Kitobning bobida Chingizxon tarixi bayon etilgan. IV bob Ulug’ yurt, yani Mo’g’iliston va Shimoliy Xitoyda hukmronlik qilgan Chingizxon vorislari tarixiga bag’shlanadi. V bob Chingizxonning to’ng’ich o’g’li Jo’jixon naslidan bo’lgan 33 xonning Dashti qipchoqdagi hukmromligi bayon etilgan. VI bobda Elxoniylar, ya’ni Eron hamda Ozarbayjonning XIII-XIV asrlardagi tarixidan bahs yuritiladi. VII bobda Chig’atoy ulusining, Koshg’ar, Yettisuv, Movarounnahr, Shimoliy Afg’oniston hududidagi XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham aytish kerakki, muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor xon ustida qisqa va alohida-alohida to’xtalib, ularning davrida sodir bo’lgan voqealardan eng muhimlarini bayon etgan. Tarixi arba’ ulus asarining ayrim qismlari, xususan uning to’rtinchi qismi, ko’p jihatdan Sharafuddin Ali Yazdiyning Muqaddimayi Zafarnomasiga o’xshab ketadi. Lekin, Ulug’bek asari birmuncha mukammaldir. Bundan tashqari, unda to’rt ulus o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, o’zbek etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning to’rt mo’tabar qo’lyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va to’rtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. Mirzo Ulug’bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838-yili Mayls tomonidan Angliyada chop etilgan. O’zbekcha tarjimasi B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar tomonidan bajarilib, 1994-yili Toshkentda chop etildi. 400 Mart, 2025-Yil Mirzo Ulug’bekning Tarixi arba’ ulus asari O’rta Osiyo va Qozog’istonning XIII-XIV asrlardagi tarixini o’rganishda, xususan Chig’atoy ulusi tarixini bilishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan muarrixlar uchun ham Ulug’bekning bu asari asosiy manba bo’lib xizmat qilgan “Tarixi arba’ ulus” asarida to’rt ulus o’rtasidagi siyosiy munosabatlar, “o’zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning to’rt mo’tabar qo’lyozmasi bizgacha yetib kelgan.

Доказательный фрагмент

«Mirzo Ulug’bek buyuk olim va ilm-fan hamda madaniyat homiysi sifatida tarixda qoldi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mirzo Ulug’bek buyuk olim va ilm-fan hamda madaniyat homiysi sifatida tarixda qoldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Koshg’ar, Shimoliy Afg’oniston, bob, Chingizxon, ilm-fan., Yettisuv, V.Bartold, Mirzo Ulug’bek, Movarounnahr, mo’g’ullar, Tarixi arba-ulus
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники