American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Til birliklariga kognitiv yondashuv
Захро Халикова (Шахрисабзский государственный педагогический институт)
Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 2026
Аннотация
Ushbu maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va uning mohiyatini aniqlashga oiddir. Maqolada tavsifiy metoddan foydalanilgan. Maqolada til birliklari alohida tasnif qilinib, ularning kognitiv vazifasi ochib berilgan. Maqola oxirida xulosa mavjud. Kalit so‘zlar: Konsept, kognitiv yondashuv, olamning lisoniy manzarasi,so‘z, so‘z birikmasi, gap, freym, script. Bizga ma’lumki, tilning muhim vazifalaridan biri kommunikativligidir. Ammo keyingi davr tilshunosligidagi konsept, kognitiv yondashuv, olamning lisoniy manzarasi masalari tilning ma’lumotlarni saqlash, tushunchani nomlash, milliy madaniyatni ifodalash, dunyo haqdagi bilimlarini shakllantirish kabi vazifalarini ko‘rsatadi Til hodisalariga kognitiv yondashuvning rivojlanishi uni bizning ongimiz va aqlimizning kontseptual va kognitiv tuzilishilaridagi ma’lumotlar manbai sifatida tushunishga yordam berdi. Kognitiv yondashuv tadqiqot obyektini umumyaxlitlash va leksik ma’nodagi tarkibiy qismlarni tahlil qilish usullarini kengaytirishga imkon beradi. Kognitiv lingvistikada barcha til jarayonlari insonning bilish faoliyati bilan olamni kontseptuallashtirish va kategoriyalashtirishga xizmat qiladi47. Aynan olamni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish til birliklarining kognitiv tomoni ochib berishda dastlabki bosqich hisoblanadi. Tilshunoslikda mentallik xususiyatiga ega bo‘lgan til birliklari belgilar tizimi sifatida tushuniladi va ular vositasida inson o‘zini o‘rab turgan obyektiv olamga xos xususiyatlarni asta- sekinlik bilan anglaydi, voqelik faktlarini o‘zlashtira boradi. Ana shu holatda tilning o‘z ijtimoiy vazifalarini namoyon etishi bevosita amalga oshiruvchini – inson ishtirokini taqozo qiladi. Zamonaviy tilshunoslikning an’anaviy tilshunoslikdan farqi shundaki, unda lisoniy hodisalar mohiyatini ochib berishda belgining ifoda va mazmun planiga emas, balki mazkur jarayonni amalga oshiruvchi inson omiliga, insonning bu jarayondagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi. Kognitiv tilshunoslik shu asosda inson ongidagi milliy-madaniy, ruhiy-falsafiy, qomusiy, mantiqiy bilimlari zahirasi va ularni nutqning og‘zaki va yozma shakli orqali namoyon bo‘lishini ta’minlovchi vosita – tilni ongga bog‘liq holda o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va lingvistik tadqiqotlarda shunga asoslanadi. Til birliklariga bunday yondashuv birlikning barcha qirralarini ochib beradi. Bundan tashqari har bir til birligi vazifasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, so‘z bilan so‘z birikmasini turlicha kognitiv tahlil qilinadi. Til birliklarining tahlil jarayonidagi barcha natijalar kognitiv bilim berishda xizmat qiladi. Til birliklari insonning olamni anglashda birlamchi vositalar hisoblanadi. Ularining har birida umumiy, xususiy ma’nolar va har bir inson tafakkurida takrorlanmas obrazi mavjud. Tovush. Tildagi har bir tovush o‘zining obrazi va nutqdagi ko‘rinishiga ega.Har bir tovushning tilda o‘z vazifasi bor. Masalan A tovushi yuklama O‘n to‘rt so‘m berasiz.- A, o‘n to‘rt so‘m (Oybek.Tanlangan asarlar).48 Yasovchi qo‘shimcha: Son+a = sana, qiyin+a=qiyna. Alifbodagi birinchi harf, o‘rganishdagi birinchi harf, qalam so‘zida qattiq, maktab so‘zida yumshoq , a harfining ma’no-vazifalari juda ko‘p. Yapon tilidagi a bilan ingliz tilidagi a harfining umumiy va xususiy farqlari va birlashtiruvchi belgilari bor. U haqida cheksiz ma’lumotlar bor. 47 Shodieva Shoxida Inatovna.TILSHUNOSLIKDA KOGNITIV YONDASHUV.Образование и инновационные исследования (2023 год № 7) 48 O‘zbek tilining V jildlik izohli lug‘ati I jild. – Toshkent. 26-bet. 292 Ularning barchasi kognitiv bilim beruvchi ma’lumotlardir. Bular har bir insonning tajribasi, bilimiga ko‘ra lisonida voqelanadi. So‘z. Boshqa til birliklaridan farqli o‘laroq so‘zning vazifasi kognitiv faoliyat asosini tashkil etadi.Tabiatdagi barcha mavjudotlar, his-tuyg‘ularning nomlashda ishtirok etishning o‘zi kognitiv vazifadir. Bir so‘zning grammatik , semantik ma’nolari, mantiqiy hukmlar barchasi kognitiv yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ular insonlarning har birida tajriba, bilimiga ko‘ra voqelanadi. Bir so‘z bir tushuncha yoki narsani anglatish uchun xizmat qilishidan tortib talaffuzi, turli tillarda turli ma’no anglatishigacha kognitiv tilshunoslik uchun muhim hisoblanadi.Chunki ularning har biri o‘rganishni osonlashtiradi. So‘z birikmasi. So‘zdan ko‘ra aniqroq, xususiyroq ma’nolarni anglatadi. Masalan, Kitob so‘zining ma’nosidan, ukamning kitobi, Qizil kitob, qiziqarli kitob,kitobga yozmoq, qiziqarli kitob ma’nosida kitob ma’nosi aniqroq. Gap. Gapdagi ma’no yanada aniqroq. Gap tarkibidagi so‘zlar aynan nima uchun xizmat qilishini gap anglatgan ma’nodan bilib olish mumkin. Demak, til birliklarida ma’no bosqichma- bosqich aniqlashib boradi. Yuqoridagi tasnifdan tashqari kengroq ma’noda til birliklariga iboralar, maqollar, hikmatli so‘zlar, predloglarni (ingliz tilida) ham kiritishimiz mumkin. Chunki ular ham tilning ma’no anglatuvchi vositalari hisoblanadi. Iboralarning kognitiv tahlili ancha murakkab. Har bir iborada lingvokognitiv ma
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va uning mohiyatini aniqlashga oiddir.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va uning mohiyatini aniqlashga oiddir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- слово, фраза, linguistic view of the world, kognitiv yondashuv, Konsept, script., olamning lisoniy manzarasi, so‘z birikmasi, когнитивный подход, gap, script, word, сценарий, Concept, so‘z, языковая картина мира, frame, sentence, фрейм, freym, cognitive approach, предложение, phrase, Концепция
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025