Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Работа над речевой компетентностью и техникой коммуникации
Shakhnozakhon KHALIKOVA
Общество и инновации · 6 · 97-101 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлены идеи, связанные с коммуникативный аспект, проблемами речи и речевой культуры, вопросами развития стилистическая норма, общения. Умение студентов говорить в соответствии с произношение, фонетическими, грамматическими, лексическими и речевая компетентность, правильное роизношение. стилистическими нормами узбекского литературного языка может быть основой их умения эффективно общаться. 1 PhD, Acting Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute. E-mail: xoliqovashahnoza86@gmail.com Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 Muloqot qilish, so‘z san’ati haqida o‘ylash, fikrlash azal-azaldan buyon xalqimizning diqqat e’tiborida bo‘lgan. Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayon hisoblanib, kishilarda faoliyat davomida bir-birlari bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. O‘zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining asosiy unsuri hisoblanadi. Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni – jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi. Bu ehtiyoj albatta nutq orqali amalga oshadi. Shu bois inson farzandi tug‘ilganida uning “tili chiqishi” go‘dak hayotidagi muhim hodisalardan sanaladi. Agar vaqtida gapirishni boshlamasa, ota-onalar chuqur xavotirga tushishadi va darhol shifokor tekshiruviga olib borishadi. Shuning uchun ham muloqotning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Ona tili o‘qitishda maktabning vazifasi o‘quvchilarni o‘zbek adabiy tilining fonetik, grammatik va leksik, stilistik me’yorlariga rioya qilgan holda so‘zlash malakasiga ega qilishdan iboratdir. Ularga orfoepik me’yorlarni singdirish ham shu ishning ajralmas tarkibiy qismidir. Adabiy til me’yorlarini egallashda, orfografiya bilan bir qatorda, to‘g‘ri talaffuz ham muhim ahamiyatga ega. Bu narsa bir masalaning ikki tomonidir. Adabiy til talaffuz normalaridan chetlashish, o‘zaro fikr olishuvida, yozuv chalasavodligi bilan tengdir.[1] Nutqiy muloqot samarasidagi sifatni ta’minlovchi asosiy jihatlardan yana biri albatta – bu to‘g‘ri talaffuzdir. Chunki inson har qancha go‘zal, kiyinishlari bashang, qaddi-qomati kelishgan bo‘lmasin, undagi ohang, so‘zlaridagi talaffuz yaxshi bo‘lmas ekan, muloqotning sifati ham shunga yarasha bo‘ladi. Shoir Iqbol Nazarov aytganidek: Bilsa kishi so‘z qadrini, Yuksak tutar o‘z qadrini. Angla talaffuz qadrini, Nutqing ravon bo‘lsin, bolam. (Iqbol Nazarov)[2] Ta’kidlash o‘rinliki, har bir bolada muloqot jarayonida o‘z nutqiga va nutqning til elementlariga ongli va ixtiyoriy munosabatda bo‘lishni amalga oshirish, talaffuzining to‘g‘riligiga e’tibor qaratish umumta’lim maktablaridagi ona tili darsining muhim vazifalaridan biridir. Muloqotni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nutq tadbirkorligidan unumli foydalanishimiz kerak. Chunki “Nutq tadbirkorligini singdirish maktabda ona tili mashg‘ulotlarining bosh vazifasidir. Shuning uchun birinchi soatdan boshlab oxirgi mashg‘ulotgacha ona tili darslari o‘quvchilarda nutq tadbirkorligini tarbiyalashga xizmat qilishi kerak”,[3] degan edi A.Q.G’ulomov va B.Sh.Qobilovalar ham. Shu o‘rinda prof. Sh.Yusupovaning “O‘qituvchi kitobi” deb nomlangan o‘quv metodik qo‘llanmasida talabalarning o‘quv jarayonining asosiy ishtirokchisi ekanini, ularning faol bo‘lishiga to‘siq bo‘luvchi omillar sifatida quyidagilarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlaydi: 1. Gapirishdan qo‘rqish hissi. 2. Talabaning bildirayotgan fikrlariga hurmatsizlik bilan qarash. 3. Berilgan materialni yodlab olishga yo‘l qo‘ymaslik. 4. Bilim oluvchining xotira va qobiliyatini hisobga olmaslik. 5. O‘qishga bo‘lgan qiziqish motivasiya hosil qilishga keng yo‘l ochib bermaslik. 98 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 Va bu kabi to‘siqlarga chora sifatida, o‘qishga ishtiyoq, qiziqish uyg‘otish, ayniqsa, o‘zining muvaffaqiyatidan xuzur topib, mamnun bo‘lishga odatlantirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ham aytib o‘tadi.[4] Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish bajarilishi muqarrar bo‘lgan vazifalarning eng muhim omiliga aylangan. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi renessans poydevorini yaratishni asosiy maqsad qilib belgilaganligi ta’lim sohasiga aloqador bo‘lgan har bir shaxsni befarq qoldirmasligi kerak. Bu borada olib borilayotgan islohotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tortib umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatlariga qadar ta’sir etadi. Shunday ekan, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, ona tilini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish, ayniqsa, talaba va o‘qituvchilarning muloqot madaniyatini rivojlantirish zarur masalalardan biridir. Ma’lumki, har bir fanni o‘zlashtirish, avvalo, ona tilimiz orqali amalga oshadi. Hattok
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлены идеи, связанные с коммуникативный аспект, проблемами речи и речевой культуры, вопросами развития стилистическая норма, общения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлены идеи, связанные с коммуникативный аспект, проблемами речи и речевой культуры, вопросами развития стилистическая норма, общения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp97-101, стилистическая норма, stilistik me’yor, речевая компетентность, communication aspect, коммуникативный аспект, произношение, correct pronunciation, to‘g‘ri talaffuz, muloqot aspekti, stylistic norm, speech competence, pronunciation norms, nutqiy kompetentlik, правильное произношение, talaffuz normalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024