Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Arab va O‘zbek tillaridagi kelishiklarning qiyosiy tahlili
Why Study Word Formation?
Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 1926
Аннотация
Maqolada arab va o‘zbek tillarida kelishiklar va ularning o‘zaro o‘xshash hamda farqli xususiyatlari, ularga xos jihatlar misollar yordamida tahlil qilingan. Arab tili flektiv til 250 bo‘lganligi sababli ko‘p jihatdan o‘zbek tilidan farq qiladi. Xususan, kelishiklar va ularning vazifalari, turli ma’no ifodalashi jihatdan ikki til xususiyatlari qiyoslangan. Kalit so‘zlar: ot, ism, kelishik tizimi, bosh kelishik, tushum kelishigi, chiqish kelishik, qaratqich kelishigi, tovush o‘zgarishlari. Otlarga qo‘shilib, ularni o‘zidan keyin kelgan boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishiklaring soni tillarda bir xil emas. Hozirgi zamon ingliz tilida ikkita, nemis tilida to‘rtta, arab tilida uchta, o‘zbek va rus tillarida oltita, eston tilida o‘n beshta, venger tilida esa yigirmatadan ortiq kelishiklar bor. Xitoy-tibet tillarida va hozirgi fransuz tilida kelishik umuman yo‘q. Bu tillarda kelishik ma’nosi boshqa grammatik vositalar yordamida ifodalanadi. Biz quyida kelishiklar qiyosini o‘zbek va arab tillari misolida tahlil qilamiz. O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har birining o‘z shakli va vaziaflari mavjud. Bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?, qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot, kesim, undalma vazifasida keladi. Masalan: 1.Aziza – 2-bosqich talabasi. 2.O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 3.Toshkent, munchalar go‘zalsan! Qaratqich kelishigi -ning qo‘shimchasi orqali bog‘lanish sodir bo‘ladi va bunda qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z-qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigida tovush tushish hodisasi ham kuzatilishi mumkin: men+ning=mening. Tushum kelishigi -ni qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanib keladi. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon kelsa, ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Masalan, kitobni o‘qidim - kitob o‘qidim. Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Bu kelishik shaklida ham tovush tushish hodisasi ro‘y beradi: men+ni=meni. Jo‘nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa qo‘shimchalariga ega bo‘lib, o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi, to‘ vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. [Sayfullayeva, 2009, 211] Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llaniladi. Jo‘nalish kelishigida tovush almashinishi va tovush ortirilishi hodisalari ro‘y berishi mumkin. Masalan: yurak+ga = yurakka, qishloq+ga=qishloqqa, u+ga=unga. O‘rin-payt kelishigi -da qo‘shimchasini oladi va o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qism ifodalagan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda?, nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Bu kelishik shaklida tovush ortishi hodisasi kuzatilishi mumkin. Misol uchun: u+da=unda. Chiqish kelishigi -dan qo‘shimchasini oladi va u o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan?, nimadan?so‘roqlariga javob bo‘ladi va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi. [Sayfullayeva, 2009, 211] Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga qo‘shilib, nima sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi. Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilinishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. 251 Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi. Bu kelishik shaklida ham tovush ortishi hodisasi ro‘y berisbi mumkin. Masalan: u+dan=undan. Arab tilda uchta kelishik bor va u 'i)بٌ ارَ عْ إ deb ataladi. Ular: 1.Bosh kelishik. 2.Qaratqich kelishigi. 3.Tushum kelishigi. Bu kelishiklar o‘ziga xos qo‘shimchalarga ega bo‘lib, o‘zbek tilidagi qolgan qo‘shimchalar vazifasini predloglar deb atalmish so‘zlar bajaradi. Kelishikda turlanayotga so‘z ikkala jinsda ham noaniq holatda bosh kelishik shakli ٌ _(-un) qo‘shimchasini oladi. Aniq holatda esa ٌ _(-u) qo‘shimchasini oladi. Qaratqich kelishigida turlanayotgan so‘z ham huddi shu tartibda ikkala jinsda ham noaniq holatda ٌ _(-in)qo‘shimchasini, aniq holatda esa ٌ (-i) qo‘shimchasini oladi. Tushum kelishigi ikkala jinsda ham noaniq holatdaا ً_(-an) qo‘shimchasini, aniq holatda esa ٌ _qo‘shimchasini oladi. Bu turlanish uch kelishikli turlanish deyiladi va shu yo‘sinda turlanuvchi
Доказательный фрагмент
«Maqolada arab va o‘zbek tillarida kelishiklar va ularning o‘zaro o‘xshash hamda farqli xususiyatlari, ularga xos jihatlar misollar yordamida tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada arab va o‘zbek tillarida kelishiklar va ularning o‘zaro o‘xshash hamda farqli xususiyatlari, ularga xos jihatlar misollar yordamida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- accusative case, chiqish kelishik, declension system, звуковые изменения., система склонения, bosh kelishik, accusative, noun, имя, ism, case, name, kelishik tizimi, tovush o‘zgarishlari., существительное, qaratqich kelishigi, винительный падеж, падеж, ot, tushum kelishigi, sound changes.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025