Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING AQLIY FAOLIYATINI SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI
Salohiddinova Lobar Qahramon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati va qo‘llanish yo‘llari ko‘rsatilgan. O‘yinlar orqali o‘quvchilarning bilimini shakllantirish ahamiyati berilgan. Ularni dars jarayonida qo’llash orqali dars mohiyatini ochish oʻquvchilarda yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarish Kalit so‘zlar: O‘yin, didaktik o‘yin, bilim, malaka, o‘quvchi, pedagogik texnologiyalar, o’yinlar savodxonlik, zamonaviy usullar. Yurtimizda ta’lim sifatini yanada oshirish, uni keng targ’ib qilish maqsadida bugungi kunda ta’lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda. Bu dars jarayoniga yangicha innovatsiyalar bilan yondashmoq deganidir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad dars jarayonini har taraflama mazmunli qilish, bolalarning qiziqishini oshirishdan iborat. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda bolalarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, dars jarayonini tez va oson o’rganish maqsadida axborot komunekatsiya texnologiyalari, pedagogik texnalogiyalardan foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarda motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. O‘yin- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar- o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek,ularda muoma la madaniyati shakllanadi. O‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o‘quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yinning hal qiluvchi aha-miyatga ega deb qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o‘zaro ta‘sirda shakllanadi. O‘yindagina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o‘tish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. O‘yinning boshqa faoliyat turidan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. 107 Mart, 2025-Yil Didaktik o‘yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o‘quv faoliyatidir. Didaktik o‘yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat‘iyligidir. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi. O‘yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O‘yin harakati jarayonida o‘quvchilarning o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, o‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi. O‘yin qoidasi o‘yin jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. U o‘q-uvchilar xulqini, ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o‘yinlarda ma‘lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi. O‘yinda ma‘lum bir didaktik maqsad qo‘yiladi va bu maqsadga erishilishi o‘quvchi- larda ma‘naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar hamma vaqt o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi yoki o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini yanada oshirish, bilish jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo’ladi. Didaktik o’yinlar boshlang’ich ta’limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo’lishi mumkin. Pedagogik texnologiyalardan foydalailmoqda. Pedagogik texnologiyalar - ta’limning shakllari, metodlari hamda yangi usullari tarbiyaviy vositalar yig’indisi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar o’quvchilar imkoniyati va qobiliyatini yuzaga chiqarishda eng mahoratli vositalardan biri hisoblanadi, ular orqali ta’lim jarayonining tezlashishi oshadi. Oʻquvchilardaning mustaqil fikrlash doirasi shakllanadi. Bolalarda mexr muhabbat qiziqish hissi ortib boradi. Ta’lim tizimiga texnologik vositalar orqali yondashish tufayli -ta’lim jarayonining maqsadi belgilanadi; -o’qitish tizimining uzviy bog’liqligi rivojlanadi; -ta’limning harakatlanish tezligi yuqorilab boradi; Texnologiyalardan foydalanishda ular ta’limning sifatini belgilashi lozim, undan ko’zlangan maqsadga yetishish nazarda tutilishi kerak. Bunda o’qituvchilar o’z o’quv fanini maqsadini belgilab chiqishi kerak. Belgilangan maqsad asosida albatta samara bo’lmog’i lozim. Bola har bir o’yinga qiziqishi undan o’ziga biror narsa olmog’i kerak. Boshlang’ich sinf bolalariga dars jarayonida foydalanadigan o’yinlar orqali bolaning bilimi oshishi dars jarayonini o’zlashishi bilan birgalikda uning maktabga ustozlariga bo’lgan mexr-muhabbati oshib boradi. Didaktik o‘yinda bola yaxshi xulqiy sifatlarga ega bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda bolaning ma‘lum bir imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Tarbiyachining bu bosqichlar xarakterini billishi didaktik o‘yinlarning
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati va qo‘llanish yo‘llari ko‘rsatilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati va qo‘llanish yo‘llari ko‘rsatilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zamonaviy usullar., o‘quvchi, bilim, malaka, o’yinlar savodxonlik, O‘yin, didaktik o‘yin, pedagogik texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026