Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJDAGI QUROLLI TO’QNASHUVLARDA ISHTIROK ETISH JINOYATINI OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISH MASALALARI
Abdumutalibov Abdulxay Ikromjon o’g’li
Современная наука и исследования · 54 · 2025
Аннотация
Mercenarism as a global threat negatively impacts security and stability worldwide. According to international sources, hundreds of thousands of people have been involved in mercenary activities in various countries over the past decade. In particular, military conflicts occurring in the Russian-Ukrainian, Middle Eastern, and North African (MENA) regions are causing many citizens to join foreign armed groups. In the Republic of Uzbekistan, there are also cases of some citizens joining the ranks of mercenary militants due to economic difficulties, a low level of legal awareness, and the influence of religious-extremist propaganda. According to official sources, between 2015 and 2022, the number of Central Asian militants joining armed groups in Syria and Iraq exceeded 5,000. International experts believe that approximately 1,500 of them may be citizens of Uzbekistan. Unfortunately, these figures have increased even more against the backdrop of the armed conflict between Russia and Ukraine. This thesis discusses legal, socio-economic, and informational- educational measures to prevent recruitment. 86 Mart, 2025-Yil Keywords: mercenarism, Criminal Code, terrorism, protocol, social protection Kirish. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 154 – moddasida: “Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.”1 deb qat’iy belgilab qo’yilgan. Qolaversa Jinoyat kodeksiga sharhlarda ham ushbu jinoyatga to’liq ta’rif berilgan2 bo’lsada fuqarolarni huquqiy bilim darajasi yetarli darajada bo’lmaganligi yoki ayrimlar bila turib shaxsiy manfaatni ko’zlagan holda chet elda sodir bo’layotgan qurolli nizolar ishtirokchilariga aylanib qolmoqdalar. Buning oldini olish uchun qanday choralar ko’rish muhimligini ko’rib chiqamiz. 1. Huquqiy bazani mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish 1.1. Mavjud qonunchilik va ularni takomillashtirish zarurati Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga koʻra, yollanishda ishtirok etish yoki uni moliyalashtirish uchun 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Shu bilan birga, 2019-yilda qabul qilingan "Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida" gi qonunda chet el harbiy harakatlarida qatnashgan shaxslarning fuqaroligini bekor qilish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Biroq, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, faqat jazoni og‘irlashtirish bilan muammo hal bo‘lmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston 2020-yildan buyon yollanmachilikni tashkillashtirish va targ‘ib qilishga oid internet-kontentni bloklash bo‘yicha maxsus qonunlar ishlab chiqdi. O‘zbekistonda ham bunday mexanizmlarni kengaytirish lozim. 1.2. Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi Yollanmachilik transmilliy muammo bo‘lib, u faqat milliy miqyosda emas, balki xalqaro darajada ham hal qilinishi lozim. O‘zbekiston BMT, SHHT va MDH doirasida terrorizm va yollanmachilikka qarshi qator kelishuvlarga qo‘shilgan. Shu bilan birga, mamlakat quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirishi zarur: 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI UMUMIY QISM, 154 – modda 22.09.1994 2 Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳ. Махсус қисм. Рустамбоев М.Х. 2016. 87 Mart, 2025-Yil Interpol va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali yollanmachilik faoliyatida gumon qilinayotgan shaxslarni tezkor aniqlash. Terroristik tashkilotlar bilan aloqador shaxslarni aniqlash uchun sun’iy intellekt asosida monitoring tizimini joriy etish (masalan, AQSH va Yevropa davlatlarida bu tizim allaqachon ishlatilmoqda). Chet davlatlardan qaytayotgan fuqarolarni reabilitatsiya qilish va ularni nazorat qilish bo‘yicha qat’iy mexanizmlar ishlab chiqish. 2. Iqtisodiy va ijtimoiy choralar 2.1. Iqtisodiy omillar: ishsizlik va kambag‘allik ta’siri Jahon Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,6% ni tashkil etgan, yoshlar orasida esa bu ko‘rsatkich 13% dan yuqori bo‘lgan.3 Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yollanmachilik asosan iqtisodiy jihatdan zaif aholi qatlamlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, quyidagi choralar dolzarb hisoblanadi: Ish o‘rinlari yaratish dasturlarini kengaytirish, ayniqsa, ishsiz yoshlar uchun. Mehnat migratsiyasiga borayotgan fuqarolar uchun huquqiy himoyani kuchaytirish. Kasb-hunar va texnik ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarni yuqori maoshli kasblarga yo‘naltirish. 2.2. Ta’lim va huquqiy savodxonlikni oshirish Xalqaro amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim darajasi yuqori bo‘lgan jamiyatlarda
Доказательный фрагмент
«Mercenarism as a global threat negatively impacts security and stability worldwide.»
Образец извлечения
Демо-превьюMercenarism as a global threat negatively impacts security and stability worldwide. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mercenarism, Criminal Code, terrorism, protocol, social protection, Jinoyat kodeksi, terrorizm, ijtimoiy himoya, yollanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025